Amaliy psixologiya yoʻnalishi 213- guruh talabasi Djumaniyozova Lalaxonning
O'zbek tilining sohada qo'llanishi
fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
MAVZU: “O'zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug'atlar bilan tanishish. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida berilgan sohaga oid soʻzlar izohi bilan tanishish"
Reja:
O'zbek leksikografiyasi.
Lug'atlar va ularni tuzish
Lug'atlarning turlari
Leksikografiya – lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan har qanday xalqning
Betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va
makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi.
Tarzi taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga keltiradi, ba’zi so’zlar esa eskirib iste’moldan chiqadi.Ana shunday dinamik rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga muxrlash, tilning oltin
sahifalarini durlash bilan to’ldirib borish faqat matonatli, zahmatkash, fidokor
tilshunos siymolargagina nasib etadi. Bunday buyuklarning nomi abadiy
hurmatda bo’ladi.
Buning yorqin isboti uchun bobomiz Mahmud Koshg’iy nomini tilga olish
kifoyadir. Uning qariyib 1000 yil ilgari yaratgan turkiy tillar tahliliga
bag’ishlangan “Devonu lug’atit turk” asari barcha turkiy xalqlarning betakror boyligi hisoblanadi. Mahmud Koshg’ariyning nomi esa tarix sahifalariga abadiy muxrlandi.
Darvoqe, til lug’at boyligining nisbatan to’liq tahlili faqat lug’atlar orqali amalga
oshirilishi mumkin. Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy sohalari bilan
shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi.
Lexikographie – grek tilidan olingan bo’lib, Lexicon- Worterbuch, grapho-ich schreibe. Ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi.
Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarixga iga bo’lsada, uning asosiy rivoji keyingi
ikki-uch asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar va iboralardangina tashkil topgan qo’l yozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz ming so’zlarni o’z ichiga olib, minglab adadda chop etilmoqda. Keyingi yillarda
leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas, balki nazariy yo’nalishi, obyekti, Predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazriyasi, amaliyoti tilshunoslikning mahsus sohasiga aylandi. Lug’atshunoslik tilshunoslikning mana shunday o’ta mashaqqatli, o’ta masulyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu savobli yo’nalish bilan yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanadilar.
Darhaqiqat, G’arb tillari amaliy leksikografiyasi so’ngi asrda yangi pog’onaga ko’tarildi. Bu o’rinda Ingliz tilining Oxford, Webster, fransuz tilining Larus, olmon tilining Duden, Langenscheidt, Rassiya nashriyotlarining sermahsul va sifatli lug’atlarini eslatib o’tish kifoya.
Zamonaviy leksikografiyaning quyidagi tushunchalarini chuqur o’rganmasdan turib davr talabiga to’la javob beradigan lug’atlar tuzish mumkin emas:
.So’zlik masalasi-Wortgut,Stichwörterverzeichnis, Vokabular
Bosh so’z – Stichwort, Lemma, Vokabel
Lug’at maqolasi- Stich-Wortartikel, Wörterbuchartikel
Izoh berish – Wortdefinition,Stichworterklärung
Illustrativ misollar- Anwendungsbeispiele,Belege
Illustratsiya- Abbildungen
Stilistik ko’rsatkich va belgilar- stilistische Vermerke, Hinweise
Grammatik, etimologik va boshqa ko’rsatkichlar- grammatische, etymologische und andere Angaben
Leksikografik tarjima—lexikographische Uberzetzung
Lug’atning maqsad va vazifasi – Ziel und Zweck des Wörterbuches
Yugorida zikr etilgan to’qqiz prinsipning barchasi o’ninchi prinsipning qay darajada amalga oshirilishiga bog’lig. Boshqacha aytganda har ganday lug’atning sifat va soni O’ninchi prinsipning to’laqonli aniqlanishi va unga qat’iy amal qilinishiga bog’liq. Qolgan prinsiplar ham lug’at kim uchun, qanday nmaqsadni ko’zlab tuzilayotgaligi bilan bevosita aloqadordir.
Lug’atlar turli maqsadlarga tuziladi. Ko’zlangan maqsad jihatidan lug’atlar 2 xil
bo’ladi.
Ensiklopedik ( Qomusiy) lug’atlar
Lingvistik lug’atlar
Har ikki tur lug’at o’rtasidagi o’xshashlik quyidagicha.
a) Lug’at maqolalarining vokabulasiga asosan, leksema chiqariladi.
b) Bu leksemalar qatoriy alifbo tartibda joylashtiriladi.
Bular faqat tashgi yuzaki o’xshashlikdir.aslida lug’atning bu ikki turi o’z maqsadiga ko’ra va maqolalarning tuzilishiga, mundarijasiga ko’ra tubdan farq qiladi. Ensiklopedik (qomusiy) lug’atlarda tehnik va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. Ularda tabiat hodisalari, ijtimoiy hayotdagi voqealar, mashhur kishilar chiqishining ko’rsatish bilan chegaralaniladi. Shuning uchun bunday lug’atlar tushuncha lig’ati deb yuritiladi.
Bunday lug’atlarda odatda, rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi.
Ensiklopedik lug’atlarda so’z va iboralar alfavit tartibda maqolaning sarlavhası
sifatida go’yiladi. Ensiklopedik lug’atlar ham nmaqsad va vazifasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: umumiy ensiklopedik lug’atlar va biror sohaning ensiklopedik lug’ati.
Ensiklopedik lug’atlar sharqda “Qomus”, g’arbda esa “thesaurus” deb ham yuritilgan.Lingvistik lug’atlarda lug’at boyligi aks ettiriladi.
Bunday lug’atlar asosiy maqsad leksema va frazeomalarning semantic mazmunini tavsiflashdir. Bundan tashqari, grammatik va fonetik ma’lumot qisman
keltiriladi. Lug’at maqolasining asosiy qismini leksik ma’nolarning talqini
egallaydi. Bunda so’zning bosh manosi haqida fikr yuritiladi, agar, lozim topilsa shu ma’noning ishlatilishini aks ettiruvchi misol keltiriladi, so’ngra bu so’zning hosila, ko’chma ma’nolari tasvirlanadi. Bunday ma’nolarning tasvirida misollar keltirish shart, chunki bularni anglash uchun konteks talab qilinadi.
Leksik ma’noni tasdiqlovchi nutq parchalari odatda badiiy va boshqa adabiyotlardan olinadi. Agar leksik ma’nolar ma’lum Sistema bo’yicha to’plangan misollar yordamida izohlansa, bunday lug’atning qiymati yuqori bo’ladi. Chunki bunday ish tutishda lug’at boyligini obyektiv tasvirlashga erishiladi. Lug’atlarda so’z va frazemalar ikki xil joylashtiriladi.
Lingvistik lug’atlar turli maqsadlarda tuziladi va ularning turlari ham ko’p. So’zning biror sohaga oid leksikasi bilan adabiy til leksikasining ma’lum qatlam bilan chegaralanganligi va chegaralanmaganligiga ko’ra lug’atlar dastlab ikkiga bo’linadi:
Umumiy lug’atlar
Maxsus lug’atlar
Umumiy lingvistik lug’atlarda hamma qo’llaydigan so’zlarning xarasteristikasi beriladi.
Bular bir tilli, ikki tilli, ko’p tilli bo’ladi. Bir tilli lug’atlarning ham umumiy va maxsus tiplari bor. Masalan, izohli lug’at, imlo lug’ati, sinonimlar lug’ati, frazeologik lug’at, dialectal lug’at maxsus lug’atlar tipiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |