Yechimi:
a) Masala shartida genlarning tarqalish chastotasi berilgan demak formuladan ( a
2
+ 2ab + b
2
=1)
foydalanib genotiplarning foizini topib olamiz.
a
2
- 0,7 * 0,7 = 0,49 demak BB genotipining foizi 49%
b
2
- 0,3 * 0,3 = 0,09 demak bb genotipining foizi 9%
2ab - 0,7 * 0,3 * 2= 0,42 demak Bb genotipining foizi 42%
Jami organizmlar soni 2000 ta ular 100% ni tashkil etadi ularning 42% qismi Bb genotipli
hisoblanadi:
2000 ta organizm ---- 100%
840 ta organizm=x ---- 42%
Demak: 840 ta organizm Bb genotipli ekan C javob.
1) Fenilketonuriya retsessiv irsiylanadigan kasallik hisoblanib Malum bir populyatsiyada ushbu
kasallik bo’yicha genlarning tarqalish chatotasi quyidagicha b – 0,4 ; B – 0,6. Populyatsiyada 4000
organizm bor deb hisoblasak ushbu populyatsiyadagi nechta odam genotipi Bb ko’rinishida
ekanligini aniqlang__________________________
[1E – tip] Masala:
Ekologik piramida o‘simliklar – quyonlar - lochinlardan iborat. Lochinlarning
ortgan massasi quyonlarnikidan
540 kg ga kam bo‘lsa, lochinning ortgan biomassasini (kg) aniqlang?
Yechimi:
a) Ekologik piramida tarkibi o‘simliklar – quyonlar – lochinlar ketma – ketligidan iborat ekan.
Shartli ravishda o’simlik biomassasini x deb ifodalab olamiz. O’simlik massasi x kg bo’lsa quyon
undan 10 marta kam, lochin esa quyondan 10 marta kam massaga ega bo’ladi:
o‘simliklar – quyonlar – lochinlar
x gr 0,1x gr 0,01x gr
b) Lochinlar ortgan massasi quyonlarnikidan 540 kg ga kam edi demak quyon massasi (0,1x kg) dan
lochin massasi (0,01x kg) ni ayrisak 540 kg chiqishi kerak ekan.
0,1x – 0,01x = 540
0,09x = 540
x = 6000
Demak: O’simlik massasi 6000 kg ekan quyon massasi 600 kg ga lochin massasi esa 60 kg ortgan
hisoblanadi.
1. Ekologik piramida o‘simliklar – quyonlar - lochinlardan iborat. Lochinlarning ortgan massasi
quyonlarnikidan 630 kg ga kam bo‘lsa, lochinning ortgan biomassasini (kg) aniqlang________________
2. Ekologik piramida o‘simliklar – quyonlar - lochinlardan iborat. Lochinlarning ortgan massasi
quyonlarnikidan 810 kg ga kam bo‘lsa, lochinning ortgan biomassasini (kg) aniqlang________________
Dostları ilə paylaş: |