|
Nojo`ya ta`siri: Dofamin qo‘llanganida nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi preparatning farmakologik ta‘siri
|
səhifə | 3/4 | tarix | 15.12.2023 | ölçüsü | 8,42 Mb. | | #180658 |
| dofamin,dofaminergik vositalar
Nojo`ya ta`siri: Dofamin qo‘llanganida nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi preparatning farmakologik ta‘siri bilan bog‘liq. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bezovtalik, qo‘rquv hissi, tremor, piloereksiya. Sezgi a‘zolari tomonidan: midriaz. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da-ichakdan qon ketish. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: poliuriya. Metabolik buzilishlar: azotemiya, qonda mochevina miqdorini oshishi. achichish hissi, bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda – bronxospazm, ongni buzilishi, shok. Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida reaksiyalar, preparat teri ostiga tushganida – teri, teri osti kletchatkasining nekrozi. Shuningdek mavjud qon tomir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda periferik ishemik gangrena rivojlanishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Dofaminga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Feoxromositoma, tireotoksikoz. Taxiaritmiya, qorinchalar fibrillyasiyasi, shuningdek qorinchalarning to‘lishiga mexanik to‘siq bilan kechuvchi holatlar. Gipovolemiya (davolashni boshlashdan avval aylanib yuruvchi qonning tanqisligini to‘ldirish lozim). Yopiq burchakli glaukoma. Siydik tutilishi bilan kechuvchi prostata bezi giperplaziyasida qo‘llash mumkin emas. Siklopropan va galogen uglevodorodlar bilan anesteziyadan saqlanish kerak. Dorilarning o`zaro ta`siri: Simpatomimetiklar, guanetidin – Dofamin-Darnisaning simpatomimetik samarasi kuchayadi. Dofamin siydik haydovchi preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Anesteziyalovchi vositalar –kardial nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi oshadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|