«Restart» xizmatining shartlari
1.
«Restart» xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
2.
«Restart» xizmatidan raqami Faol holatda bo‘lgan abonentlar foydalana oladilar.
3.
«Restart» xizmati abonentga mustaqil tarzda oylik abonent to‘lovining yechilishini tashkillashtirish
hamda tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik limitlarni olish imkonini taqdim etadi. «Restart»
xizmati samarali
faollashtirilganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi marta
samarali faollashtirish
sanasiga muvofiq yangilanadi.
4.
«Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq qiymatda oylik abonent to‘lovi
yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limit belgilanadi. Keyin,
abonentda oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi.
5.
Xizmatni faollashtirish uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq
hajmda yechilishi uchun
yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi lozim. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng tarif bo‘yicha abonent
to‘lovi yechiladi va to‘liq hajmda limitlar belgilanadi.
6.
«Restart» xizmati muvaffaqiyatli faollashganida, tarif rejasi doirasida
oldin belgilangan limitlar
(O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar va MBlar) qoldiqlari bekor qilinadi.
Dostları ilə paylaş: