IncLuksion elektr pechlarining sig‘imi 5-10 t bo‘lib, ulardan
yuqori sifatli maxsus xossalarga ega bo‘lgan korroziyabardosh va
olovbardosh po‘latlar olishda foydalaniladi. Yuqori chastotali
iuduksion pechlarda ikki chulg‘amli havo transformator bo‘lib, uning
birlamchi chulg‘ami-induktori mis quvurga, ikkilamchi chulg‘ami esa
ligelga ulangan. Mis quvur ichida suv aylanib yuradi. Unga tigel (1) o'rnatilgan (7.5-rasm).
Pechni ishga tushirish uchun mis quvurli chulg‘am (2)orqali
yuqori chastotali (500-2500 Gs) tok yuboriladi. Bu tok o‘zgaruvchan
magnit maydoni hosil qiladi. Natijada magnit maydoni ta’sirida tigel /
dagi metallda kuchli uyurma tok hosil bo‘ladi. Tokning elektr-dinamik
kuchlari ta ’sirida metall zarrachalaming harakati tezlashib, metall
qiziydi va suyuqlanadi. Bu pechlarda legirlangan po‘lat chiqindilari,
toza skrap va ferroqotishmalar qayta suyuqlantiriladi.
Shixtani suyuqlantirishning oxirida pechga flyus kiritiladi.
Jarayonda oksidlaming birikishidan shlak hosil b o iad i va metall
sirtiga qalqib chiqadi. Shlakning o‘rtacha harorati metallnikidan past,
chunki u metallning issiqligi hisobiga qiziydi. Shu bois metall bilan
shlak orasida aktiv reaksiyalar bormaydi, qolaversa, metall tarkibidagi
S va P elementlarining miqdorini kamaytirib bo‘lmaydi. Lekin shixta
bu qo‘shimchalardan mumkin qadar tozaroq, jarayon esa tezroq
borishi kerak. Zarur hollarda vannaga m a’lum miqdorda qaytaruvchi
moddalar yoki legirlovchi elementlar qo‘shiladi.
Induksion pechlaming afzalliklari quyidagilardir:
• tuzilishi oddiy;
• boshqarish qulay;
•jarayonda metall kuyindisi oz hosil boMadi;
•metall yaxshi aralashishi natijasida gaz va qo‘shimchalardan
yaxshi tozalanadi;
•k o ‘mir elektrodlar yo‘qligi sababli uglerodga to ‘yinmaydi va
yuqori legirlangan, tarkibida 0,02-0,04 % uglerodi b o igan po'latlar
olishga imkon beradi.
Odatda, 1 t sig‘imli pechda po‘lat ishlab chiqarish jarayoni 45
daqiqa davom etib, 600-700 kVt soat elektr energiyasi sarf boiadi.
Keyingi yillarda induksion pechlarda metallni vakuumda va inert
gazlar muhitida suyuqlantirish yo‘li bilan yuqori sifatli maxsus
poMatlar olinmoqda. M a’lumki, oddiy pechlarda olingan po‘lat tarki
bida erigan vodorod, kislorod va azot gazlarining hamda metallmas
qo‘shimchalaming hatto oz miqdorda boMishi ham poiatning xossa
larini birmuncha yomonlashtiradi. Shu bois, suyuqlantirilgan metall-
dagi erigan gazlar va metallmas qo‘shimchalar miqdorini kamaytirish
uchun keyingi 25 yil davomida turli mamlakatlarda vakuumdan
foydalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda metallurgiyada vakuumdan foydalanishning bir
qancha usullari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiylari quyidagilardir:
•suyuqlantirilgan po‘latni kovshda ma’lum vaqt vakuum ostida
saqlab, so‘ngra neytral gaz muhitida qolipga quyish usuli;
• metallni vakuum ostida suyuqlantirish va vakuum ostida qolipga
quyish usuli.
S.I.
Kuzmin tajribalariga asosan turli sharoitda suyuqlantirilgan
po‘lat tarkibidagi gaz va metallmas qo‘shimchalar miqdori 7.4-
jadvalda keltirilgan.
Vakuumda suyuqlantirib olingan po‘latning tozaligi uning haro-
ratiga, vakuum darajasiga, ishlash vaqtiga bog‘liq. Bu usulda olingan
po‘latlaming donalari chegarasi toza, kimyoviy tarkibi barqaror
boMadi. Bu esa metallning ichki tuzilishi va xossalari yaxshi bo‘lishini
ta ’minlaydi.