Domna pechida metallarni eritiah jarayoni qanday olib boriladi. Domna ishlab chiqarishi



Yüklə 41,83 Kb.
səhifə8/12
tarix10.05.2022
ölçüsü41,83 Kb.
#57371
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Domna pechida metallarni eritiah

Marten  pechi.  Yuqorida  qayd  etilganidek,  konvertorli  pechlarda 
po‘lat  ishlab  chiqarish  usullarining  kamchiliklarini  kamaytirish
borasidagi  izlanishlar  Marten  usuli  paydo  bo‘lishiga  olib  kelgan. 
Marten  pechining  ish  bo‘shlig‘i  gorizontal  yo‘nalishda  cho‘zilgan 
kameradan  iborat  (7.3-rasm).  Ish  bo‘shIig‘ining  devorlari  o ‘tga 
chidamli  materiallardan  tayyorlanadi.  Pechning  qiziydigan  qismlari 
suv  bilan  sovitish  qurilmalari  bilan  ta’minlangan.  Pechning  old 
qismida  shixta  materiallarini  yuklash  uchun  darchalar  mavjud.  Orqa 
devorida  esa  erigan  metall  va  shlakni  chiqarish  uchun  maxsus 
teshiklar  bo‘lib,  ularga  novlar  o ‘matilgan.  Suyuq  metallni  pechdan 
ravon  chiqishi  uchun  uning  tubi  va  devorlari  ma’lum  qiyalikda 
ishlangan.
Pech ju ft  regeneratorlarga  ega.  Pech  vannasidagi  shixtani  eritish 
uchun  regeneratorlarda  1880-2000°C  ga  qizdirilgan  yonuvchi  gaz 
pech  bo‘shlig‘idagi havo kislorodi  hisobiga yondiriladi.  Buning uchun 
jarayonning  boshlanishida  pechga  haydalayotgan  gaz  bilan  havo 
I200-1300°C gacha  qizdiriladi.
Keyinchalik regeneratorlar pechdan chiquvchi yonish mahsulotlari  issiqligi  hisobiga qizib,  pechga haydab turiladigan  sovuq gaz  bilan  havoni  kerakli  haroratgacha  qizdirib  turadi.  Qizigan  gaz  va havoning harorati regeneratorlaming yuqori  qismida  1100°C  ga yaqinboMadi.  Regeneratorlardan pechga haydalayotgan  gaz bilan havo pechog'zida  aralashib  yonadi.  Pechga  kiritilgan  shixta  materiallari  yonuv- clti  gaz  mahsulotlari  issiqligi  ta’sirida  qizib,  suyuqlana  boshlaydi. 
Yonish  mahsulotlari  pech  vannasining  yuza  qismidan  o‘tib,  ikkinchi 
juft  regeneratorlarni  qizdiradi.  Pechdan  chiqayotgan  yonish  mahsu­
lotlari  mo‘ridan  chiqib  ketadi.  Birinchi juft  regeneratorlar kameralari 
liaydalgan  havo  va  gazni  yetarli  darajada qizdira olmaydigan  darajada 
sovigach,  maxsus  klapanlar  vositasida  yonish  mahsulotlarining 
linrakat yo‘nalishi o'zgartiriladi.
Marten  pechlarida  qayta  ishlanuvchi  shixta  materiallarini  eritish 
quyidagi  ikki variantda olib boriladi:
• skrap-jarayon;
• skrap-ruda jarayoni.
Mashinasozlik  va  kichik  metallurgiya  korxonalarida  sifatli 
poMatlar olishda  skrap-jarayon  qo‘llaniladi.  Bunda  shixtaning  55-75 
%  temir-tersak,  qolgani  esa  qayta  ishlanadigan  cho‘yandan  iborat 
boMadi.
Domna  pechlari  mavjud  boMgan  yirik  metallurgiya korxonalarida 
skrap-ruda  jarayoni  ishlatiladi.  Bunda  shixtaning  60-75  %  suyuq 
cho‘yandan, qolgani esa po‘lat skrapdan  iborat bo'ladi.
Zamonaviy pechlarning sig‘imi 200-900 tn atrofida bo iib,  ularda 
uglerodli,  kam  va  o ‘rtacha  legirlangan  po‘latlar  olinadi.  Bunday 
pechlar  yordamida  olingan  po‘latlar  pech  gazlari  bilan  birmuncha 
ko‘proq  to‘yinganligi  yuqori  legirlangan  asbobsozlik  va  maxsus 
xossali po‘latlar olishni cheklaydi.

Yüklə 41,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin