Donni qayta ishlashda barabanli quritgichni loyihalash reja: kirish asosiy qim



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/14
tarix22.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
DONNI QAYTA ISHLASHDA BARABANLI QURITGICHNI LOYIHALASH

Ikki donli polba emmer (Triticum dicoccum Schiibl). Boshoqlari mustahkam, parallel qiltiqlrga ega, boshoqlari ikki donli. Doni uzunchoq - shishasimon, yanchilgnda boshoqchada qoladi. O’tmishda polba bahorgi ekin sifatida Tatariston, Chuvashiya, Mordva, Povoljyeda keng tarqalgan edi. Polba parvarishga uncha muhtoj emas, zamburug’li kasalliklarga chidamli. Hozirgi paytda Udmurtiston, Ozarbayjon, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Italiya, Hindiston va Yaqin Sharqda yetishtiriladi.
Bir donli madaniy bug’doy (Triticum Monococcum L.) tog’lik hududlarida o’sadi. Kichik, qiltiqli, mustahkam boshog’I bor. Doni qobiqdor. Bir donli bug’doy issiqlik va tuproqqa unchalik ehtiyoj sezmaydi. Qurg’oqchilik va zamburug’li kasalliklarga chidamli. Kavkazortida polba bug’doyi aralashmasida mavjud. Polbada aralashgan holda Bolqon mamlakatlari, Ispaniya, Marokash va Yaqin Sharhda yetishtiriladi.
Ishlab chiqarishda bug’doy donining shakli va o’lchami muhim ahamiyat kasb etadi. Bug’doy doni shakli va o’lchamiga ko’ra, bug’doy uyumini aralashmalardan tozalash imkoniyatlari aniqlanadi, shuningdek, xirmon chiqitlaridan foydalanish va valli dastgohning ish tartibi belgilanadi. Bu’doy doni jo’yakchasi donning yanchilish xususiyatlariga ta’sir ko’satadi, don jo’yakchasining chuqurlashuvi bilan yanchilganda yorma chiqishi kamayadi. Donning uch o’lchamli kattaliklardan (uzunlik, kenglik, yo’g’onlik) donning tegirmonda yanchilish xususiyatlari darajasini belgilab beradi. Mag’iz miqdori va don yo’g’onligi orasida muayyan bog’liqlik mavjud.
2.2. Donni qayta ishlashda barabanli quritgi va undan foydalanish
Bug’doy navi va turiga qarab 1000 ta don og’irligi 20 g,dan 50 g, gacha bo’lishi mumkun. bug’doy donining rangi urug’ po’stining pigmentlar qatlamidagi pigmentlarga, meva po’sti qalinligiga va mag’iz tarkibiga bog’liq bo’ladi.
Qizil donli bug’doy navining rangi to’q qizildan sariqranggacha bo’ladi. Donning mag’zi shishasimon bo’lganda, odatda, don to’q rangda bo’ladi. Bug’doydagi oqrangli navlar po’stiga pigmentlar bo’lmaydi, ularning rangi mag’iz tarkibiga bog’liq bo’ladi.
Don navida odatdagi rangning o’zgarishi donning noqulay sharoitlarda o’stirilgan, saqlangan yoki hosil yig’in olish qoidasi buzulganligidan dalolat baradi. Bu holat uning texnologik qiymatiga ta’sir etadi. Shuning uchun don tekshirilganda, ushbu ko’rsatkich alohida hisobga olinadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin