endospermadan ajralishi osonlashadi (qobiqlar bo‘shashib, m ag‘iz
esa mustahkamlanadi), yana oqlash koeffitsiyenti ko‘tariladi, bu
esa yormaning «vixod»ini oshirishga olib keladi. GTI yormaning
sifat
bahosini yaxshilab, uning hajmini oshirib,
taom tayyorlash
jarayonini qisqartiradi.
Yormabop donlardan yorma ishlab chiqarish texnologiyasining,
un ishlab chiqarish jarayoni dan farqi.
Yorma mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining un
tegirmonlaridan
farqi shundaki, tegirmonlarda donni maydalab, un
qilib yuborilsa, yorma ishlab chiqarish uchun don m ag‘zi ezilmasdan,
butun holda qoldiriladi.
Un
tegirmonlarida donni namlash, dimlash jarayonlari asosiy
jarayon
hisoblansa, yorma korxonalarida esa namlash yordamchi
jarayon hisoblanadi. Yormabop donlarni
oqlashda eng samarador
texnologik jarayonlardan biri ularga qulay tarzda gidrotermik
(bug‘lash,
quritish, sovutish) va m a’lum vaqtgacha dimlab ishlov
berishdir. Yorma sexi oqlash bo‘limining
texnologik chizmasida
yorma ishlab chiqarish jarayoni misol tariqasida berilgan bo‘lib,
qaysi yorma ishlab chiqarilishiga qarab chizmaga yangi jarayonlar
qo‘shilishi natijasida u qisqarishi mumkin.
Sholidan olinadigan yorma va chiqindilar normalari.
Sholi o‘zining tuzilishi jihatidan «qobiqli» donlar sinfiga kiradi.
Sholi 3 xil bo‘ladi: uzun donli (6-8 mm), o ‘rta donli (5-6 mm), kalta
donli va dumaloq sholi (4-5 mm). 1000 dona sholining og‘irligi
25-43 grammgacha b o iad i. Sholining gul qobig‘i 14-35 % gacha,
meva qobig‘i 1,5—4,0 %, murtagi esa 1,5-4,5 %, mag'zining o ‘zi
esa 65-86 % ni tashkil etadi. Aleyron qatlami 2 -4 qatlamlidir.
Sholi
m ag‘zining miqdoriga qarab uch guruhga boTinadi: yuqori - 76,5
%, o ‘r t a - 74,0-76,4 %, past - 74 %. Sholining yirikligi oshgan sari,
gul qobig‘ining miqdori kamayib boradi. Quyidagi jadvalda guruch
yormasi va sholining kimyoviy tarkibi berilgan.
242