Aerodinamik xossalari.
Bu xossalar donli xomashyodan yengil
aralashmalarni g ‘alvirlar yordamida ajratib boim aganda e ’tiborga
olinadi. Bunday aralashmalar mahsulotdan havo oqimi ta ’sirida
ajratiladi. Aerodinamik xossalari turlicha boiganligi natijasida donli
xomashyodan engil aralashmalaming ajralishi yuz beradi.
Tabiiy qiyalik burchagi.
Don massasi o ‘zida turli xil kom-
ponentlarni saqlaydi, bu esa donning oquvcftanligiga ta ’sir к о ‘rsatadi.
Oquvchanligi tufayli xomashyo massasi noriyalar, transportyorlar va
boshqa mashinalarda oson harakat qiladi. Shuningdek, xomashyoni
bunkerlarga xamda siloslarga joylashtirish va o ‘zi oqizar quvurlar
yordamida ulardan chiqarib olishda ushbu xususiyati asqotadi.
Saqlash jarayonida oquvchanlik kamayadi.
Tabiiy qiyalik burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning
gorizontal tekislikka tushib hosil qilgan konus asosining diametri
bilan tashkil qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. Ishqalanish
burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning qiya yuza bo‘ylab
harakatga kela boshlagan eng kichik burchagiga aytiladi.
Xomashyoning oquvchanligi darajasiga xomashyo massasidagi
qattiq jismlaming granulametrik tarkibi va tabiati ta ’sir к о ‘rsatadi.
265
Bular don va aralashmalar yuzasining holati, tavsifi, shakli, oM-
chamlari, namligi, aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek,
sirpanuvchi yuza, materiali va shaklidan iborat. Don massasining
namligi ortib borgan sari, uning oquvchanligi kamayadi va aksincha,
tabiiy qiyalik burchagi ortib boradi. Qoida bo‘yicha, o ‘zi oqizar
quvurlarning minimal og‘ish burchagi ishqalanish burchagidan
5-10° ga ko‘proq qabul qilinadi.
Bo‘r va tuzning sochiluvchan xossalarining o ‘zgarishiga ulardagi
namlik ta’sir ko'rsatadi. Tuzning namligi 1 % gacha va bo‘rning
namligi 6 %gacha boMganda, yaxshi sochiluvchanlikka ega bo'ladi.
Q o v u s h q o q l i k .
Suyuq komponentlarning (melassa, y o g \
fosfatid konsentrati) texnologik xossalari, asosan, qovushqoqligi
bilan belgilanadi. Omuxta yem sochiluvchan massasi bilan suyuq
komponentni bir tekisda aralashtirish aynan qovushqoqlikka
bog‘liq: qovushqoqlik qanchalik past b o lsa, aralashtirish shunchalik
yaxshi kechadi. Melassa, yog‘, fosfatid konsentrati omuxta-yem
tayyorlashning texnologik jarayoniga kiritilganida isitiladi, chunki
isitishda ularning qovushqoqligi kamayadi.
O ‘z - o ‘z i d a n s a r a l a n i s h .
Tayyor omuxta-yem o ’lchami, shakli
va zichligi turlicha boMgan zarrachalar aralashmasi ko‘rinishida
bo'ladi. Omuxta yem harakati jarayonida, ayniqsa, erkin tushishida
(silosida) zarrachalarning bir-biriga nisbatan o'zaro joylashuvi
sodir bo'ladi. Bu o ‘z-o‘zidan saralanish jarayonidir. 0 ‘z-o‘zidan
saralanishda nisbatan kichik zarrachalar pastga tushishi natijasida
omuxta-yem sifati buzilishi mumkin. M a’lum darajada suyuq
komponentlarning kiritilishi sochiluvchan aralashmaning o'z-
o'zidan saralanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi.
O m u x t a - y e m n i j o y l a s h t i r i s h v a s a q l a s h
M a’lumki omuxta yem murakkab tarkibli, hamda mikro-
organizmlar zararkunandalar tez rivojlanadigan va tez buziluvchan
mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ular alohidajovlash va saqlash
tadbirlarini amalga oshiriladi.
266
|