DORI MODDASINING KIMYOVIY TUZILISHI BILAN UNING ORGANIZMGA TASIRI
DORI MODDASINING KIMYOVIY TUZILISHI BILAN UNING ORGANIZMGA TASIRI ORASIDAGI BOG'LIQLIK
Rajabaliyev Qurbonnazar
DORI MODDASINING KIMYOVIY TUZILISHI BILAN UNING ORGANIZMGA TASIRI ORASIDAGI BOG'LIQLIK
Dori moddalarining oshqozon-ichak sistemasiga tushib, murakkab biologik membranani hosil qiluvchi bir yoki bir necha qavat hujayralar orqali qon yoki limfaga o’tishi s o’ r i l i sh deb ataladi. So’rilish murakkab fiziologik jarayon hisoblanadi. Biologik membrana yarim o’tkazuvchan bo’lib, ba’zi moddalarni o’tkazib, ba’zilarini o’tkazmaydi. Ichak epiteliysi faqat bir tomonlama o’tkazuvchan bo’lganligi uchun odatda dorilar qon va limfadan ichak bo’shlig’iga qaytadan o’tolmaydi. So’rilish jarayoni sust diffuziyalanish, oson diffuziyalanish, filtratsiya, faol transport va pinotsitoz tufayli amalga oshiriladi. S u s t d i f f u z i ya l a n i sh. Ushbu yo’l bilan lipofil (yog’ va yog’simon moddalarda eruvchi) moddalar, ya’ni qutblanmaydigan moddalar so’riladi. Dori moddalarining membranalardan so’rilishida sust diffuziyalanish jarayoni asosiy hisoblanadi, chunki ularning ko’pchiligi kuchsiz kislota va kuchsiz asoslardan iboratdir. Membrana orqali sust diffuziyalanishni moddalar
kontsentratsiyasi hal qiladi, ular kontsentratsiya ko’p tomondan kam tomonga , ya’ni kontsentratsiya gradienti tarafga qarab yo’naladi. O s o n d i f f u z i ya l a n i sh. Bunda dori modda xujayra membranasining alohida tarkibi bilan birlashadi, shu tufayli xujayraga o’tishi tezlashadi, so’rilish sust diffuziyalanishga nisbatan engilroq o’tadi. Engillashtirilgan diffuziyalanish ham quvvat talab qilmaydi, kontsentratsiya gradienti bilan bog’liq. Masalan, nuklein kislotaning purin va pirimidin asoslari xujayraga oson diffuziyalanish mexanizmi orqali so’riladi. F i l t r a ts i ya – dori moddalarni membranalar oralig’idan filtrlanib so’rilishi. Membranalar oralig’i (0,4 nm) uncha katta bo’lmaganligi uchun ular orasidan suv, ba’zi ionlar va mayda gidrofil molekulalar (masalan, siydikchil) so’riladi.
Moddalarning ushbu yo’l bilan so’rilishida quvvat talab qilinmaydi, ularning
yo’nalishi kontsentratsiya darajasiga bog’liq. F a o l t r a n s p o r t – moddalarning ushbu yo’l bilan so’rilishida transport mexanizmlar sistemasi ishtirok etadi. Faol trasport yo’li bilan so’rilishda modda kontsentratsiyasining gradientiga qarshi kamdan ko’p tomonga yo’nalgan bo’ladi, bu jarayon quvvat sarflanishi bilan bogliq. Faol transport yo’li bilan
suvda eriydigan (gidrofil) qutblangan molekulalar – noorganik ionlar, qand,
aminokislotalar va pirimidin birikmalari so’riladi. Yosh bolalarda fermentlarni faoliyati etarli rivojlanmagani uchun faol transport jarayoni sust o’tadi. P i n o ts i t o z – dori moddalarining bu yo’l bilan so’rilishida hujayra membranalarida pufakchalar (invaginastiya) hosil bo’ladi. Ushbu pufakchalarga suyuqlik va dori moddalar kirib oladi va pufakchalar bilan hujayralarning ichki tomoniga xarakat qiladi, shu erga etib olganda modda pufakchalardan chiqadi. Dori moddalar qonga so’rilgandan keyin jigarga o’tadi, jigar esa organizmni yot moddalardan saqlovchi muhim fiziologik to’siq (barer) va qonning filtri hisoblanadi. Jigarda dori moddalari zararsizlanadi, metabolizmga uchraydi, ularning kimyoviy tuzilishi o’zgarishi mumkin. Dori moddalari to’qimalarning alohida retseptorlari bilan ham bog’lanadi. Hozirgi kunda ko’pchilik moddalar uchun organizmda o’ziga xos resteptorlar bo’lishi aniqlangan. Dofamin – dofaminoresteptorlarga, serotonin – serotoninoresteptorlarga, gistamin – gistaminoresteptorlarga, benzdiazepin unumlari – benzdiazepin resteptorlarga, narkotik analgetiklar – opiat resteptorlarga, GAMK – GAMK resteptorlarga, gormon moddalari – gormonal resteptorlarga, yurak glikozidlari-digitalis resteptorlariga ta’sir ko’rsatadi. Dori
moddalari organizmda tekis va notekis taksimlanishi
mumkin. Moddalarning taksimlanishiga yo’llarda uchraydigan biologik tusiqlar ta’sir ko’rsatadi. Bular kapillyarlar devori, hujayra membranalari, gematoenstefalik to’siqlar, seroz bushliq pardalaridir. Moddalar jigarda, buyraklarda, o’pkada, suyaklarda va boshqa to’qimalarda to’planishi mumkin. Ko’pchilik dori moddalari organizmda o’zgarish (biotransformastiya)ga uchraydi. Biotransformastiya jarayonida jigarning mikrosomal fermentlari qatnashadi, yog’da eriydigan moddalar suvda eriydigan metabolitlarga aylanishi ham mumkin. Dori moddalari ikki yo’l bilan: metabolik transformastiya va kon’yugastiya yo’li bilan o’zgaradi.
Metabolik transformastiyada moddalar asosan qaytarilish, gidrolizlanish va oksidlanish hisobiga o’zgarishga uchraydi. Kon’yugastiya jarayonida dori modda yoki uning metabolitlari boshka kimyoviy guruxlar (metil, astetil, sulfat, glyukuron kislota) bilan birikadi. Dori moddalari o’zgargan xamda o’zgarmagan xolda asosan siydik va o’t bilan organizmdan chiqib ketadi.
Buyraklardan filtrastiya, reabsorbstiya, oddiy diffuziyalanish jarayonlari
tufayli siydikka o’tadi. Dori moddalarining tuqimalarda biologik faoliyatining yo’qolishi va organizmdan chiqib ketishi -ekskrestiya natijasi eliminastiya
deb ataladi. Eliminastiyani aniqlash uchun: moddaning yarim xayotini, ya’ni yuborilgan moddaning yarmisini organizmdan chiqish vaqti xamda elliminastiya koeffistienti, ya’ni kvotasi-sutkada bir marta yuborilgan dori mikdorining qancha foizi ajralib chikishi o’rganiladi.