Dori moddalar tasnifi Farmakologiya fani hamda farmatsevtika ishlab chiqarish sanaotining juda tez rivojlanishi natijasida, ko’p miqdordagi dori preparatlar yaratilishiga erishildi. Natijada bunday vositalarni guruhlarga bo‘lgan holda, ma’lum bir tizimga solib urganish ehtiyoji tug‘iladi.
Tasnif quyidagilarni hisobga olgan holda tuziladi.-kimyoviy tuzilishiga qarab (atseklidli birikmalar, alkoloidlar, glikozidlar, steroidlar, efirlar).-farmakologik ta’siriga qarab (antidepressantlar, antikoagulyantlar, bronxolitiklar va boshqalar).-terapevtik qullanilishiga qarab (mikroblarga qarshi qullaniladigan, kam qonlikka qarshi qullaniladigan vosita).
Hozirgi paytda akademik M.D.Mashkovskiy tomonidan tavsiya etilgan dori moddalar tasnifi keng qullanilib kelinmoqda . Bu tasnifga muvofiq barcha dori moddalari 5 guruxga bo‘linadi.Neyrotropli, boshqaruv organlari va tizimlar faoliyatini tartibga soluvchi, to‘qimalar almashinuvi kechishiga ta’sir