Sun’iy yo‘l bilan olinadigan dori preparatlari. Umumiy tushunchamiz bo‘yicha aytganimizda, dori bu kimyoviy modda bo‘lib, tirik organizmlarda kechadigan xolatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi vositadir. Kasalliklarni davolash uchun olib borilgan izlanishlar odamzod tarixining barcha davrlariga to‘g‘ri keladi. Ilgari vaqtlarda dori vositalari, dorivor o‘simlik va hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan bo‘lsa, hozirgi rivojlanayotgan zamonaviy dunyoda dorilarni ishlab chiqarishda sun’iy, organik kimyo va biotexnologiya fanlari yutuqlaridan foydalangan holda amalga oshirilmoqda. Surunkali buyraklar etishmovchiligi kasalligini davolash maqsadida eritropoetip garmoni sintez qilindi, chunki bu kasallik ushbu garmonni etishmovchiligi natijasida yuzaga kelib, ikkilamchi anemiya bilan kechishi kuzatiladi. Hozirda tibbiyot va veterinariya amaliyotida kasalliklarni davolash maqsadida asosan, sun’iy yo‘l bilan ishlab chiqarilgan dori vositalari qo‘llanilmoqda. Kasallikni kechishi va rivojlanishini molekulyar darajada o‘rganilishi natijasida, yangi ishlab chiqarish texnologiyalari asosida farmatsevtik kompaniyalari sintez yo‘li bilan faol moddalarni ajratib olgan holda, dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.
Ushbu su’niy yul bilan ishlab chiqarilayotgan dori preparatlari tarkibining sofligi, samaradorligi va zararsizligiga, sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan doimiy ravishda qattiq nazorat o‘rnatilgan.
Novokain mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita, Polshada u polakain ( Pol’fa ) nomi bilan tanilgan. Xalqaro nomi – prokain. Bundan tashqari tibbiyot va veterinariya amaliyotida dorilarning birgalikdagi, guruhli nomlanishlari ham uchrab turadi. Bunday holat aniq bir guruhga kiruvchi dorilarning ta’sir xususiyatlari inobatga olinib, ularning kelib chiqishi, kimyoviy tuzilishi va fizikaviy xususiyatlariga qaramasdan, aniqlanadi
Misol uchun: barcha og‘riq qoldiruvchi vositalar, analgetiklar guruhiga kiritilgan, qo‘zg‘atuvchilar – gipnotiklar, tinchlantiruvchilar – sedativ, yurak uchun qo‘llaniladigan vositalar – kardiologik deb ataladi.