Dori moddalarni olish manbalariga quyidagilarni kiritish mumkin.Mineral moddalar, o‘simliklar va hayvonat olamidan olinadigan xom ashyolar, sun’iy birikmalar, zamburug‘lar va mikroorganizmlar hayoti maboynida hosil bo‘lgan mahsulotlar.
Hozirgi paytda yangi dori moddalarini izlab topish buyicha quyidagi yunalishlarda izlanishlari olib borilmoqda.Preparatlarni kimyoviy sintez qilish,
preparatlarni dorivor xom ashyolardan olish, zamburug‘lar va mikrorganizmlar hayoti maboynida xosil bo‘lgan mahsulotlarini biosintez qilish yuli bilan dori moddalarini olish, gen injeneriyasi yordamida dori modalarini olish,
Preparatlarni kimyoviy sintez qilish yo‘li bilan olish ikki yunalishda olib borilmoqda:
Birinchi yunalishda asosan, tirik organizm ishlab chiqarayotgan biogenli moddasini sintez qilish tufayli amalga oshiriladi.
Bunday usul bilan adrenalin, noradrenalin, oksitatsin va boshqa kuplab dori moddalari olingan.
Shuningdek ushbu sintez yo‘nalishida, tabiiy metabolitlarga (antogonist) qarshi, antimetobolitlarni izlab topish va ularni olish ham kiradi.
Misol tariqasida: mikroorganizmlarni o‘sishi va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ikkiaminlibenzoy kislotasiga qarshi ta’sir kursatuvchi modda sifatida, sulfanilamid preparatlari ekanligini aytishimiz mumkin.
Tabiiy biologik faollikka ega bo‘lgan, birlashgan molekulalarni kimyoviy modefekatsiya qilish yuli bilan xam yangi dori moddalarini yaratish mumkin. Bunday yul bilan asosan samarali ta’sir kursatuvchi, sulfanilamid preparatlari sintez qilib olingan.
- Yangi preparatlarni emperik yul bilan olinishi, skring yordamida (inglizchadan to ssreen-tinitmoq). Ko’plab kimyoviy birikmalarni sinovdan utkazish natijasida yangi, samarali preparatni aniqlab olishga asoslangan. Albatta bu usul og‘ir mehnatni talab qiladigan va kam samara beradigan usullardan biri bo‘lib, urtacha 5-10 ming birikmalarni tekshirish natijasida bitta xaqiqiy preparatga ega bo‘lish mumkin.Ushbu yul bilan olinadigan bitta preparatning narxi 7 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
Biotexnologiya-o‘simlik xom ashyolari, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlardan dori moddalari olishning eng samarali yo’llaridan biridir.
Farmakologiya sohasi uchun yangi dorilar yaratishning yana bir istiqbolli yunalishi, bu gen injeneriyasida erishilgan ilmiy yutuqlardan samarali foydalanishdir. Gen injeneriyasi natijasida bakteriya maxsulotlaridan insulin, odam bo‘yini o‘stiruvchi interferon garmoni kabi preparatlar yaratildi. Bunday usulda olingan preparatlarni o‘z tabiiy o‘xshashlariga nisbatan, tan narxini yuz barobar arzon hamda ularni toza holda olishga erishish mumkin