2. Dorilarning farmakokinetik ko’rsatkichlari. Dorilarning so’rilishi



Yüklə 38,63 Kb.
səhifə1/7
tarix17.01.2023
ölçüsü38,63 Kb.
#79470
  1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Farmakologik faollik


Mavzu: Farmakologik faollik, elektron xossalari va ionizatsiyalash konstantalari orasidagi bog’liqlik.
Reja:
1. Klinik farmakologiyaning tarixi, fani, maqsadi, vazifalari, muammolari. Dori vositalarining farmakodinamikasi.
2. Dorilarning farmakokinetik ko’rsatkichlari.
3. Dorilarning so’rilishi.
4. Dori vositalarining tarqalishi.
5. Dori vositalarining biotranformatsiyasi.
Tayanch iboralar: klinik farmakologiya, farmakodinamika, farmakokineika, biotransformatsiya.
Klinik farmakologiyaning tarixi, fani, maqsadi, vazifalari, muammolari. Dori vositalarining farmakodinamikasi
Ilmiy va amaliy tibbiyotda dorilarning organizmga ta’siri haqida to’plangan dunyo tibbiyoti tajribasini e’tiborga olib, 1971 yili Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan «Klinik farmakologiya»ning alohida fan sifatida e’tirof etilishi dorilar farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, o’zaro ta’siri va dorilarning nojo’ya (salbiy) ta’siri haqidagi tekshiruvlarni hozirgi zamon bilimlari asosida chuqurlashtirish, ilmiy va amaliy tajribaga asoslangan samarali, xavfsiz individual farmakoterapiyani o’tkazishdek dolzarb masalani o’rtaga qo’yadi.
Farmakoterapiyaning asoschisi sharqning buyuk qomusiy olimi va tabibi Abu Ali ibn Sino hisoblanadi.
M. D. Mashkovskiy, S. V. Anichkov, V. V. Zakusov, A. V. Val’dman, D. A. Xarkevich, V. Q. Lepaxin, K. M. Lakin, YU. D. Ignat’yev, YU. B. Belousov, N. V.Markova, V. A. Gusel’, I. B. Mixaylov, K. N. Lourenslarning, respublikamizda I. K. Komilov, Q. N. Najmitdinov, S. S. Azizova, R.I.Usmanov va boshqalarning farmakologiya va farmakoterapiya sohasidagi ishlari klinik farmakologiyaning fan sifatida rivojlanishida bosqich bo’lib xizmat qildi.
Ilmiy va amaliy klinik farmakologiyaning asoschilari qatoriga taniqli rus fiziologi I. P. Pavlov, terapevtlari B. ye. Votchal, B. A. Abramovlarni kiri;tish mumkin.
Klinik farmakologiya — aniq kasallik yoki sindrom bilan og’rigan bemorga dorining klinik va farmakologik tavsifidan kelib chiqqan holda dori tanlash, dorilar aralashmasini tavsiya etish va o’tkazilayotgan farmakoterapiyaning samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish haqidagi fandir.
Bemorga dori tavsiya qilishda dorining e’tiborga olinadigan asosiy klinik va farmakologik ko’rsatkichlari:
1. Dorining ta’sir mexanizmi va asosiy farmakologik samarasi, ya’ni dorining farmakodinamikasi.
2. Farmakokinetik ko’rsatkichlari (ya’ni yuborish yo’llari, so’rilishi va biologik o’zlashtirilishi, qon plazmasi oqsillari bilan bog’lanishi, chiqib ketishi).
3. Dorilarning farmatsevtik, farmakokinetik va farmakodinamik o’zaro ta’siri.
4. Dori samaradorligini nazorat qiladigan (klinik, paraklinik, laboratoriya) usullari.
5. Dorilarning salbiy ta’siri.
6. Dorilarni xavfsiz ishlatishni nazorat qilish usullari.
Bemorga dori tanlash uchun vrachning tajribasi yoki dori ishlab chiqaruvchi firmalarning dori to’g’risidagi reklamalari yetarli bo’lmaydi. Dori tanlash faqat bemor ahvolidan va dorining yuqorida sanab o’tilgan ilmiy va amaliy tibbiyotda tasdiqlangan klinik va farmakologik tavsifidan kelib chiqqan holda to’g’ri hal qilish klinik farmakologiya fanining asosiy vazifasi bo’lib, bu samarali, xavfsiz, individual farmakoterapiya asoslarini tashkil qiladi.

Yüklə 38,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin