DORILAR TARQALISHINING BOLALARDA VA QARIYALARDA O’ZIGA XOSLIGI Bolalarda dorilarning oqsil bilan bog’lanishi kattalardan miqdoriy jihatdan farq qilmasada, bu bog’lar kuchsiz bo’ladi va dori oqsildan birbirini yoki endogen metabolitlar tomonidan tezda siqib chiqarilishi mumkin, ayniqsa chaqaloqlik davrida oqsil bilan bog’lanish kamroq bo’ladi.
Qariyalarda ham dorilarning oqsil bilan bog’lanishida farq bo’ladi, bu qonda oqsil (al’buminlar) miqdorining kamayganligi bilan tushuntiriladi va 10—15 foizni tashkil qiladi. Bu o’zgarish dori ajralib chiqayotgan a’zolarda qon aylanishi natijasida dorilarning chiqib ketishini kamaytiradi. Ayniqsa, dorining chiqib ketishi (eliminatsiyasi) a’zoning qon aylanishiga bog’liq bo’lgan hollarda dorilar organizmda to’planib qolib, salbiy ta’sir keltirib chiqarishi mumkin.
Dorining klinik samarasi ko’p jihatdan uning qondagi sof holdagi miqdori bilan bog’lanishda bo’ladi, jigar va buyrak kasalliklarida dorining oqsillar bilan bog’lanishi kamayishi mumkin, bu o’z iavbatida dorining qondagi sof holdagi miqdorini ko’paytiradi, shu sababli ba’zan kiritilayotgan dori miqdorini kamaytirishga to’g’ri keladi. Dorilarning oqsil bilan bog’lanishiga endogen metabolitlar (bilirubin, betalipoproteinlar va boshqalar) ta’sir qilishi mumkin, gemosorbsiyadan keyin dorilarning oqsillar bilan bog’lanishining ortishi buni tasdiqlaydi.
Retseptorlar bilan faqat sof holdagi dori o’zaro ta’sirga kirishadi, shu sababli o’zaro ta’sir tezligi va darajasi dorining biofazadagi umumiy miqdori bilan emas, balki dorining sof holdagi miqdori bilan, masalan, oqsil bilan dori o’rtasidagi bog’lanishning 98 foizdan 96 foizga kamayishi uning qondagi sof holdagi miqdori 2 marta ortdi degan gapdir, bu esa dori samarasining kuchli o’zgarishiga sabab bo’ladi. Dori 80%dan kam miqdorda oqsil bilan bog’langanda uning qondagi sof holdagi miqdorining o’zgarishi klinik ahamiyatli darajada ta’sir qilmaydi, ya’ni uning samarasini o’zgartirmaydi.
DORI VOSITALARINING BIOTRANSFORMATSIYASI. Biotransformatsiya ko’pgina tashqaridan tushadigan ekzogen va organizmda hosil bo’ladigan endogen moddalar (masalan, aktiv radikallar, mutanthujayralar, autoantigenlar), ya’ni ksenobiotiklar, yoki organizm uchun yot moddalar deb yuritiladi. Bu moddalar kimyoviy faollikka ega bo’lib, organizmda biotransformatsiya jarayoniga tortiladi (masalan, yuqori molekulyar moddalar oshqozonichak tizilmasida hazm bo’lsa, qon tanachalari lizosomalar va retikuloendotelial tizilmalarda biotransformatsiyaga uchraydi). Qichik molekulali yot moddalar qanday tuzilishga ega bo’lishidan qat’i nazar, bularga xos fermentlar yordamida plastik yoki energetik ahamiyati bo’lgan ko’rinishda ishlatiladi yoki organizmdan ajralib chiqadigan ko’rinishni oladi. Ksenobiotiklarni biotransformatsiyaga olib keladigan ferment tizilmalari hujayraaro bo’shliqda, hujayra yoki hujayra organellalarida, yoki albuminlar, lipoproteinlar, qon tanachalarida joylashgan bo’ladi. Biotransformatsiya murakkab jarayon bo’lib, qator bosqichlardan tashkil topgan va maxsus fermentlar ishtirokida kechadi.
Evolyutsion jihatdan qadimiy hisoblangan biotransformatsiya yo’li — bu koagulyatsiya, ya’ni ksenobiotikka yuqori molekulali moddalar (glyukuron kislota, sul’fatlar, glitsin, fosfat, atsetil guruhlar)ni biriktirish jarayoni bo’lib, buning natijasida ksenobiotik suvda eruvchi moddaga aylanadi.
Oksidlanish-qaytarilish yo’li evolyutsiya nuqtai nazaridan nisbatan yangi yo’l bo’lib, ikki fazada kechadi.
I va II fazani amalga oshirishda ishtirok etadigan ferment tizilmasi ko’proq hujayra organellalarida joylashgan bo’ladi.
Masalan, atsetillanish jarayoni sitosomalarda va mitoxondriyalarda, oksidlanish jarayoni esa mikrosomalarda kechadi.
Biotransformatsiya jarayonida hosil bo’ladigan moddalar zaxarsiz yoki kanserogen, mutagenlik xossalariga ega bo’lishi ham mumkin. Bu tabiatga ega bo’lgan moddalarning hosil bo’lishi tashqi muhitning yomonlashuvi va ekologik muhitning buzilishi bilan yanada ko’payib bormoqda.
Dori moddalari va boshqa tabiatli ksenobiotiklar biotransformatsiyasi natijasida hosil bo’lgan moddalarga nisbatan zaharliroq bo’lishi ham mumkin. Masalan, amidopirin dimetilnitrozaminga, lidokain esa ksilid monoetilglitsinga (glitsin talvasa chaqirish xususiyatiga ega) hosil bo’lishi mumkin.
3 jadvalda ba’zi dori moddalarni matsiyasi natijasida hosil bo’lgan faol metabolitiklar qatori keltirilgan.
Ksenobiotiklar o’zgarishining birinchi fazasi nosintetik, II fazasi esa sintetik jarayon hisoblanadi.
Nosintetik jarayonlar ikki guruhga: endoplazmatik retikulumda kechadigan (ya’ni mikrosomal) fermentlar ta’sirida kechadigan; ikkinchi guruh nosintetik jarayonlar mikrosomal fermentlari ishtirokisiz kechadigan reaksiyalar. Bu ikkala jarayon natijasida ksenobiotik molekulasi maxsus (spetsifik) o’zgarishlarga uchraydi, buning natijasida faol guruhlar hosil bo’ladi, natijada moddaning suvda eruvchanligi oshadi.
Nosintetik reaksiyalarga oksidlanishqaytarilish va gidroliz jarayonlari kiradi.
Organizmda oksidlanish reaksiyasi asosiy energiya manbai bo’lib, bu energiya organizmda organik molekulalarning parchalanishidan hosil bo’ladi.
Qaytarilish, ayniqsa gidrolizlanish reaksiyalari ham ksenobiotiklarning metabolizmida katta ahamiyat kasb etadi. Gidrolizlanish jarayoni ichak tizilmasi, jigar,
Adabiyotlar: 1. Mamadov Y., Khuzhamberdiev M., Mamatov B., Clinic of Pharmacology 2003, Toshkent, Ibn – Sino
2. Mamadov Yu.M., Xo`gamberdiyev M.A., Mamatov B.Yu. Klinik pharmakologiya.2010, Tashkent, Ibn – Shino
3. Gusel V.A., Markova I.V. Pediatrician’s Guide to Clinical Pharmacology. 1989, Moscow.
4. Mikhailov I.B. Handbook of a doctor in clinical pharmacology. 2001, St. Petersburg