2. Dorilarning farmakokinetik ko’rsatkichlari. Dorilarning so’rilishi



Yüklə 38,63 Kb.
səhifə4/7
tarix17.01.2023
ölçüsü38,63 Kb.
#79470
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Farmakologik faollik

DORILARNING SO’RILISHI
Dorining so’rilishi yuborish yo’liga borliq. Enteral (og’iz orqali, til ostiga, yo’g’on ichak orqali) va parenteral (vena, arteriya qon tomiriga, mushakka, teri ostiga), nafas a’zolari orqali yuborish yo’llari mavjud bo’lib, dori vena va arteriya qon tomiriga yuborilganda to’g’ridan to’g’ri qonga tushadi va tez orada qonda Dorining yuqori miqdori paydo bo’ladi, bu esa dori samarasining tez yuzaga kelishini ta’minlaydi. Dori venaga ko’proq tez samara olish talab qilinadigan vaziyatlarda yuboriladi, ayniqsa chaqaloq bolalarda. Dori venaga tezlikda (bolyus), sekinlik bilan (bir necha
Daqiqa davomida), yeki tomchilab yuborilishi mumkin. Amaliyotda bolib yuborish va sekinlik (tomchilab) bilan yuborish bir vaqtda tavsiya etilishi mumkin. Dori vena va arteriya qon tomiriga yuborilganda og’iz orqali yuborilgandagidan farqli o’laroq biotransformatsiyaga kam uchraydi, shu sababli venaga, arteriya qon tomiriga yuborilganda dorining yuboriladigan miqdori biroz kamroq olinadi.
Dori enteral va boshqa yo’llar bilan yuborilganda so’rilgandan keyin jigardan o’tgach katta qon aylanish tizilmasiga tushadi.
Dorining qon va limfa tizilmalariga tushishi so’rilish (adsorbsiya) deb nomlanadi. Dori yuborilgan joydan passiv diffuziya, filtratsiya, aktiv (tashilish) transport, yengil transport, pinotsitoz jarayonlari yordamida so’riladi. Dori so’rilishida yuqorida sanab o’tilgan jarayonlar hammasi qatnashsada, bulardan bittasi ustunlik qiladi. Bu o’z navbatida dori yuborilgan joyga va dorining fizikkimyoviy xossalariga bog’liq. Dori oshqozonichak tizilmasi orqali yuborilganda dorilarning so’rilishida passiv diffuziya, qisman filtratsiya jarayonlari yuqori bo’ladi. Teri orqali so’rilishida ham yuqoridagi so’rilish mexanizmlari asosiy o’rin tutadi.
Dorining so’rilish tezligi yuborilgan a’zo morfologik tuzilishiga, ayniqsa so’rilish maydoniga bog’liq. Eng katta so’rilish yuzasiga ega bo’lgan oshqozonichak tizilmasi (uning so’rilish yuzasi 120 m2 ga yaqin), o’pka (70—100 m2), teri esa 1,73 m2 so’rilish maydoniga ega. Terining o’ziga xos anatomogistologik tuzilishi dorilarning so’rilishini qiyinlashtiradi.
Mushakka yuborilgan dorining so’rilishi uning pH va eruvchanligiga bog’liq bo’ladi. Suvda, osh tuzining, izotonik eritmasida yaxshi eruvchi dorilar tezlikda to’qimalararo suyuqlikka, so’ngra esa qonga o’tadi. Bundan tashqari, dorining so’rilishi dori yuborilgan a’zo (joyning) mahalliy qon aylanish tezligiga bog’liq, bu esa sistem qon aylanishi va dori yuborilgan joyning skelet mushaklari funksional faolligi bilan belgilanadi. Masalan, deltasimon mushakka yuborilgan lidokain dumba mushagiga yuborilgandagiga nisbatan tez so’riladi. Suvda eriydigan dorilar mushakka yuborilganda bioo’zlashtirish qobiliyati oz ekanligini ko’zda tutish kerak. Mushakka yuborilgan difenin, digitoksin, diazepam yoki xlordiazepoksid (elenium) sekinlik bilan so’riladi va individuallik xususiyatiga ega.
Dorilarning bu xususiyatidan amaliyotda ularning ta’sirini uzoq saqlab turish (masalan, retabolil) uchun foydalaniladi. Bu dorilar mushakka yuborilganda depo hosil qilinadi va dori uzoq vaqt davomida qonga tushib turadi.
Suvda eriydigan dorilar teri ostiga yuborilganda tez so’riladi, moyda eriydiganlari esa sekinlik bilan so’riladi va mahalliy og’riq sezgisi bilan davom etadi.
Upka orqali ingalyatsiya yo’li bilan kiritilgan dorilar tez va yaxshi passiv diffuziya yo’li bilan so’riladi. Bu yo’l bilan gaz (umumiy og’riq qoldiruvchi dorilar) va aerozol (beta adrenoqo’zg’atuvchi, atropinga o’xshash va glyukortikoidlar) holida kiritiladi. Aerozol bo’lakchalarining o’lchami 20 mkm dan katta bo’lmasligi kerak, aks holda dori bronxlar shilliq pardasida o’tirib qolib yo’talish jarayonida chiqarilib tashlanadi. Miqdorlangan ingalyatorlarda aerozol bo’lakchalari 2 mkm ga yaqin kattalikda bo’lganligi sababli ular mayda bronxlar va bronxiolalarga yaxshi o’tib boradi, tez va yaxshi samara beradi.
Dorilar teri, kon’yunktiva, shilliq pardalar orqali ham kiritilishi mumkin. Teri orqali kiritiladigan dorilar asosan mahalliy ta’sir ko’rsatish maqsadida ishlatilsada, dorilarning qonga tushishiii ta’minlash maqsadida teri orqali dori kiritish keng ishlatiladi. Masalan, stenokardiya xurujining oldini olish maqsadida ishlatiladigan nitroglitserin malhami, plastiri. Terining derma qismi moyda va suvda eruvchi dorilar uchun yaxshi o’tkazuvchi bo’lib, epidermis orqali moyda eruvchi dorilar yaxshi so’riladi, moyda eriydigan ionlar esa moy bezlari va soch piyozchalari orqali sekinlik bilan so’riladi.
Nitroglitserin va nitrosorbid maxsus dori shakllari ko’rinishida og’iz shilliq pardasi orqali yaxshi so’riladi va qonda samarali miqdorda to’planadi.
Kon’yunktiva orqali kiritiladigan dorilar mahalliy ta’sir qilish maqsadida ishlatiladi.
Og’iz orqali dori yuborish keng tarqalgan, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan tejamli yo’l bo’lib, amaliyotda keng qo’llaniladi. Dori so’rilishining to’liqligi va tezligi turli omillarga bog’liq bo’lib, ko’proq individual xarakterga ega bo’ladi.
Og’iz orqali kiritilgan dori og’iz bo’shlig’i shilliq pardasi orqali, uning asosiy qismi esa ichak shilliq pardalari orqali so’rilib, jigardan o’tgach katta qon
aylanish tizilmasiga tushadi. Ogiz orqali ichilgap dori so’lak bilan namlanib qizilo’ngach va oshqozonga tushadi. Ko’pgina dori shakllari maxsus qoplama (yoki kapsula) ko’rinishida bo’ladi va bu dorini so’lak tarkibidagi fermentlar (masalan, amilaza, lipaza) ta’siridan saqlash maqsadida tayyorlanadi.
Oshqozon sutka davomida 2—2,5 litr oshqozon shirasi ajratadi, u 0,3—0,5% vodorod xlorid va oqsillarni parchalovchi pepsin fermentini saqlaydi. Oshqozon shirasi lipolitik xususiyatiga ham ega.
Ishqoriy muhitga ega bo’lgan dorilar ichilganda oshqozon shirasi muhitini (pH) ko’zda tutish kerak, chunki bu dorilar kislotali muhitda ionlanadi. Masalan, eritromitsin, xinidin, teofillin kam ishqoriy muhitli bo’ladi, shuning uchun bu dorilarni och qoringa yoki kuchsiz ishqoriy (mineral) suvla,r bilan ichgan ma’qul. Oshqozon shirasi kuchli kislotali muhitga ega bo’lgan x,ollarda pilorus spazmi natijasida dorining oshqozondan ichakka o’tishi sekinlashadi. Shu sababli dori ichishdan oldin ortiqcha oshqozon shirasi kislotali muhitini neytrallagan ma’qul. Bu maqsadlarda sut, mineral suvlar, sodali ichimliklar yoki oddiy suv ichish tavsiya etiladi.
Dori ichishdan oldin va ichilgandan keyin sutli kisel’ tavsiya qilish kerak, bu oshqozon shirasini neytrallash bilan birga ichilgan dorining oshqozon shilliq pardasiga zararli (qitiqlovchi) ta’sirini susaytiradi. Kam kislotali muhitga ega bo’lgan vositalar (tetratsiklinlar) soda suyuqligi bilan ichilganda uning so’rilishi 50 foizga kamayishini ham ko’zda tutish kerak. Gipoatsid holatlarda oshqozonning bo’shalish (evakuatsiyasi) kuchli bo’lgan bemorlarda ichilgan dori tezda ichakka o’tadi va bunday bemorlarda dori samarasi tezroq kuzatiladi.
Ko’p dorilar oshqozonda kam so’riladi, dorilarning asosiy qismi ingichka ichakda (yuqori qismida) so’riladi. Oshqozon harakati (evakuatsiyasi) natijasida pilorik jom ochilib, ichilgan dori o’n ikki barmoq ichakka tushadi va bu yerdagi safro (o’t) suyuqligi (1,5—1 l aralashmasi pH=8) va oqsil polipeptid tabiatli dori moddalar, gormonlar (vazopressin, kortikotropin, insulin, progesteron, testosteron) faolligini butunlay yo’qotadi. Safro (o’t) suyuqligi tarkibidagi moddalar moyda eruvchan dori moddalarini, dori qobig’ini (kapsulalarii), ichakda eriydigan tabletka qobig’ini eritadi. Dori moddalari ichakda qo’shimcha moddalardan ozod bo’ladi. Dori moddasi ichak shirasida buzilsa, dorining faol qismi qo’shimcha qismidan sekin ajraladi, bu dorining qonga tez va batamom so’rilishini kamaytiradi.
Dori qo’shimchalarining (napolnitel) turlitumanligi bemor qonida dori miqdorining katta ko’rsatkichlarda farqlanishiga sabab bo’ladi.
Sof holda ajralib chiqqan dori moddasi ichak shirasi bilan o’zaro ta’sir qiladi. Safro (o’t) suyuqligi komponentlari ba’zi dori moddalari bilan birikib, erimaydigan aralashma (kompleks) hosil qiladi, bu esa o’z navbatida dorining biologik o’zlashtirishini kamaytiradi (tubokurarin, nistatin, polimiksin).
Safro (o’t) kislotalari moyda eriydigan dori moddalarining erishiga olib keladi va ular passiv diffuziya yo’li bilan qonga so’riladi. Bunda dori moddalari ichak shirasida erib, faol transport jarayoni natijasida qonga so’riladi. Bu jarayon energiya sarfi bilan kechadi.
Ichak harakatining ortishi dori so’rilishini sekinlashtirsa, uning sekinlashuvi esa bu jarayonni kuchaytiradi.
Dorining so’rilishi dori shakliga bog’liq. Dori moddasi eritmadan yaxshi so’riladi, undan keyingi o’rinni suspenziya ko’rinishidagi dorilar, kapsulalar, oddiy tabletkalar, qobiqli tabletkalar egallaydi va sekinlik bilan so’riladigan dori shakllari oxirgi o’rin
da turadi. Dori shaklining ko’rinishidan qat’i nazar, uni ovqatdan 2—3 soat keyin 200—250 ml suv bilan ichilsa yaxshi so’riladi. Jigarda birlamchi biotransformatsiyaga uchraydigan dorilar (anaprilin, apressin, verapamil, etmozin)ni ovqatdan keyin ichgan ma’qul, chunki bu holda ular jigarda kamroq birlamchi biotransformatsiyaga uchraydi, shuning hisobiga ularning biologik o’zlashtirilishi ortadi.
Dori moddalarining so’rilishiga ovqat ham ta’sir qiladi. Ovqat qabul qilishda oshqozon harakati buzilishi hisobiga izoniazid, levodopa, eritromitsin va boshqa dorilar so’rilishi kamayadi. Ayniqsa, oshqozon evakuatsiyasini haddan tashqari issiq, kislotali, yog’li, quyuq, ortiqcha sho’r va achchiq ovqatlar dori so’rilishini sekinlashtiradi. Dori moddalarining oshqozonda uzoq saqlanishi dorining eruvchanligini oshirish hisobiga ichakka o’tgach uning biologik o’zlashtirilishini ko’paytiradi (masalan, nitrofurantoin, gipotiazid). Ovqat oshqozon shirasi kislotaligini oshirib dori tarkibidagi moddalarning fizikkimyoviy xossalaripi o’zgartiradi, uning parchalanishiga olib keladi (masalan, piratsetam tarkibidagi karbonat magniyning parchalanishi).
Ichakda ovqatning dori moddalariga ta’siri turlicha bo’lishi mumkin. Birinchidan, ovqat dori moddalarining ichak devoriga yaqinlashuviga qarshilik ko’rsatishi mumkin. Ikkinchidan, ovqat ichakda qon aylanishini yaxshilash hisobiga dori so’rilishini kuchaytirishi mumkin. Uchinchidan, ovqat tarkibidagi ikki valentli elementlar dorilar bilan kompleks (xelatlar) hosil qilib, ularning faolligini susaytirishi mumkin. Moylar, uglevodlar yoki oqsilga boy ovqatlar ampitsillin, oksatsillin, izoniazid kabi dorilar so’rilishini susaytirsa, grizeofulvin — so’rilishini ko’paytiradi. Ovqatda yuqori molekulali (spironolakton, nitrofuranlar, grizeoful’vin) dori moddalari yaxshi eriydi. Ovqat safro (o’t) suyuqligi ishlab chiqilishini kuchaytirib moyda eruvchi (karbomazepin, spironolakton, dikumarin singari) dorilar so’rilishini yaxshilaydi.
Hamma vaqt ham dori so’rilishining kamayishi dori umumiy miqdorining kamayishi bilan kechmaydi, dorining qondagi miqdori kamayishi qondagi kerakli dorining bu miqdorini hosil qilish vaqtini ko’paytiradi. Dori samarasi uning qondagi sof holdagi miqdoriga bog’liq bo’lganligi sababli, dori so’rilishining kamayishi uning samarasi susayishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa qisqa muddatli yarim chiqarilish davriga ega, ya’ni kam biologik o’zlashtiriladigan (masalan, furosemid) dorilar kabul qilinganda shunday hodisa yuz beradi. Demak, dori og’iz orqali yuborilanda, uning qondagi miqdorini tez hosil qilish uchun uni ovqatdan ilgari qabul qilish kerak. Erishilgan samarani saqlab turish kerak bo’lgan hollarda esa dorini ovqatdan keyin qabul qilgan ma’qul. Ovqat hazmini yaxshilovchi va darmondorilarni (vitaminlarni) ovqat vaqtida, tuzlar ko’rinishidagi va o’simliklar tindirmalarini ovqatdan keyin tavsiya etgan ma’kul. Ovqat vaqtida ichilgan ba’zi bir dorilar so’rilishi (biologik o’zlashtirilishi)niyg kamayishi hamma vaqt uni ovqatdan ilgari ichishga bersa bo’laveradi degani emas, chunki bu holda dori oshqozonichak tizilmasini qitiqlab, oshkozon yallig’lanishi va yara kasalligi qo’zg’alishiga yoki dispeptik o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin.
Ovqat moddalari quyidagi — amoksitsillin, atsetilsalitsilat kislota, butametamid, digoksin, nitrosorbit, sefalosporinlar, nitrofurantoinlar, sul’fanilamidlar, fenobarbital, furosemid, fenatsetin dorilar so’rilishini kamaytirsa, glibenkamid, nitrazepam, oksazepam, prednizolon, xlorpropamid, teofillin so’rilishiga ta’sir qilmaydi.
Ovqat moddalari quyidagi — aspirin, izoniazid, sefalosporinlar, levodopa, penitsillinlar, rifampitsin, sotalol, sulfalen, teofillin, tetratsiklinlar, fenatsetin biologik o’zlashtirilishini kamaytirsa, quyidagilar — gidrolazin, gipotiazid, grizeoful’vin, dikumarol, difenin, karbamazepin, labetalol, litiy tuzlari, metaprolol, nitrofurantoin, propranolol, spironolakton, fenitoin, eritromitsinlarning biologik o’zlashtirilishini kuchaytiradi.
Dori moddalari va ovqat moddalarining o’zaro ta’siri to’g’risida gapirganda, dori moddalari tomonidan ovqat tarkibidagi organizm uchun foydali turli biologik faol moddalar so’rilishi buzilishini ko’zda tutish kerak, bu ayniqsa ular uzoq muddat birga ishlatilganda kuzatiladi. Masalan, ichiladigan gormon ko’rinishidagi faol moddalar folat kislotasi, askorbin kislotasini, riboflavinni; bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlar esa vitamin C so’rilishini kamaytirib, surgilar esa moyda eriydigan vitaminlar so’rilishini kamaytirib, turli patologik holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yüklə 38,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin