2. Dorilarning farmakokinetik ko’rsatkichlari. Dorilarning so’rilishi



Yüklə 38,63 Kb.
səhifə3/7
tarix17.01.2023
ölçüsü38,63 Kb.
#79470
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Farmakologik faollik

Klinik farmakokinetika
Farmakokinetika — dorilarning so’rilishini, oqsillar bilan bog’lanishini, tarqalishini, biotransformatsiyasi va organizmdan chiqib ketish jarayonlarini o’rganadi va dorining organizmda miqdoriy dinamikasi xaqida ma’lumot beradi.
Dorilarning farmakologik samarasi dori moddalarining retseptor qurilmalaridagi miqdoriga bogliq bo’lib, bu miqdorni organizmda aniqlash murakkab
jarayondir, amalda uni aniqlab bo’lmaydi. SHu sababli amalda dorining miqdorini biosuyuqliklar (qon, qon plazmasi, zardobi, so’lak, siydik) da aniqlanadi, chunki dorining kiritilayotgan miqdoriga nisbatan uning qondagi miqdori va dorining farmakologik samarasi orasida korrelyativ bog’liqlik borligi aniqlangan.
Dorilarning qondagi mikdori ko’proq ularning organizmda tarqalishi va chiqib ketishiga bog’liq jarayondir.
DORILARNING FARMAKOKINETIK KO’RSATKICHLARI
Dorilarni biosuyuqliklarda aniqlash dorining qonga tushishi va chiqib ketishi haqida ma’lumot beradi. Dorilarning qon plazmasidagi miqdori suyuqlik va gazsuyuqlik, xromatografiya, radioimmun yoki fermentkimyoviy, polyarografik, spektrofotometrik yo’llar bilan aniqlanadi.
Yuqoridagi usullar bilan olingan ma’lumotlarga asoslanib dori dinamikasi grafigini qurish mumkin: abssissa o’qiga dori yuborilgandan keyingi o’tgan vaqt birligi, ordinata o’qiga esa dorining qon plazmasidagi miqdori (tegishli birliklarda) joylashtiriladi.
Dorining qon plazmasidagi miqdori amaliy ahamiyatga ega, dori tomirgayoki og’izorqaliyuborilganda ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib matematik modellar yordamida quyidagi ko’rsatkichlar: yarim chiqib ketish vaqti (T5o), dorilar klirensi
Eliminatsiya — organizmdagi metabolitik va ekskretor jarayonlar yig’indisi natijasida kiritilgan. faol modda (dori)ning tanadan chiqib ketishiga aytiladi.
Dorilarning chiqariladigan asosiy yo’li buyraklar va jigar bo’lganligi sababli umumiy klirens shu ikki a’zo klirenslari yig’indisidan iborat bo’ladi. Jigar klirensi jigardagi metabolitik klirens va safro bilan chiqadigan miqdorga teng bo’ladi. Masalan, simetidinning buyrak klirensi600 ml/daq, metabolitik klirensi 200 ml/daq, safro klirensi10 ml/daqiqaga, umumiy klirensi — 810 ml/daqiqaga teng.
Klirensni aniqlovchi asosiy fiziologik omillar a’zodagi qon hajmi va qon aylanish tezligi hisoblanadi. Jigar klirensi jigardagi qon aylanish tezligi yoki dorilar metabolizmida qatnashadigan fermentlarning fiziologik faoliyatiga bog’liq. Masalan, jigar fermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydigan lidokain uchun jigardan o’tayotgan qon hajmi, ya’ni qon o’tish tezligiga bog’liq. Shu sababli jigarda qon aylanish buzilganda (yurak yetishmovchiligi sharoitida) lidokain metabolizmi pasayadi, uning qondagi miqdori ortib ketishi mumkin.
Fenotiazinlar klirensi jigardagi fermentlar faoliyatiga bog’liq bo’lib, gepatotsitlar zararlangan sharoitda bu jarayon buzilishi sababli qonda fenotiazinlar miqdori ortib ketadi.
Dorilar klirensi quyidagi tenglama bo’yicha ifodalanadi:
CL = VdD =AUC= Vd 0,693
Vd — tarqalish hajmi, D — dori miqdori, AUC • konsentratsiya ostidagi maydon vaqt, T’/a — dorining yarim chiqarilish davri.
Qlinik sharoitda klirens erishilgan samarani saqlab turuvchi miqdor (Osaq)ni topish uchun kerak bo’ladi.
(D saq) =CLxGsS
Css — bir me’yordagi miqdor.
D saq. turuvchi miqdor.
CL — umumiy klirens
Dorilarning tarqalish hajmi (Vd) dorilarning qon plazmasida teng miqdorda tarqalishi uchun kerak bo’ladigan suyuqlikning taxminiy hajmiga teng.
Dorilarning tarqalish hajmi quyidagi omillarga bog’liq. Dorilarning fizik, kimyoviy xossalari (molekulyar og’irligi, ionlanish va polyarlanish (qutblanish xususiyati, suv va moylarda erish qobshshyati) membranalardan o’tishiga, ya’ni ularning tarqalishiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, bemorning yoshi, jinsi, tanadagi yog’lar miqdoriga ham bog’liq. Masalan, qariyalarda va bolalarda dorining tarqalish tezligikamayadi, bundan tashqari, jigar, buyraklar va yurak qon tomirlar tizimi kasalliklarida ham dorilarning tarqalish hajmi o’zgaradi.
Dorilarning organizmdan chiqib ketishi haqida dorilarning yarim chiqib ketish davri ko’rsatkichi yordamida fikr yuritish mumkin. Yarim chiqarilish davri vaqt davomida yuborilgan miqdorning 50% kamayishi (Tvs) bilan ifodalanadi.
Yarim chiqarilish davri tarqalish hajmi va klirens vazifasi bo’lib, quyidagi tenglama bilan topiladi.
T’/2 = 0,693xVd CL
T’/2 — yarim chiqarilish davri; Vd — tarqalish hajmi; CL — umumiy klirens.
Masalan, yurak yetishmovchiligida lidokainning to’qimalarga kirishi buzilishi sababli uning tarqalish hajmi kamayadi, buyraklarda qon aylanishi buzilishi sababli ularning klirensi ham kamayadi. Bu sharoitda uning yarim chiqib ketish vaqti kam o’zgaradi. Shu sababli lidokainni miqdorlash rejasini shu ko’rsatkich asosida aniqlash, uning qondagi miqdorining ko’payib ketishiga va zaharlanishga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham dorining chiqib ketish ko’rsatkichi klirens hisoblanadi.
Yarim chiqish vaqti, asosan dorilarni yuborish rejimini (oralig’i), qonda saqlanib turadigan miqdorini hosil qilish vaqtini aniqlashda qo’l keladi va bu vaqt ko’proq 5—7 yarim chiqish davriga teng bo’ladi.
Dorining bir me’yordagi miqdori bu vaqtda so’rilayotgan va chiqarilayotgan miqdor birbiriga teng bo’ladi. Bu vaqtda organizmda dori bir xil o’rtacha kattalikda bo’ladi.
Dori bir me’yordagi kattalikda bo’lgan vaqt ichida uning klinik samarasi sezilarli darajada namoyon bo’ladi. Dorining yarim chiqib ketish davri qancha qisqa bo’lsa, uning bir me’yordagi miqdori tezroq yuzaga keladi va katta ko’rsatkichlarda o’zgaruvchan bo’ladi. Shu sababli keyingi paytlarda amaliyotda katta ko’rsatkichlardagi bir me’yordagi miqdorning tez va katta ko’rsatkichlarda o’zgarishining oldini olish uchun sekinlik bilan ajraladigan dori shakllari keng ishlatilmoqda.
Amaliyotda dorining «bir me’yor»dagi miqdorini (Gss) — bir marta yuborilganda (quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:
Css = FD
Kel.Vdt
Eliminatsiya konstantasi (Kel.) o’rniga dorining yarim chiqish vaqti (T 1/2) olinganda tenglama quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Css = l,44F.p.T’/Vdt
bu yerda F — biologik o’zlashtirilishi, t—vaqt oralig’i.
Dorining biologik o’zlashtirilishi og’iz orqali dorining (F) — yuborilgan miqdoriga nisbatan qonga tushgan foizlardagi qismi.
Venaga yuborilganda dorining boiologik o’zlashtirilishi 100 foiz bo’lsa, boshqa yo’llar bilan yuborilganda turli sabablarga ko’ra bu ko’rsatkich 100 foizdan kam bo’ladi. Shu sababli amaliyotda dorining biologik o’zlashtirilishi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi;
AUC (mushakka yuborilgapda) u D (venaga)
AUG (vonaga) D (mushakka)
(turli miqdorlarda yuborilganda)
Biologik o’zlashtirilish va bioekvivalentlik tushunchalari tafovut qilinadi.
Bioekvivalentlik — solishtirma biologik o’zlashtirilish. Masalan, turli dori shakllari (tabletkalar, kapsulalar, eritmalar) ko’rinishida chiqarilgan bir xil dori turli. biologik o’zlashtirilishga ega, ya’ni biologik ekvivalent emas.
Dorining biologik o’zlashtirilishi va so’rilishi bir xil tushuncha emas. Ichishga tavsiya etilgan dori yaxshi so’rilsada uning biologik o’zlashtirilishi rast bo’lishi mumkin.
Buning sababi dori so’rilish jarayonida ichakda metabolizmga uchrashi yoki jigardan birlamchi o’tish jarayonida ham dori metabolizmga uchrashi natijasida dori qonga kam miqdorda tushadi. Masalan, diprazin (pipolfen) oshqozonichak tizilmasida yaxshi (80%) so’rilsada, uning biologik o’zlashtiriladigan qismi 25%ni tashkil qiladi.

Yüklə 38,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin