Adabiy til - umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, malum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir
Ozbek xalq adabiy tilining shakllanishi o`zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog`liq. Navoiy Xamsa, Xazoyinul maoniy, Mahbubul qulub, Muhokamatul lug`atayn kabi asarlari bilan o`zbek adabiyotini yuksaklikka ko`tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o`zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o`zbek) tilni ulug`ladi, uning boyligini o`z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo`shdi. Navoiy so`z qadrini, so`z va tilning keng imkoniyatlarini chuqur anglagan holda quyidagi hikmatli, dono o`gitlarni bitdi:
So`zdurki, nishon berur o`likka jondin,
So`zdurki, berur jonga xabar jonondin,
Insonni so`z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo`q ondin.
Ko`ngul mahzanining qulfi til va mahzanning kalitin so`z bil. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qollanadigan korinishi adabiy til uslubi dеyiladi. Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So’zlashuv uslubi
2. Ilmiy uslub
3. Rasmiy-idoraviy uslub
4. Ommabop (publitsistik) uslub
5. Badiiy uslub
1. So’zlashuv uslubi. Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi sozlar tartibi ancha erkin boladi. Koproq sodda gaplar, toliqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, kocha koyda kishilarning fikr almashish jarayonoda qollanadigan nutq uslubi sozlashuv uslubi deyiladi. Sozlashuv uslubiy adabiy va oddiy sozlashuv uslublarini oz ichiga oladi. Adabiy til meyorlariga qatiy amal qilingan sozlashuv uslubi adabiy sozlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bolmagan sozlashuv uslubi esa oddiy sozlashuv uslubidir. Sozlashuv uslubining har ikki turi kopincha dialog shaklida royobga chiqadi. Bu uslubda sozlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy boladi. Sozlashuv uslubining yana bir oziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va tasirli bolib, kopincha soz daplar, toliqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili malum bir xalqning sozlashuv tilidir. Adabiy til esa malum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bolib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid sozlar, atamalar, jargonlar, malum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid sozlarni ham oz ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bolib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni ozida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yigindisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar malum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).