Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mustaqil o‘qish vaqtida olgan malumotlarni, eshitgan maruzalarni tizimlashtirishni taminlaydi; olingan malumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish. Avval o‘zlashtirgan malumotlarni bog‘lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
O‘quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi: 1) o‘quvchilar insert jadvalini to‘ldirish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida o‘zlari to‘ldiradilar;
2) o‘qish jarayonida olingan malumotlarni matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq alohida o‘zlari jadval ustunlariga kiritadilar va tizimlashtiradilar:
V- men bilgan malumotlarga mos;
- - men bilgan malumotlarga zid;
+ - men uchun yangi malumot;
? - men uchun tushunarsiz yoki malumotni aniqlash, to‘ldirish talab tiladi.
V
+
–
?
VENN DIAGRAMMASI Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ortiq doiralarda qollaniladi, ular ortasida yozish uchun yetarli joy qolishi kerak. U g‘oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini ko‘rsatib berishi kerak.
Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
O‘quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi: 1) o‘quvchilar Venn diagrammasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida yoki kichik guruhlarda Venn diagrammasini tuzadilar va kesishmaydigan joylarni to‘ldiradilar;
2) juftliklarga birlashadilar, o‘zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to‘ldiradilar;
3) doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch doiralar uchun umumiy bo‘lgan, malumotlar ro‘yxatini tuzadi.