B-B-B JADVALI BILAMAN/ BILMOQCHIMAN/ BILIB OLDIM
Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
O‘quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:
jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida yoki kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar;
2) Mavzu boyicha nimalarni bilasiz? va Nimani bilmoqchisiz? degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo‘naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning birinchi va ikkinchi bo‘limlarini to‘ldiradilar;
3) maruzani tinglaydilar, mustaqil o‘qiydilar;
4) mustaqil yoki kichik guruhlarda jadvalning uchinchi bo‘limini to‘ldiradilar.
B-B-B JADVALI
Bilaman
Bilmoqchiman
Bilib oldim
T JADVAL
Bitta konsepsiya (malumot)ning jihati o`zaro solishtish uchun qo`llaniladi.
Ajratilgan vaqt oralig`ida tartibda (juftlikda) to`ldiriladi. Uning chap tomoniga sabablari yoziladi, o`ng tomoniga esa chap tomondagi ifodaga qarama-qarshi fikrlar, g`oyalar, omillar yoziladi. O`quv guruhining barcha azolari yagona
T jadvalini tuzadilar,
NIMA UCHUN?
Nima uchun bu muammo kelib chiqdi? muammoning dastlabki sabablarini aniqlash zanjiri, uni hal qilish, tahlil qilish va rejalashtirish jarayonida qollash mumkin.