Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
O‘quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi: 1) o‘quvchilar klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi yoziladi;
2) birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar yo‘ldoshlar yozib qo‘shiladi. Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu yo‘ldoshlarda kichik yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
3) muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.
Klasterni tuzish qoidasi: 1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. Goyalarning sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Xatni toxtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga etibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni toxtatmang. Agarda aqlingizda goyalar kelishi birdan toxtasa, u holda qachonki yangi goyalar kelmaguncha qogozga rasm chizib turing.
INSERT JADVALI Insert jadvali grafik organayzeri ozlashtirilishi kozda tutilgan yangi mavzu boyicha oquvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish konikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Insert jadvalini qollash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
-kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi;
- har bir guruhlar ozlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid 2 ta fikr bildirish soraladi;
- oquvchilar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar;
- bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi;
- songra oqituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni guruhlarga tarqatadi;
- guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va ozlari bildirgan fikrlarning bir-biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (oxshashlik va farqlar maxsus belgilar yordamida qayd etiladi);
- guruh azolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi;
- guruh azolari orasidan liderlar belgilanadi;
- liderlar sinf jamoasini guruh natijalari bilan tanishtiradilar;
-guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.
Insert jadvali oquvchilar mantiqiy fikrlash, shaxsiy xatolar ustida ishlash konikmalarini shakllantirishga yordam beradi.