Dots. S. U. Xodjaniyozov 2021-yil


Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə50/82
tarix20.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#165241
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
OTSQ TVM MAJMUA GULI 3271

Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Oquv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:
1) o‘quvchilar klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi yoziladi;
2) birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni “asosiy” so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo‘ldoshlarda” “kichik yo‘ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
3) muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.
Klasterni tuzish qoidasi:
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalarning sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

INSERT JADVALI
Insert jadvali grafik organayzeri o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Insert jadvalini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
-kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi;
- har bir guruhlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid 2 ta fikr bildirish so‘raladi;
- o‘quvchilar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar;
- bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi;
- so‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni guruhlarga tarqatadi;
- guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o‘zlari bildirgan fikrlarning bir-biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (o‘xshashlik va farqlar maxsus belgilar yordamida qayd etiladi);
- guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi;
- guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi;
- liderlar sinf jamoasini guruh natijalari bilan tanishtiradilar;
-guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.
Insert jadvali o‘quvchilar mantiqiy fikrlash, shaxsiy xatolar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin