Dpm-ning o’quv loyihalarini gigienik baholash Davolash profllaktika muassasalari


DPM qurilishining zamonaviy muammolari. Davolovchi himoyalovchi tartib haqida tushuncha



Yüklə 22,8 Kb.
səhifə2/4
tarix08.03.2023
ölçüsü22,8 Kb.
#87041
1   2   3   4
DPM 2

DPM qurilishining zamonaviy muammolari. Davolovchi himoyalovchi tartib haqida tushuncha
Davolovchi-himoyalovchi tartib - bu bemorlarni sifatli davolashuchun eng maqbul shart-sharoitlami ta’minlash va ulami tashqi omillarning nomuvofiq ta’siridan himoya qilishga qaratilgan chor tadbirlar majmuidir.Shu munosabat bilan davolovchi-himoyalovchi tartibning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Organizmning himoya va kompensator xususiyatlarini safarbar qilishga qaratilgan eng muvofiq shart-sharoitlarni yaratish va tashqi muhitning nomuvofiq omillarni bartaraf qilish.
2. Har bir bemor uchun alohida davolash va tartibni belgilash, uningbajarilishini nazorat qilish.
3. Psixoprofilaktik va psixoterapevtik ishlar olib boorish.
Kasalxona yoki boshqa turdagi DPM-ning davolovchi-himoyalovchi tartibi faqatgina bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va ularni sifatli davolashni ta’minlash bilan chegaralanib qolmasdan, ularni atrof-muhitning nomuvofiq omillari ta’siridan ham himoya qilishga qaratilgan bolmog‘i kerak.
Shunga bogiiq holda davolovchi-himoyalovchi tartibningasosiy tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
1. Bemorlarga zamonaviy tashxis qo‘yish va davolash uchun muvofiq sharoitlarni yaratish.
2. Atrof-muhitdagi nomuvofiq omillarning ta’sirini bartaraf qilishva bemor organizmining himoya va kompensator xususiyatlarini mobilizatsiya qilishga yordam beradigan eng muvofiq sharoitlarni yaratish.
3. Bemorlar va xodimlar uchun muvofiq gigiyenik sharoitlarni yaratish.
4. Bemor uchun shaxsiylashtirilgan kun va davolash tartibini tuzishhamda davolash-soqiomlashtirishni bajaruvchi sharoitni tashkil qilish.
5. Kasalxonada psixoprofilaktik va psixoterapevtik ishlarni amalgaoshirish.
6. Sanitar-epidemiyaga qarshi tartibni o‘rnatish.
Sanitariya va epidemiyaga qarshi tartib - davolovchi-himoyalovchi tartibning bir bolagi bolib, DPM bemorlarni joylashtirish uchuneng muvofiq sharoitlarni ta’minlash, xodimlar uchun muvofiq boiganish sharoitlarini yaratish, kasalxona sharoiti holatini belgilovchi kasalxona qurilishi xususiyatlarini, binoning moddiy-texnika holati, yumshoq vaqattiq inventarlar bilan jihozlanishi, dori-darmon, tibbiy-uskunalar bilanta’minlanganlik darajasi, mikroiqlim va sanitar obodonlashtirilganligidir.
Kasalxona xodimlar va bemorlar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalarining bajarilishi;
- bemorlaming tinchligi va xotirjamligini saqlash sharoitlari;
- bemorlarning ovqatlanishini tashkil etish va uning sifati, oziq
-ovqatmahsulotlarining saqlash sharoitlari.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun kasalxonada yaratiladigan sharoitlaming haqiqiy holati juda muhim hisoblanadi.
Kasalxonaning sharoitlariga oid elementlariga quyidagilar kiradi:- kasalxona qurilishining o‘ziga xosligi;
- binolarning moddiy-texnik holati;
- kasalxonadagi diagnostika va davolashga doir xonalaming yumshoq vaqattiq inventarlar bilan to‘liq jihozlanganligi;
- tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
- kasalxona ichida yaratilgan mikroiqlim sharoitlari;
- kasalxonaning sanitar obodonlashtirilganligi kabilar


Yüklə 22,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin