Hayot kechirishi - umuman olganda qizil bosh shpankanikiga o’xshaydi.
Qo’ng’izlari ko’p metamorfozli, yiliga bir marta avlod beradi. Soxta g’umbaklik stadiyasida qishlaydi. Qo’ng’izlari tuxum quyish uchun quduqcha qaziydi.
Urg’ochi qo’ng’izlar bir necha o’ntadan, ba’zan bir necha yuztadan tuxum qo’yadi.
Malhamchi qo’ng’izlarning lichinkalari chigirtka ko’zachalari ichida oziqlanadi.
Jumladan, Frolov malhamchisi marokash chigirtkasi(Dosiotaurtis maroccanus Thub.) ning hamda qir chigirtkasi (Calliptamus turanicus Tarb.) ning tuxumlari bilan, Mulabris Scabiosae 0l. nomli mahamchi morokashhamda otbosar chigirtka (Dociosta Orus krauss; Gnd.) ning va ba’zi boshqa chigirtkalarning tuxumlari bilan oziqlanib yashaydi. To’rt nuqtali malhamchilichinkalari esa vohachigirtkasi(Calliptamus italicus L.) ning ko’zachalarida yashaganligi aniqlandi.
Kurash choralari.Qizil bosh shpankaga qarshi kurash uchun belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi. Malhamchilarning lichinkalari foydali bo’lganligi uchun, bu zararkunandalar ekinlarga bevosita tahdid qilgan hollardagina ularga qarshi kurash choralari qo’llaniladi (V.V.Yaxontov, 1962).
No’xat qo’ng’izi(Bruchas pisorum S.). Zarari. Bu qo’ng’iz no’xat donlari — urug’lari ichidagi moddani kemirib yeyishi bilan zarar yetkazadi. Masalan, Qamashidagi no’xat ekinlarida urug’larning 5 % dan ziyodroq qismi nobud bo’lganligi aniqlandi.
Samarqand atrofida yetishtirilgan no’xat namunalarida ularning 11 % ini no’xat qo’ng’izi shikastlaganligi ma’lum. Qozog’istondan olingan ma’lumotlarda bu zararkunanda ayrim uchastkalardagi no’xat donlarining 20 % dan ziyodrog’ini shikastlaganligi ko’rsatiladi.
Shikastlangan donlarning unish darajasi 75 % gacha pasayadi va no’xat qo’ng’izining chiqindilari bilan ifloslangan donlar ovqat uchun yaramaydi.
Tarqalishi. Markaziy Osiyodan tashqari, Qozog’istonda, butun Yevropada, Uzoq shimoldan tashqari (bu qo’ng’izning tarqalish doirasi Shimoliy kenglikning 52° gacha yoyiladi), Uzoq Sharqda, Shimoliy Afrikada, Yaponiya va Hindistonda, Shimoliy va Markaziy Amerikada no’xat ekinlarini zararlashi ma’lum.
Ta’rifi. Qo’ng’izining uzunligi 4-5 mmkeladi; kallasi orqasining old qismi tagiga tomon bukilib turadi; tanasi deyarli to’rt burchakli.
Qanotustliklarining uchi yumaloq bo’ladi va qornining oxirigacha borib yetmaydi, qanotustliklari qora-qo’ng’ir va oq rangli dog’lar bilan qoplangan.
Mo’ylovlarining tagi, oldingi hamda o’rtagi oyoqlarining panja va boldirlari sariq rangli. Ko’kragining old qismi yonlarida bittadan tishcha bor, bu tishchalar ba’zan tuklar orasida yaqqol ko’rinib turmaydi.Tuxumi yaltiroq sariq rangli, cho’zinchoq, oval shaklda, 0,6 mmcha uzunlikda. L i c h ink a s ini n g rangi birinchi yoshida qizg’ish bo’lib, ikkinchi yoshidan boshlab sarg’ish tusga kiradi; uzunligi 5—6 mm ga yetadi, kallasi ko’krak qismiga tomon egilib turadi; oyoqlari yo’q, ular o’rnida dumboqchalar bo’ladi; ko’kragining pastki tomoni mayin tukchalar bilan qoplangan, bosh qismi tuksiz; orqasining old qismida ikkita xitin o’siqcha bor.
G ’ u mb a g i n i n g uzunligi 5 mmcha bo’lib, shakli yetuk qo’ng’iznikiga o’xshaydi, rangi sarg’ish.