Hayot kechirishi. Bu zararkunanda kam o’rganilgan. Kapalagi tuxumlarini loviya, mosh, no’xat va vika o’simliklarining g’uncha, gul hamda tugunchalariga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar o’simliklarning shu organlari bilan oziqlanadi.
Qurtlari pillasiz va beshikchasiz yer yoriqlarida g’umbakka aylanadi.
Bu zararkunandaga qarshi kurash choralari maxsus o’rganilgan emas.
Aftidan, qurtlari dalalarga kalsiy arsenat yoki geksaxloran dustlari changlanganda nobud bo’lsa kerak Tuproq yoriqlarida g’umbaklar bo’lgan paytda dalani sug’orish
Bir rangli tunlam(Chloridea incarnata Frr.). Zarari. Bir rangli tunlam qurtlari ba’zan no’xat va gorox dukkaklari ichidagi donlarni kemirib, anchagina zarar yetkazadi.
Tarqalishi. Markaziy Osiyoda uchraydi.
Ta’rifi. K a p a l a g i qanotlari yozilganida ikkinchi uchi orasi 3-4 sm keladi. Qanotlari xira sariq rangli, ba’zan keyingi qanotlarining rangi ochroq bo’ladi; oldingi qanotlari ko’kish rangda tovlanib turadi va ularda ko’zga yaqqol tashlanib turadigan buyraksimon dog’ bor. Keyingi qanotlarining uchi salgina qorayib turadi, ularning o’rta qismida bilinar-bilinmas kul rang dog’ bor.
Yetuk qurtining rangi yashil, uzunligi 3,5 sm, katta yoshlardagi qurtlari bir rangli bo’ladi. Yosh qurtlarining tanasida qoramtir rangli uchta chiziq bor, bu chiziqlarning biri orqadan va ikkitasi nafas teshiklari tagidan o’tadi. Tanasi siyrak tuklar bilan qoplangan.
Hayot kechirishi. Bu zararkunanda no’xat va gorox dukkaklarini kemirib teshadi va ularning ichiga kirib urug’larni yeydi. Bitta qurt bir necha dukkakni zararlay oladi. Shikastlangan dukkak ichidagi qurt boshda kirgan teshikdan yoki dukkakning boshqa joyidan teshib tashqariga chiqadi.
Aftidan, bu qurtlar kapalakgulli yovvoyi o’simliklarda ham oziqlansa kerak.
Qurtlar tuproq orasida g’umbakka aylanadi. Bu tunlam anchagina zarar yetkazishiga qaramay, hozirgacha deyarli o’rganilgan emas.
Kurash choralari. Bir rangli tunlamga qarshi kurashda, ekinlarning qalinligi va past-balandligiga qarab, har gektarga 12 kggacha kalsiy arsenat changlanadi yoki uning suv va sovun aralashtirib tayyorlangan 1 foyizli suspenziyasi purkaladi. Suspenziyaga 0,2 % qattiq yoki 0,4 % suyuq sovun qo’shiladi. Har gektar yerga 1000—1500 lchamasida suspenziya purkaladi. Bu tadbirlar nutning boshqa juda jiddiy zararkunandasi bo’lgan g’o’za tunlamini ham qiradi.