DUKAKLI DON EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULARI
1.4. No’xat qo’ng’izining mavsumiy dinamikasi va zarar yetkazish xususiyatlari. Biz 2012-2013 yillarda Samarqand viloyatining Pastdarg’om tumanidagi S.Mallayev fermer xo’jaligida no’xat qo’ng’izining biologik, ekologik xususiyatlarini hamda no’xat ekinlariga zarar yetkazish darajasini aniqlash bo’yicha tajribalar o’tkazdik.No’xat qo’ng’izining tarqalish chegaralari va arealining kengayishi klimogramma va qulay sharoitlar to’g’ri burchagi usulida aniqlandi.
No’xat o’simliklari, ularning barglari va mevalarini no’xat qo’ng’izi bilan zararlanishi darajasini namunadagi o’simliklarni kuzatish yo’li bilan aniqlandi.Namunalar maydonining ikki diagonali bo’ylab bir biridan 50 metr masofa maydonning kattaligiga qarab jami 20 tadan kam bo’lmagan o’simliklardan olindi.No’xat qo’ng’izining zararlash koeffisenti zararkunandaning o’simlikdagi soni va kelib qo’nish muddatiga bog’liq holda no’xat o’simligini doka bilan ajratib olib, uning ostidagi no’xat qo’ng’izi va uning lichinkalarini sanash yo’li bilan aniqlandi.Bu tajribada ikkita nazorat varianti olindi, bular doka bilan o’ralgan va ochiq qoldirilgan o’simliklar.
Doka bilan o’ralgan nazorat varianti dokaning o’simlik o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini aniqlash maqsadida qo’yildi.Tajriba ikki va uch martalik qaytariqlarda o’tkazildi. O’ralgan o’simliklar hosil yig’ib olgunga qadar saqlandi.No’xat qo’ng’izining qishlash joylari biologik kuzatish yo’li bilan aniqlandi.Kuzatuvlar poliz, g’o’za, makkajuxori, beda, don ekinlari, sabzavot, uzumzorlar, bog’larda hamda dala chetlarida, bog’lardagi daraxtlar tanalarida va yo’llar chetlaridagi daraxtlar tanalarida, devorlar yoriqlarida o’tkazildi.
Har bir kuzatuv joyidan kamida 50 tadan namunalar olindi. Namunalarning hajmi 0,25 m2 bo’lishi kerak. Kuzatuv o’tkazish muddatlari – yanvar, fevral, mart va dekabr.No’xat qo’ng’izlari paydo bo’lishi muddatlarini aniqlash uchun bahor vaqti 1 – martdan boshlab no’xat ekinlari va boshqa ekinlar ekilgan maydonlarda hamda begona o’tlarda kuzatish olib borildi. No’xat qo’ng’izi paydo bo’lgan kunidan boshlab yaqin atrofdagi meteorologik stansiya ma’lumotlariga asosan meteorologik holat ayniqsa havo harorati belgilab borildi. Bundan tashqari, laboratoriya sharoitida qishlovdagi no’xat qo’ng’izlari harakatlanib, oziqlana boshlagan vaqtdagi havo harorati aniqlandi. No’xat qo’ng’izlarining tuxum qo’yish joylari bevosita dalada va idishlarda kuzatildi.No’xat qo’ng’izining tuxum qo’yish jadalligi va mahsuldorligi idishlardagi qo’ng’izlarni tuxumlarini sanab borish va bevosita dalada har kunlik kuzatuvlar natijalariga ko’ra aniqlandi.Erta bahorda no’xat qo’ng’izi uyg’ongandan so’ng qo’ng’izlar juftlasha boshlagan vaqtdan boshlab, ular juft – juft (erkak va urg’ochi) qilib tutildi va idishga kuzatish uchun solib qo’yildi. Qo’ng’izlar idishda no’xat barglari bilan boqildi va har kuni barglar almashtirib turildi.Yarim metrlik shisha idishga suv solib, ustiga dokadan qopqoq qilinadi va sun’iy yomg’ir hosil qilinadi, dala sharoitida esa alohida olingan barglar doka bilan o’rab qo’yiladi.Qo’yilgan tuxumlar har kuni ozuqani almashtirishdan oldin sanaladi, keyin tuxumlar yo’qotiladi.Tuxum qo’yish qo’ng’izlar qishlovga ketgunga qadar yoki ularning tabiiy o’limiga qadar kuzatiladi. Xuddi shunday usul bilan urg’ochi qo’ng’izlar mahsuldorligi va tuxum qo’yish dinamikasi poliz qo’ng’izlarining barcha avlodlarida aniqlandi.Hisoblash ishlari olib borish bilan bir vaqtda idishlardagi havo harorati, hamda daladagi atmosfera yog’inlari va shamol o’lchab borildi.Kimyoviy moddalarning insonga ta’siri ular bilan bevosita (aralashmalar tayyorlaganda, urug’larga, tuproqqa, o’simliklarga ishlov berishda ishlov berilgan uchastkalarda ishlaganda) va bilvosita –o’simlik, oziq-ovqat mahsulotlari orqali kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan dalalardan olingan meva-sabzavotlar,
shuningdek, hayvonot mahsulotlari orqali (go’sht, tvorog, sut, tuxum va boshqa) va o’simlik mahsulotlari yem sifatida ishlatilganda qaysilari tarkibida nitrat va pestisidlarning miqdori me’yoriy ko’rsatkich darajasidan yuqori bo’lganda seziladi.
Himoyalovchi (izolyalovchi) shaxsiy himoyalash vositalari, shlem- niqobga shlang arqali toza doiradan o’zi tortish yo’li (RSK-1) bilan yoki kompressor yordamida (RSK-3) va mustaqil yoxud shlem-niqobga toza havo ko’chma ballonlardan (ASV-2) beriladi.Gazga qarshi nafas olish shaxsiy himoyalanish vositalari bo’g’ gazsimon moddalardan himoyalanishga mo’ljallangan. Ishlatiladigan respiratorlar RHG-67 (10-MRG gacha). Sanoat gazniqoblar MKR (100 MRM gacha) va VK (100 MAN dan yuqori). Respiratorlar almashtirib bo’ladigan filtrlovchi patronlar, gazniqoblar va ma’lum zararli moddalardan himoyalovchi filtrlovchi qutilar bilan ta’minlangan. Ular havo yutgichlar yordamida tozalanadi. Yutgichlar aktivlashtirilgan ko’mir va kimyoviy sorbentdan tarkib topgan bo’lib, qanday zararli gazdan himoyalanishga qarab uning tarkibi aniqlanadi.Universal shaxsiy himoyalanish vositalar havoda bir vaqtning o’zida bo’lgan zararli ayerozollardan va bug’-gazsimon moddalardan himoyalash uchun mo’ljallangan. Ularda qo’yidagi respiratorlar: RI-60 M (10 M gacha va 100 mg/m3 gacha). “Snejok KIM” (15 MRM gacha va 100 mg/ m3), “Lepestok-1” (100 MRM gacha va 400 mg/ m3 gacha), “Lepestok-3” (10-15 MRM gacha va 100 mg/ m3).
Ayerozol filtlari bilan sanoat gazniqoblari (100 MRM gacha va 200 mg/ m3 gacha) keng ko’lamda qo’llanilmoqda.Ayerozolga qarshi nafas organlarini shaxsiy himoyalash vositalari changdan himoyalaydi. Ularga S’hb-1, “Lepestok”, “KAMA”, U-2K, RP-K , G’-62 S h, “AS tra-2, RPA-73, PRSh-741” va boshqa turdagi respiratorlar kiradi. Bu respiratorlar havo tarkibidagi zararli moddalarni 50 dan 1000 tagacha chegaralangan me’yoriy konsentrasiyagacha himoyalashni ta’minlab beradi.