Dukakli don ekinlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash usulari


O’simliklarni biologik usulda himoya qilish tarixidan



Yüklə 80,51 Kb.
səhifə2/15
tarix25.12.2023
ölçüsü80,51 Kb.
#194488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
DUKAKLI DON EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULARI

2.1.O’simliklarni biologik usulda himoya qilish tarixidan.
Zararkunandalar xuruji va turli kasalliklar yer yuzida ulkan ofat hisoblanib, ular qishloq xo’jalik o’simliklari rivojlanish davri va mahsulotlarini saqlash davomida hosilning juda katta qismi zararlanishga sabab bo’ladi. Ba’zi yillarda zararli organizmlar hosilning 60- 80 foyizini nobud qilibgina qolmay o’simliklar, hayvonlar va insonda xavfli yuqumli kasalliklarni ommaviy ravishda keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham eng xavfli zararkunandalarga qarshi turli usullar, ayniqsa kimyoviy kurash keng qo’llaniladi.
Zararkunanda hasharotlar va boshqa bo’gimoyoqlilarga qarshi kurashda kimyoviy usul jahon tajribasida keng qo’llanilsada, ammo bunday insektoakarisidlarning yetarli tanlab ta’sir etish xususiyatiga ega emasligi aniqlandi, ya’ni pestesidlar biologik agentlari birinchi navbatda esa zararkunandalar ommaviy rivojlanishining oldini oladigan tabiiy kushandalari hisoblangan entomofag hasharotlar, hasharotxo’r qushlar va boshqalarni qirib yo’qotadi.
Bundan tashqari ko’pchilik zararkunandalar pestesidlarga barqarorlik hosil qilganligi tufayli agrobiosenozlar fitosanitariya holati va qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa noananaviy guruhlar, yangi moddalar birikmalari hisobiga kimyoviy kurash
vositalari arsenalini to’ldirib borishni va mos ravishda pestesidlar ishlab chiqarish narxini eksponensial o’sib borishini talab qiladi.
Ammo yangi pestesidlar perekrest va guruhli chidamlilik - barqarorlik tufayli amaliyotda qo’llanilishdan oldinroq ham o’z samaradorligini yo’qotishi mumkin. So’nggi malumotlarga qaraganda yer yuzida 428 ta turdagi bo’g’imoyoqlilar turli guruh pestesidlarga chidamlilik hosil qilgan bo’lib shulardan 260 tasi qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalaridir.
Bularning hammasi o’simliklarni himoya qilish mutaxassislarida biologik himoyaga nisbatan qiziqish o’yg’otib bunda belgilovchi omillar tariqasida qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari miqdorini chegaralaydigan yirtqichlar, parazit yoki kasallik qo’zg’atuvchilarni alohida qayd qilish o’rinlidir.
O’simliklarning biologik himoyasi keng ma’noda bu zararkunandalar keltiradigan zararni kamaytirish maqsadida ular populyasiya miqdorini kamaytirishda tirik organizmlar, ularning faoliyati natijasida hosil bo’lgan moddalar yoki sintetik analoglardan foydalanish tushuniladi. Tor ma’noda esa klassik biologik usul zararkunandalarga qarshi kurashda tirik organizmlar: parazitlar, yirtqichlar va patogen mikroorganizmlardan foydalanish demakdir. Biologik himoya usulining mohiyati tabiatda qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari va parazit, yirtqichlari (entomafaglar, akarifaglar) ayniqsa qishloq xo’jalik ekinlarining hasharotlar va kanalar, zararkunandalarning bakterial, zamburug’li, virusli va aralashma kasalliklari o’rtasida vujudga kelgan o’zaro antogonistik munosabatdan aniq maqsadda foydalanishdir.
O’zbekiston Respublikasi o’zining bahor yoz-kuzgi yuqori haroratli tabiiy - iqlim sharoiti bilan amalda yil bo’yi ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari yetishtirilishini ta’minlaydi. Ammo yozgi-kuzgi davrda oziq ovqat ekinlari, dukkakli don, boshoqli don, sabzavot-poliz, bog’, mevali, hamda texnik ekinlar- g’o’za, kanop va boshqalarga zararli bo’g’imoyoqlilar yetkazadigan talofat ancha sezilarli bo’ladi.Dastavval Respublikada zararkunandalarga qarshi kurash kimyoviy usulda amalga oshirilgan. Ammo zaharli ximikatlarni, ayniqsa yuqori toksik moddali preparatlarni keng qo’llash atrof muhitga tuzatib bo’lmaydigan darajada talofat yetkazadi. Suv havzalarini ifloslanishiga, foydali bo’g’imoyoqlilar va boshqa jonivorlar sonini keskin qisqartirishga, qishloqlarda ekologik vaziyatni keskinlashuviga va aholi orasida kasalliklar o’sishiga olib keladi .
Yuzaga kelgan ahvolni hisobga olgan holda ilmiy muassasalar oldiga atrof muhit uchun xavfsiz bo’lgan o’simliklarning o’ygunlashtirilgan himoyasining asosi hisoblangan biologik usul ilmiy asoslarini vujudga keltirish va ishlab chiqarishga keng joriy qilish masalasini tezlashtirish maqsad qilib qo’yildi. 1974 yili Toshkent qishloq xo’jalik institutida (hozirgi Toshkent Davlat agrar universiteti) sobiq ittifoqda birinchi va yagona hisoblangan o’simliklar biologik himoyasi kafedrasini tashkil qilinishi nafaqat O’zbekistonda ba’lki qolgan respublikalarda ham biologik himoya usuli rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Respublikamizda qisqa muddat ichida biologik himoya usuli yechimlarini ishlab chiqishga keng joriy qilish sohasida ma’lum yutuqlarga erishildi.Jumladan, dastlab (1971 yil) bu usul 2,6 ming ga maydonda joriy qilingan bo’lsa, 1985 yili 1416,1 ming ga, 1986 yili – 4503 ming ga, 1987 yil 5227 ming ga 1993 yil 5900 ming ga va 2000 yil 7600 ming ga maydonda qo’llanildi.
Shunga asosan biofabrikalar va biolabaratoriyalar soni ham keskin o’sdi. 1972 yili ular soni 18 ta bo’lgan bo’lsa , 1987 yilda 730 , 1995 yilda 769 , va 2000 yilga kelib esa 790 taga yetdi. Respublikada entomo-akarifaglar turlar tarkibini, ularning bioekologik xususiyatlari, muhofazasi, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurashdagi samaradorligini oshirish kabi ilmiy tadqiqot ishlariga katta e’tibor berildi. Mustaqillik yillarida o’zbek va xorij olimlari va mutaxasislarining o’simliklarni biologik himoyalash sohasidagi ilmiy-tadqiqot aloqalari sezilarli darajada kengaydi.O’simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda biologik vositalardan foydalanishga oid dastlabki ma’lumotlar eramizning boshlariga to’g’ri keladi.Bu vaqtlarda qadimgi Arabistonda bog’bonlar xurmo palmalariga tushadigan zararkunandalarni yo’qotishda yirtqich chumolilardan foydalanishgan.
Qizil chigirtkalarga qarshi kurash olib borishda esa 1762 yili Mavrikiy oroliga Hindistondan mayna qushlari keltirilgan. Turli mamlakatlarda zararkunandalar tushgan o’simliklarga xonqizi qung’izlari tarqatishga bir necha bor o’rinib ko’rilgan. 1840 yili Fransiyada Buajiro terakdagi ipakchi qurtlarga qarshi ilk bor vizildoq qung’izlarini qo’llagan. 1843 yili shu olim bir necha maqola e’lon qilib ularda o’tkazilgan ishlarning muvaffaqiyatlarini ta’riflagan. Bu olimning tadqiqotlari Italiyadagi san’atni va hunarni rag’batlantirish jamiyatiing e’tiborini o’ziga jalb etgan. 1844 yili Antonio Villa Italiya bog’lariga yirtqich qo’ng’izlar chiqarib tarqatish yuzasidan tavsiyanomalar chop etdi. O’sha yili zararli hasharotlarga qarshi kurash olib borish uchun Barbados oroliga Yamaykadan bufa marinus nomli qurbaqalar keltirildi.Hasharotlarda ro’y beradigan parazitizm hodisasini birinchi marta 1602 yili Aldrovandi ochgan edi. U sholg’om oqqanoti qurtidan apanteles (Apantiles glomiratus) parazitining lichinkalari chiqishini kuzatgan edi. Lekin bu hodisani ilmiy jihatdan faqat 1700 yili Vallisneri izohlab bergan. 1800 yili Erazm Darvin bunday yozgandi; «Agar karam oqqanoti qurtining yarmi har yili ularning orqasiga tuxum qo’yadigan mitti yaydoqchi vositasida yo’qotib turilmasa, bu zararkunanda halokatli holda ko’payib ketgan bo’lardi».
Bunday ma’lumotlar Yevropada, so’ngra esa AQSh da ham olimlarning maqolalarida tez-tez namoyon bo’la boshladi.Jumladan nemis tabiatshunosi V.Koller entomofaglar zararkunandalar miqdoriga qanchalik ta’sir ko’rsatishini yozgandi. Uning entomofaglarni ishlatish borasidagi fermerlarga, o’rmonchilarga, bog’bonlarga maslahatlari 1837 yili Avstraliyada chop etilgan.
U shunday yozgandi, «hashoratlarning bunday o’zaro munosabatlarini yaxshi o’rgangandan keyingina biz ularning zararli ta’siridan himoyalana olamiz, buning uchun insonga bevosita va bilvosita zararli turlarni - ularning turli rivojlanish fazalarini, ko’payishi, qancha hayot kechirishi va nihoyat ularning tabiiy entomofaglarini bilib olish zarurdir».Koksinellid yoki xonqizi qo’ng’izlariga qiziqish buyuk Yevropalik biolog Karl Linneyga oid bo’lib, u o’simlik bitlariga qarshi kurashda xonqizi qo’ngizlarini va oltinko’zni tavsiya etgan. Erazm Darvin esa issiqxonalarni o’simlik bitlaridan tozalash maqsadida xonqizi qo’ng’izlaridan foydalananishni
maslahat bergan. Angliyada o’simlik bitlarini yo’qotish maqsadida dala va issiqxonalarda zararkunandaga qarshi xonqizi qo’ng’izlarini tarqatish taklif etilgan. Ammo 1888 yili Kaliforniyada tarnovchasimon inersiya qo’rtiga qarshi Avstraliyadan Rodolia Sardinalus Muls. xonqizi qo’ng’izi keltirilib introduksiya qilingan, ular sitrus o’simliklarda qo’llanilishi tufayli olingan nihoyatda yuqori va ijobiy samara o’simliklar biologik himoyasiga tubdan o’zgartirish kiritildi.
Rossiyada zararli hasharotlarga qarshi biologik kurash usulini qo’llash borasidagi dastlabki ilmiy ishlar atoqli rus olimi I.I.Mechnikovning nomi bilan bevosita bog’liqdir. U 19 –asrning 70- yillari oxiri, 80- yillari boshida g’alla qo’ng’izi - Anisoplia austriakaning zamburug’ va baktireal kasalliklarini qo’zg’atuvchilarni aniqladi va muskardina qo’zgatuvchilarni qo’llash bo’yicha bir qator muvaffaqiyatli tajribalar o’tkazdi. I.M.Krasilshik I.I.Mechnikovning ishlarini davom ‘ttirib jahonda ilk bor ko’plab zamburug’ yetishtirish ishlarini amalga oshirdi.
Ana shu davrda rus tadqiqotchilari I.I.Mechnikov, I.A.Porchinskiy, I.V.Vasilyev, N.V.Kurdyumov, I.Ya.Shevrev, V.P.Pospelov, I.M.Krasilshik, S.A.Mokrjenskiy va boshqalar shu sohada mamlakat faniga katta hissa qo’shdilar. Ularning tadqiqotlari entomofaglar va mikroorganizmlarning zararli hasharotlar zararini kamaytirishdagi ahamiyatini o’rganishga va ularni qo’llashga bag’ishlanadi. O’rta Osiyoda olma qurtiga qarshi biologik kurash maqsadida I.V.Vasilyev (1910) va A.F.Radeskiy (1911) Astraxandan keltirilgan trixogrammani Toshkent va Samarqand bog’larida birinchi marta qo’llashga urinib ko’rdilar.
Bundan ilgariroq esa 1903 yili I.V.Vasilyev O’rta Osiyodan g’alla ekinlarining asosiy zararkunandasi, zararli xasvaning kushandasi -tikinxo’r telenomusni Xarkov gubernasiga olib borgan va uni qo’llash yaxshi natijalar bergan. Olmada qon bitiga qarshi Afelinus Mali yaydoqchisini ilk bor Toshkentda 1932-1935 yillari N.A.Telenga va Yaxontov qo’llaganlar. Taxminan o’sha vaqtda V.A.Pospelov ham trixogrammani sun’iy urchitish va uni qo’llash borasida keng ko’lamda ishlar o’tkazishga kirishgan. Butunittifoq o’simliklarni himoya qilish instituti (VIZR) biometod va mikrometod labaratoriyalari tashkil qilingandan
keyin MDH da o’simliklarni biologik usulda himoyalash sohasidagi rejali va muayyan maqsadga qaratilgan tadqiqotlar boshlanib ketdi.Bu labaratoriyalar karantin obyektlar bo’lmish qon biti, tarnovsimon hamda komstok qurtlariga qarshi biologik kurashda afelinus, rodoliya, kriptolimus, psevdafikus, kabi bir qator samarali entomofaglarni MDH ga keltirish, shuningdek kuzgi tunlam va boshqa kapalak tuxumlariga qarshi trixogrammani qo’llash, mikrobiologik preparatlar yaratish uchun shtammlar ajratish borasida bir talay muhim ishlarni amalga oshirdi. Bu davrda N.F.Meyer, N.A.Telenga, A.F.Alekseyev, V.A.Shepetelnikova, V.P.Pospelov, O.I.Shvesova, A.A.Yevlaxova N.F.Fedorinchik va N.B.Kandibinlar biologik usulni rivojlantirishga munosib hissa qo’shdilar. O’zbekistonda o’simliklarni himoya qilishning biologik usulini qo’llash imkoniyatlarini o’rganishga V.V.Yaxontov, A.N.Lujeskiy va boshqa olimlar salmoqli hissa qo’shdilar.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda biologik kurash keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublikamizda 800 ga yaqin trixogramma, brakon, oltinko’z, trixoporus, enkarziya, singari tunlamlar, g’o’za bitlari, oqqanotlarga qarshi qo’llaniladigan entomofaglar ommaviy ravishda ishlab chiqarilib har yili 7-8 mln. gektar g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari maydonlarida qo’llanilmoqda. Bu sohani rivojlantirishda 70- yillardan boshlab olim va mutaxasislarimizdan A.G.Davletshina, X.P.Mirzaliyeva, Yu.A Adashkevich, S.N.Alimuhammedov, N.Ye.Yeremyans, S.T.Bronshteyn, A.Sh. Xamroyev, Z.K.Odilov va boshqalar O’zbekistonda biologik himoyani rivojlantirishda o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
Mikrobiologik himoya sohasida esa Ye.T.Dikosova va Ye.N.Troiskiylarning xizmatlari beqiyosdir. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, hozirgi davrda respublikamizda g’alla va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar hamda begona o’tlardan himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. 2000 yilning 31 –avgustida O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risidagi 117 - sonli maxsus qonun qabul qilingan. Ushbu qonunning maqsadi, Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilishni ta’minlash, o’simliklarni himoya qilish vositalarining inson sog’ligiga, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirini oldini olish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, asosan qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunandalar va begona o’tlardan himoya qilishda biologik himoya asosi bo’lgan, uyg’unlashtirilgan kurashni keng joriy etilishiga qaratilgan.


Yüklə 80,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin