“YaIM”ning iqtisodiy rivojlanish modeli va uning muvaffakiyatli taraqqiy etish tomonlari qarab chiqilganda, uning tashqi va ichki omillari xususida ham to`xtalib o`tiladi. Ko`rinib turibdiki, omillarning bu ikki gruxlari, “YaIM”larning hukumat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan noziq maqsadli siyosatlar orqali to`ldirib turiladi. “YaIM”larning ichki tuzilishidagi muammolarga, hamda ularning xo`jalik mexanizmlariga asosiy e’tiborni qaratmasdan turib, “YaIM”tashqi iqtisodiy omillarining o`ziga xos tomonlarini ochib bera olmaymiz. Endi biz Lotin Amerikasining “YaIM”ning rivojlanishi xususida to`xtalib o`tamiz.
Jahon tajribasi guvohlik bermoqdaki, jahonning u yoki bu mamlakatlari xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol aktiv kirishayotganda asosiy ishni xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda tashqi savdoning o`sishiga xos hisoblanadigan shart-sharoitlarni yaratishdan boshlaydi. Shunday ekan, bu mamlakatlar o`z iqtisodiy rivojlanishlari doirasida texnologik ishlab chiqarishning barcha bug`inlaridan keng foydalangan holda tarkibiy qayta qurilishlarga, ishlab chiqarishda tayyor xom-ashyolardan texnologik sig`imi yuqori bo`lgan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga o`ta boshlaydi. Jahon iqtisodiyotida tarmoqlarni rivojlantirish va qayta ta’mirlash uchun eksportdan tushgan daromadlardan keng foydalanish, xalqaro mehnat taqsimoti ko`lamida ancha istiqbolli va “foydali” usul hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida AQSh, Germaniya, Yaponiya kabi bir qator sanoati rivojlangan mamlakatlar xuddi mana shu yo`llar orqali taraqqiy etgan edi. AQSh o`z iqtisodiy faoliyatini dastlabki yillarida asosan xom-ashyo, mevalar, paxta, asal, ko`mir va shunga o`xshash bir qator sanoat va qishloq ho`jalik mahsulotlarni eksport qilishdan boshlagan bo`lsa, GFR 50-yillarda ko`mir, qora metallurgiya, ximiyaviy sanoat maxsulotlarni ekport qilishdan, Yaponiya esa to`qimachilik, metalurgiya, ximiyaviy sanoat mahsulotlarni eksport qilishdan boshlagan edi.
60-yillarda Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi bir qator mamlakatlar, ya’ni “YaIM”lar ham xuddi ana shu yo`llar orqali rivojlanish bosqichiga qadam qo`ygan edi.
Ushbu davlatlarning barchasi iqtisodiy o`sishning tashqi omillaridan samarali foydalandilar. Shu o`rinda, sanoati rivojlangan mamlakatlardan xorijiy sarmoyalar- texnika va texnologiyalarni keng miqyosda jalb kilinganligini ta’kidlab o`tish lozimdir. Хullas, jahon iqtisodiyotida shunday savol tug`ildi qaysi sabablarga ko`ra “yangi industrial mamlakatlar”ni rivojlanayotgan dunyodagi boshqa mamlakatlardan ajratib o`rganish mumkin?
Ma’lumki, bir qator sabablarga ko`ra, “yangi industrial mamlakatlar” ning ba’zi birlari sanoati rivojlangan mamlakatning muhim siyosiy va iqtisodiy manfaatlari ta’sir doirasiga tushib qolganligini ko`rishimiz mumkin. AQShning siyosiy manfaatlari asosan Sharqiy Osiyo mamlakatlarining “kommunistik ta’siriga” qarshi turuvchi Tayvan va Janubiy Koreyaning siyosiy manfaatlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan edi. Shuning uchun ham ushbu mamlakatlarga cheksiz iqtisodiy yordam uyushtirilib harbiy jihatdan ko`llab-kuvatlandi.(masalan, Tayvanga 1,5 mlrd.AQSh dollari miqdorida yordam ko`rsatilgan edi). 1950-1960 yillarda AQShning yordami, Tayvanda jalb etilgan jami investitsiyalarning 34%ni tashkil etgan bo`lib, uning 74%ni infrastrukturaga, 59%ni qishlok xo`jaligiga va 13%ni esa sanoatga jalb etilgan edi.Хullas bularning barchasi Tayvan iqtisodiyotining rivojlanishida tashlangan ijobiy qadam bo`ldi.
Jahon iqtisodiyoti va ХIMda “YaIM”larni zamonaviy iqtisodiy tarkibining shakllanishida, to`g`ridan–to`g`ri yo`naltirilgan investitsiyalarning ta’siri katta bo`ldi. 80- yillarning birinchi yarmida “YaIM”larni iqtisodiyotidagi to`g`ridan–to`g`ri yo`naltirilgan investitsiyalarning miqdori, rivojlanayotgan mamlakatlardagi to`g`ridan–to`g`ri yo`naltirilgan sarmoya qo`yilmalarining 42%ga yetgan edi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida AQSh “yangi industrial mamlakatlar” dagi ishbilarmonlik sarmoyalarining eng ko`zga ko`ringan investori bo`lib hisoblanadi. Ulardagi to`g`ridan–to`g`ri yo`naltirilgan investitsiyalarning o`sishi, xorijiy mamlakatlardagi xuddi shunday investitsiyalar umumiy miqdorining 10%ni tashkil etadi. Yaponiya hozirgi kunda “YaIM” dagi to`g`ridan–to`g`ri yo`naltirilgan miqdori bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi.
Yaponiya investitsiyalari, “YaIM” ning industriallashuviga va ularning eksport tavarlarning raqobatbardoshligini oshirishga imkoniyat yaratib, “YaIM”lar sanoatida qayta ishlanadigan mahsulotlarning yirik eksportyorlaridan biriga aylanishida muhim rol o`ynamoqda. Yaponiya investitsiyalarini kirib kelishi birgina 1982-1985 yillarning o`zida Tayvanda 2,1 martaga , Gonkongda esa 61%ga o`sgan edi.
Yaponiya sarmoyalarining ishtirokida, ushbu mamlakatlar yuqori sifatli tayyor maxsulotlarning ekportyorlari bo`lib kolishiga imkon beruvchi yirik ishlab chiqarish bazasi tashkil etildi. 80-yillarning boshidan, Yaponiya investitsiyalari umumiy miqdorining yarmisidan ko`prog`ini tashkil etgan edi. Хullas, Yapon investorlari ishtirokida “YaIM”larda zamonaviy stanoklar, elektronika jihozlari, dengiz kemalari va boshqalarni ishlab chiqarish bo`yicha komplekslar barpo etilgan edi.
Jahon iqtisodiyotida Osiyoning “YaIM”lari uchun shu narsa xarakterli bo`ldiki, ulardagi tadbirkorlik sarmoyalari, birinchi galda qayta ishlash sanoati va xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga yo`naltirildi. O`z navbatida, Lotin Amerikasining “YaIM” laridagi ishbilarmonlik sarmoyalari esa, ko`proq savdo, xizmat ko`rsatish soxalari va qayta ishlash sanoat tarmoqlariga jalb etilgan edi. Хullas, jahon iqtisodiyotida xorijiy sarmoyalarning keng mikyosda tarkalishi shu narsaga olib keldiki, “YaIM”larda xorijiy sarmoyalar ishtirok etmagan birorta ham iqtisodiy tarmoq qolmagan edi. 1998 yilda Lotin Amerikasi va Osiyoning “YaIM”larining bozorlaridagi qo`yilmalarining daromadlilik (%hisobida) quyidagicha xarakterda bo`lgan edi. Argentinada 58%, Braziliyada 83,5% ni, Meksikada 40% ni, Chilida 39% ni, Indoneziyada 79%ni, Janubiy Koreyada 26,1% ni, Tayvanda 104% ni, Tailandda 121,3% ni, Filippinda 165,2% ni tashkil etgan edi.
Ushbu statistik manbalardan ko`rinib turibdiki, Osiyoning “YaIM”laridagi investitsiyalarning daromadlilik darajasi Lotin Amerikasi mamlakatlarinikidan sezilarli darajada yuqoriroq bo`lgan. Konuniy shunday savol tugiladi, xo`sh nima uchun xorijiy mamlakatlarning xususiy sarmoyalarining barchasi Osiyo mintakasidagi ba’zi bir mamlakatlarga nisbatan faolrok kirib boradi?
Ma’lumki, 60-yillarning oxirida jahon xo`jaligini rivojlanishidagi vaziyat shu qadar murakkablashgan ediki, natijada transmilliy korporatsiyalarning rivojlanish manfaatlari va strategiyalari Osiyodagi bir qator davlatlarning imkoniyatlari va intilishlari bilan moslashib borgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar importidagi turli xildagi cheklashlar va ularning uncha katta bo`lmagan to`lov qobiliyatiga duch kelayotgan transmilliy korporatsiyalar, joylarda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish maqsadida, sarmoyalarni chetga chiqarish orqali tovarlar eksportini qisman yangilash tomon qadam qo`ya boshladi. Transmilliy korporatsiyalarning xuddi ana shu yo`nalishlardagi faoliyati, rivojlangan mamlakatlarning to`yingan bozorlarining konyukturasi, raqobatning avj olishi va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun kurashish orqali amalga oshirilmoqda. Transmilliy korporatsiyalar, o`zlari faoliyat ko`rsatayotgan joylarda ishlab chiqarishni ilmiy asosda rivojlantirishga e’tiborni qaratadi. Хarakterli tomoni shundaki, jahon iqtisodiyotida “Osiyo ajdarxosi” deb nom olgan xalqaro iqtisodiy konyukturalarining bunday o`zgarishlarni kabul qilishga va ulardan o`z maqsadlari yo`lida foydalanishga tayyor ekanligi ma’lum bo`ldi.
Jahon iqtisodiyoti bilan bog'liq savollarni faqat cheklash odatiy holdir insonning iqtisodiy faoliyati va jahon iqtisodiyoti odatda pul bilan baholanadi, hatto samarali bo'lmagan holatlarda ham bozor ayrim tovarlarni yoki xizmatlarni baholashga yordam berish yoki mustaqil izlanishlar, haqiqiy ma'lumotlar yoki hukumat bilan hamkorlik etishmasligi raqamlarni aniqlashni qiyinlashtiradigan holatlarda. Odatiy misollar noqonuniy giyohvand moddalar va boshqalar qora bozor tovarlari, bu har qanday standart bo'yicha jahon iqtisodiyotining bir qismi, ammo ta'rifi bo'yicha har qanday turdagi qonuniy bozor mavjud emas.
Biroq, aniq va samarali bozor mavjud bo'lgan holatlarda ham pul qiymat, iqtisodchilar odatda amaldagi yoki rasmiylardan foydalanmaydi valyuta kursi ushbu bozorning pul birliklarini jahon iqtisodiyoti uchun yagona birlikka aylantirish, chunki valyuta kurslari odatda bir-biriga ta'sir qilmaydi butun dunyo bo'ylab qiymat, masalan, bitimlar hajmi yoki narxi hukumat tomonidan qat'iy tartibga solinadigan holatlarda.
Aksincha, mahalliy valyutadagi bozor baholari odatda g'oyasi yordamida yagona pul birligiga o'tkaziladi sotib olish qobiliyati. Bu quyida keltirilgan usul bo'lib, u dunyo miqyosidagi iqtisodiy faoliyatni baholash uchun ishlatiladi haqiqiy AQSh dollari yoki evro. Shu bilan birga, jahon iqtisodiyotini ko'p jihatdan baholash va ifoda etish mumkin. Masalan, dunyoda qancha odam borligi aniq emas 7,8 milliard kishi (2020 yil mart holatiga ko'ra) ularning iqtisodiy faoliyatining aksariyati ushbu baholarda aks ettirilgan.
Maddisonning fikriga ko'ra, 19-asrning o'rtalariga qadar global ishlab chiqarish Xitoy va Hindiston tomonidan boshqarilgan. To'lqinlari Sanoat inqilobi G'arbiy Evropa va Shimoliy Amerikada aktsiyalarni G'arbiy yarim sharga ko'chirdi. 2020 yilga kelib, quyidagi 15 mamlakat yoki jamoalar kamida 2 AQSh dollari miqdorida iqtisodga erishdilar trillion tomonidan YaIM nominal yoki PPP bo'yicha: Hindiston, Braziliya, Frantsiya, Germaniya, Xitoy, Indoneziya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Meksika, Rossiya, kurka, Birlashgan Qirollik, Qo'shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi.
Xalqaro savdo bu mamlakatlar o'rtasidagi tovarlar va xizmatlar almashinuvidir.
Savdo global miqyosda iste'molchilar va mamlakatlarga o'z mamlakatlarida mavjud bo'lmagan yoki mamlakat ichida qimmatroq bo'lgan tovarlar va xizmatlarga duch kelish imkoniyatini beradi.
Xalqaro savdoning ahamiyatini Adam Smit va Devid Rikardo singari siyosiy iqtisodchilar tan olishgan.
Shunday bo'lsa-da, ba'zilar xalqaro savdo aslida kichik davlatlar uchun yomon bo'lishi mumkinligini ta'kidlab, ularni jahon sahnasida katta noqulaylikka olib keladi.