Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi mundarija kirish I bob. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi


AKT sohasida 2019 yilda muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirildi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə9/18
tarix28.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#90736
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
14 Full tayyor Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi

AKT sohasida 2019 yilda muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirildi. Xitoy kompaniyasi bilan umumiy qiymati 11,8 million dollar miqdorida shartnoma imzolanib, Toshkent tibbiyot xodimlariga zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 150 dona tez tibbiy yordam avtomobillari (reanimobil) yetkazib berildi va avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi joriy etildi.
2.1.3-diagramma

Hozirgi vaqtda ko'p tomonlama tartibga solishning asosiy ob'ektlari ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish, xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini muvofiqlashtirish, xizmatlar savdosi masalalari, milliy davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tomonidan ichki idoralararo munosabatlarni targ'ib qilish, biznesni cheklash. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar tomonidan sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni ta'minlash uchun moddiy-texnik xizmatlarni ko'rsatish, ilmiy-texnikaviy bilimlar va muhandislik xizmatlari savdosi sohasidagi ko'rsatmalar, qoidalar va normalarni ishlab chiqish va qabul qilishda, shuningdek xalqaro savdo shartnomalarini ishlab chiqish va imzolashda o'z ifodasini topmoqda, ayrim turdagi tovarlar va tayyor mahsulotlar savdosi bo'yicha xalqaro tovar bitimlarini ishlab chiqish va imzolash, shuningdek, tovarlarning muayyan turlari bo'yicha ishlab chiqarish va eksportni rivojlantirish.
“YaIM”lar ushbu ko`rsatkichlar bo`yicha nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlardan ajralib turadi, balki ayrim hollarda bir qator sanoati rivojlangan mamlakatlardan ham ushbu ko`rsatkichlar bo`yicha ustunlikka egadir. Masalan, Tayvan, 1952-1995 yillarda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini 170 marotaba o`stirgan edi. (aholining o`sishiga nisbatan 2,5 marotaba ortiqroqdir). Tashqi savdo hajmini esa 544 marotabaga oshirdi. Mamlakatning inflyatsiya darajasi o`rtacha 3,6%ni, iqtisodiy o`sishning o`rtacha yillik sur’ati 8,7%ni tashkil etgan edi. Tayvan iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari bo`yicha dunyoning ilg`or mamlakatlari qatoriga kiritilgan bo`lib, aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yillik daromad taxminan 12 ming dollarni tashkil qilgan edi.
Shunday qilib, 1960-1990 yillarda Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’ati hisoblab ko`rilganda uning miqdori yiliga 5%ni tashkil etganligini ko`rishimiz mumkin (bu ko`rsatkich Yevropa mamlakatlarida 2%ga teng bo`lgan). Ana shu yillarda Tayvanda yillik o`sish sur’ati juda yuqori bo`lib 8,7%ni tashkil etgan. 90- yillarda J.anubiy Koreya va Singapurda yillik o`sish sur’atlari 8%ni, Malayziyada esa 9%ni tashkil etgan.
Jahon iqtisodiyotida “Yangi industrial mamlakatlar”ning iqtisodiy rivojlanish sur’atining yuqoriligi aholining yashash turmush tarzini, yaxshilab borayotganligi bilan uygunlashib bormoqda. 2017-2020 yillarda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yillik daromad rivojlanayotgan “YaIM”da 4 marotaba o`sgan edi. Хullas, xalqaro ekspertlarning bashorat qilishicha, 2017 yilga borib Sharqiy Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari G`arbiy Yevropaning yalpi milliy maxsulotining hajmi bo`yicha quvib o`tishi, 2020 yillarga borib esa Shimoliy Amerikadan ham o`zib ketishi bashorat qilinmoqda.
Osiyo – Tinch okeani mintaqasining “YaID”laridan biri Singapur haqida shuni alohida ta’kidlab o`tish joizki, u 2017 yilda mintaqa davlatlari ichida birinchi bo`lib “industrial rivojlangan mamlakat” statusini qo`lga kiritdi. Bunday unvon unga Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) tomonidan rasman e’lon qilindi. Barqaror iqtisodiy o`sishning 5-10 yilligi davomida o`ziga nisbatan past rivojlangan 10 mamlakat doirasidan ajralib chiqib, dunyoning boy davlatlari qatoridan joy oldi. (aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi milliy maxsulot hisobiga). Siyosiy barqarorlik sharoitida mamlakatning sanoatida yillik o`sish sur’ati o`rtacha 8,4%ni tashkil etdi. Mamlakat axolisining yashash turmush tarzi esa o`rtacha yetti marotabaga ortdi. Singapurdagi har bir aholining o`rtacha statistik daromadi 2018 yilda 22,3 dollarni tashkil etdi (5-jadval).
O`z navbatida Gonkong ham uzoq yillar davomida Buyuk Britaniyaning sobiq koloniyasi bo`lib, keyinchalik u ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha o`zining metropoliyali darajasidan yuqori pog`onaga ko`tarilgan edi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin