Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi mundarija kirish I bob. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi


Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o`rni



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/18
tarix28.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#90736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
14 Full tayyor Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi

1.2. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o`rni
Хalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish, jahon xo`jaligi alokalarining rivojlanishi, moliyaviy resurslarning mamlakatlararo okib yurishi, iqtisodiy tarakkiyotning asosiy shart-sharoitlariga aylanib koldi. Mustakil davlat sifatida jahon hamjamiyatida ishtirok etish orqali, rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasi 60-70 yillardan e’tiboran xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishga intilib kelmoqda.
Ularning xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish zaruriyati tayyor maxsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha narsalarni yetishtirish imkoniyatiga ega emasligi bilan asoslanadi. Хozirgi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar deyarli sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun xom – ashyo yetishtirib beruvchi hamda nisbatan arzon ishchi kuchi manbai bo`lib qolmoqda.
Хalqaro mehnat taqsimotida xo`jalik faoliyatining barcha shakllari jamlangan. Eng muhimi, xalqaro savdoning asosini tashkil etuvchi xom – ashyo va tayyor maxsulotlarni ishlab chiqarish barcha rivojlanayotgan mamlakatlar bilan dunyoning boshqa rivojlangan davlatlari o`rtasidagi tovar almashinuvini ta’minlaydi. Хalqaro savdo eng kambag`al rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham tashqi daromadning eng muhim manbai bo`lib hisoblanadi. Ammo, material va energiya sig`imining keyingi yillarida kamayishi munosabati bilan rivojlangan mamlakatning o`sishida tabiiy xom - ashyolarning xalqaro savdodagi tutgan o`rni pasayib borish tendentsiyalari namoyon bo`lmoqda. Shunga muvofiq u 2017 yilda jahon eksporti umumiy ulushining 25% ni tashkil etgan edi. Jahon iqtisodiyotida 70-90 yillarda Afrikaning rivojlanayotgan mamalakatlarini umumiy eksport hajmidagi ulushi qisqarib borganligi qayd etiladi. Osiyo mamlakatlaridan jo`natilayotgan sanoat va qishloq xo`jalik mollarining doimiy o`sib borganligiga qaramasdan u 2 barobarga pasayib ketgan edi. Eksportini asosini tashkil etuvchi xom- ashyolardan iborat bo`lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda, ularning jahon bozorida egallab turgan pozitsiyalarining yomonlashuvini tuxtatish imkoniyatiga ega bo`lgan kushimcha eksport resurslarini izlab topishga bo`lgan kuchli extiyoj sezilmoqda. Buning uchun, eksportning xilma-xilligini ta’minlashga, ya’ni chiqariladigan xom-ashyolarni qayta ishlash, boshqa turdagi sanoat maxsulotlarni jahon bozoridagi erkin xarakatini ta’minlash, eng muhim ustuvor yo`nalishlardan biri bo`lib qolmoqda.
An’anaviy tovarlar eksporti hajmini kengaytirish borasidagi ko`pchilik muammolarga qaramasdan, rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon eksportidagi umumiy ulushi asta-sekinlik bilan o`sib bormoqda. Shuningdek, u 2017 yildagi 22% o`rniga 2018 yilga kelib 24,7% ga yetgan edi. 2019 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarning eksportini fizik hajmi, sanoati rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,2 % ga qisqarganiga qaramasdan, yana 10% ga ortgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda jami eksportni tarkiblashtirish jarayonlari ham sodir bo`lmoqda. Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar eksportidgi sanoat mollarining ulushi (rangli materiallarni hisobga olganda) 2020 yilda 57,7% ga yetgan edi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin