Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi mundarija kirish I bob. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi


«Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishinning asosiy tendenstiyalari»



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/18
tarix28.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#90736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
14 Full tayyor Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi

«Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishinning asosiy tendenstiyalari» nomli ikkinchi bobda jahon iqtisodiyotining internastionallashuvi, xalqaro korparastiyalar, kapital va ishchi kuchining migrastiyasi va xalqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlari jahon iqtisodini rivojlanishidagi o’rni aniqlangan. Shu bilan birga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida halqaro savdoning o’zgarish tendenstiyasi ko’rib chiqilgan va atroflicha taxlil qilingan.
«Globallashuv jarayonida O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo’nalishi» nomli ikkinchi bobda bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bo’lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish yo’llari ko’rib chiqilgan. Shu bilan birga globallashuv jarayonida O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi, integrastion uyushmalarda ishtiroki, xalqaro tashkilotlarning O’zbekiston bilan hamkorligi rivojlanishi o’rganilgan.


I BOB. DUNYO MAMLAKATLARINING IQTISODIY RIVOJLANISH JIHATIDAN GURUHLANISHI
1.1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini rivojlanishining ahamiyatli tomonlari
Ma'lumki O'zbekiston Respublikasi qaytadan tiklanuvchi manbalardan energiya ishlan chiqarish yuqori texnika salohiyatiga ega bo'lib uning 97 foizi quyosh energiyasining ulushiga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasining prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan mavjud salohiyatlardan samarali foydalanish maqsadida 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizdan ko'prog'iga yetkazish vazifasi belgilandi. Buning uchun 10 yil mobaynida jami 5000 MVt quvvatdagi elektr stansiyalarini qurish ko'zda tutilgan. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilab sug'orish texnalogiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20-40 foizga oshirish; Yerlarning tanazzulga uchrashi bo'yicha neytral balanisga erishish; Asosiy turdagi qishloq xo'jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o'rtacha hosildorligini 20-25 foizgacha oshirishga erishishdir. Shuni ham takidlash lozimki, keyingi yillarda mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Bu oilalarning barqaror daromad manbaini shakillantirish, turmush darajasini yanada yaxshilanib borishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasining "Oilalaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonuni bu yo'nalishdagi huquqiy asosi bo'lib xizmat qilayotir. "Xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi", degan tamoyilini ro'yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar izchil olib borilmoqda. Misol uchun 2018 - yilda olilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun, 2018 yilda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadlari uchun 91.3 milliard so'm kredit mablag'i ajratilgan bo'lsa, 2016-yilda ushbu raqam 367.2 milliard so'mni tashkil etdi . Bugungi kunda yurtimizda 8 mingdan ortiq oilaviy korxonalar mavjud. Tijorat banklari aholiga bank xizmatlari ko'rsatish bilan birga, ularni tadbirkorlikka jalb qilish ,daromadini oshirish, ish bilan ta'minlashda ham samarali ishlar olib borilmoqda .Jumladan loyihalarda yaratilgan ish o'rinlariga qarab beriladigan kreditning yillik stavka foizi pasayib bordi. Bitta ish o'rni yaratgan tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz beshta va undan ko'p ish o'rni yaratga tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilandi. Bu loyihalardan maqsad xalqimiz farovonligini oshirish va turmush sharoitini yanada yaxshilashdir. Qay tomonga qaramaylik, kichik biznes va xususiy tadbirkorliknig roli va o'rni tobora mustahkamlanib borayotganiga guvoh bo'lamiz. 2016 - yilda mamlakat 916 yalpi ichki mahsulotining 56.9 foizi ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 4.5 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda jami ish bilan band bo'lgan aholining 78.1 foizi shu sohada faoliyat yuritmoqda. 2016-yilda 31.8 mingta kichik biznes sub'yektlari tashkil etildi. Bu 2015- yilning shu davridagidan 18.1 foiz ko'p demakdir Jahon bankining 2017-yil 31-oktabrda e'lon qilingan "Biznesni yuritish 2018: ish o'rinlari yaratish uchun islohatlar" ma'ruzasiga ko'ra, O'zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74-o'rinni turadi egallab, o'tgan yildagi mavqeyini biur yo'la 13 pog'ona yaxshiladi. Qolaversa mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo'yicha islohotchi davlatlarning birinchi o'ntaligiga kirishga muvaffaq bo'ldi. Amalga oshirilayotgan islohotlar O'zbekistonning ishbilarmonligini yaxshilash va biznes yuritish sharoitlarini soddalashtirish bo'yicha yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida yetakchiga aylanishga imkon berdi. Tadbirkorlik subyektining davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish tizimining tubdan takomillashtirilgani tufayli O'zbekiston korxonani ro'yxatdan o'tkazish ko'rsatkichi bo'yicha 11-o'rinni band etdi. 2017-yilning 9 oyi davomida o'tgan yilning shu davrdagiga nisbatan 1.3 marta ko'p biznes sub'ektlari tashkil etganining o'ziyoq mamlakatimizda biznes ochishning naqadar oson ekanligidan dalolat beradi.Mamlakatimiz xalqi shundan xursandki, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov yurtimiz ravnaqi yo'lida boshlagan samarali ishlari, yuksak azmu shijoat bilan davom ettirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ezgu sa'y harakatlari, Kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan mehnat qilib barchaga ibrat bo'layotgani O'zbekistonni istiqbolda nihoyatda farovon kunlar kutayotganidan darak beradi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari.
Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o'rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o'zgarishlarini chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash; Xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash, uning tarkibida sanoat va xizmat ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko'paytirish; Ishlab chiqarish modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib boorish; Ushbu yuqorida aytilganlar orqali iqrisodiyotni bosqichma bosqich yuqori pog'onaga olib chiqish choralari amalga oshirilmoqda.
ХХ asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini rivojlanishining ahamiyatli tomonlaridan biri, sobiq mustamlaka va qaram territoriyalarning roli va ahamiyatini iqtisodiy jihatdan kuchayib borayotganligidir. Ushbu mamlakatlar hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar yoki ozod etilgan mamlakatlar, “uchinchi dunyo mamlakatlari”, “janub” mamlakatlari yoki “periferiya” mamlakatlari sifatida tilga olinadi.
Bu mamlakatlar iqtisodiyoti turli-tumandir, ularning xududida 3,2 mlrd atrofida axoli yashaydi. Ushbu mamlakatlarda hozirgi kunda juda murakab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar kechmoqda.
Jahon xo`jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ozodlikka erishgan mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishi ХХ asrning 60-yillaridan boshlab tobora usib boruvchi xarakter kasb etmoqda. Ularning eng ilgorlari 2017 yilga kelib, rivojlanayotgan mamlakatlarning “o`rtachalaridan” (54 mamlakat) 2,4 marta, yuksaklikka erishdi. 50 – yillarning urtalaridan boshlab, yuqorida zikr etilgan malakatlar urtasidagi rivojlanish darajisidagi farq sezilarli darajada ortib bordi. 90 – yillarga kelib rivojlanayottgan mamlakatlarning birinchi guruhiga kiruvchi (19 ta mamlakat) malakatlardagi aholi jon boshiga “to`g`ri keluvchi o`rtacha foyda” o`rtachalariga nisbatan 2,9 barobar, quyi guruhlarinikiga nisbatan esa 12,2 barobar yuqori bo`ldi. Rivojlanayotgan mamlaktlarning aynan shu guruhlarining tarkibida ham, rivojlanish darajalari o`rtasidagi bog`liqda ham o`zgarishlar vujudga keldi. Jahon iqtisodiyotida ushbu jarayonlar natijasida tabaqalashuv ham ikkita asosiy mintaqada ro`y bergan edi. Mintaqaning bir tomonida ozodlikka erishgan mamlakatlarning ko`proq rivojlanganlari, jumladan, fors ko`rfazidagi bir qator mamlaktlar – Qatar, Quvayt, BAA, shuningdek Osiyo – Tinch okeani mintaqasi va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar joylashgan bo`lsa, mintaqaning ikkinchi tomonida esa mutlaqo turg`unlik holatidagi iqtisodiy kambag`al mamlakatlar joylashgandir. Bu kategoriyaga 48 ta mamlakat taalluklidir. Bularga bir qator Afrika mamlakatlarini, jumladan Mozambik (YaIM yiliga kishi boshiga 80 dollar), Efiopiya (100 dollar), Sera Leone (140 dollar), Burundi (180 dollar), Uganda (190 dollar), Chad va Ruanda (200 dollar) kabi davlatlarni kiritish mumkin. Bu guruhga taallukli mamlakatlardan tashkari, guruh ruyxatining yanada quyi qismida joylashagan bir qator Osiyo mamlakatlarini – Nepal (160 dollar), Butan va Vetnam (170 dollar), Mayanma va boshqa davlatlarni ham ko`rsatish mumkin.
Ushbu mintaqalar orasida rivojlanayotgan mamlakatlarning qolgan qismlari joylashgandir. Bu ham o`z navbatida, bir xil tipda bo`lmagan guruhdir. Uning tarkibiga kiruvchi mamlakatlar ko`plab ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha farqlanadi. Bu mamlakatlardan eng rivojlanganlari hozirgi kunda iqtisodiy jihatdan “yangi industrial davlatlar” iqtisodiyotiga yaqinlashib bormoqda. Jumladan, Lotin Amerikasi va Shimoliy Amerika o`rtasidagi farq sezilarli ravishda qisqarmoqda. Shimoliy Amerikaning yalpi milliy maxsuloti Lotin Amerikasining yalpi milliy maxsulotidan 4 marta ko`proqni tashkil etadi (50 yil oldin bu nisbat 10:1 ni tashkil etgan).
Ushbu iqtisodiy rivojlanishdagi farqlarga qaramasdan rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasiga xos bo`lgan umumiy xususiyatlarni ham alohida ajratib ko`rsatish mumkin bo`lib, bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining ko`p ukladli xarakterga egaligi.

  • Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi past darajada ekanligi, sanoat, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy infrostrukturaning qoloq ekanligi (birinchi guruh, “yuqori kutb” mamlakatlarini hisobga olmaganda).

  • Ularning iqtisodiy rivojlanishi jahon xo`jaligi tizimiga qaram xolatda ekanligi, kapitalizmni periferik xarakter kasb etishi va boshqalar.

Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti ko`p ukladli ijtimoiy-iqtisodiy tarkibga asoslanadi. Bir qator mamlakatlarda kapitalistik uklad bilan bir qatorda hamon urug-aymogchilik va patriarxal munosabatlar ham mavjuddir. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat va davlat xo`jalik ukladi muhim rol o`ynaydi. Davlat sektorini rivojlantirish bosqichi kapitalistik ishbilarmonlikni kengaytirish siyosati bilan hamoxang olib boriladi. Buning natijasida esa davlat kapitalizmi paydo buladi va rivojlanadi.
Milliy xususiy kapitalistik xo`jalik ukladning rivojlanishi va shakllanishi jamgarish muammolari (ya’ni, pul resurslarining yetishmovchiligi) va jamgarilgan mablaglarning sarflanishi xususiyatlariga bog`liqdir. Bu mablaglar asosan savdoga (ichki va tashki), kuchmas mulklarni sotib olishga, mashinalarni ta’mirlashga, sugurtaga, benzin qo`yish shaxobchalariga, taksiga, ya’ni sarmoyalarni aylanishi tez bo`lgan soxalarga yunaltiriladi.
Jahon iqtisodiyotida ozodlikka erishgan rivojlanayotgan mamlakatlarning ko`pchiligida paydo bo`lgan va rivojlanib borayotgan kapitalizm periferik xarakterga ega. Bu shuni anglatadiki, u sanoati rivojlangan mamlakatlar kapitalizmidan nafakat rivojlanish darajasi bo`yicha, balki eng muhimi, ishlab chiqarish usullarning modeli va moddiy ne’matlar taqsimoti bo`yicha ham tubdan farq kiladi. Kapitalizm markazlari, jamg`arishning organik va uzaro alokador doimiy o`sish jarayonida bo`lgan milliy zaminda paydo bo`ladi va rivojlanadi. Moslashuvchanlik (imitatsiya) axolining boy qatlamlarining uzlari uchun zaruriy bo`lgan barcha narsalarni qo`lga kirita oladigan maxsus bozorlarning tashkil topishidan boshlandi. Bunday vaziyatda axolining asosiy qismi kambagallikka maxkum etilib, ularni bozorlarda erkin muomalada bo`lish imkoniyatidan maxrum etadi.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan joriy kilingan yangi texnik-texnologiyalar odatda hozirgi kunga mos keladi, ammo ularning bozor narxlari juda yuqori bo`lib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Jahon iqtisodiyotida ko`pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning uxshashlik tomonlari, ya’ni ularning qashshoqligi, axolisining qoloqligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, sanoati rivojlangan mamlakatlardan katta miqdorda karzdorligi bo`lib hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko`pchiligi o`zining tulakonli ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi va axolisining yashash turmush tarzi darajasi bo`yicha G`arbiy Yevropani sanoatlashgan ilgor mamlakatlaridan qariiyb 20-50 marotaba orqada qolmoqda.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin