Hududiy geoekologik muammolar Yer kurasida tabiat bilan inson o’rtasidagi nomuvofiq munosabatlar tobora kuchayib borayotgan bir fursatda, ayrim o’lkalarda ham o’zaro ziddiyatli jiddiy hollar sodir bo’lmoqda. Buning natijasida ekologik vaziyat ayrim joylarda xavfli tus olib, ba’zan ekologik tanglik yoki ekologik falokat ro’y bermoqda. Sayyoramizda 80 va 90 yillarda ekologik xavf avvalgi davrlarga nisbatan tez-tez qaytarilib, sodir bo’layotgan noxush hodisalar tobora kattaroq hududlarni egallab olmoqda. Hududiy ekologik muammolar tabiiy chegaralarga ega bo’lgan nisbatan katta hududlarda tarkib topadi, ba’zan ular bir necha davlatlar hududlarida, ba’zan esa yirik bir mamlakat hududida vujudga kelishi mumkin.
Hududiy muammolar ko’pincha bir yoki bir necha turlardan tashkil topgan geoekologik xodisalar majmuasidan ibooat bo’ladi. Bir turdagi hodisalardan iborat bo’lgan geoekologik muammoni oddiy toifadagi, bir necha geoekologik hadisalardan iborat bo’lsa, murakkab toifadagi hududiy muammolar deb ajratish mumkin.
Oddiy toifadagi geozkologik muammolar ham makonda va vaqt mobaynida murakkablashuvi va ma’lum muddatdan so’ng murakkab toifaga o’tishi ham mumkin. Binobarin, turli toifadagi geoekologik muammolarning o’zgaruvchanligi tabiiy hodisa va jarayonlarning tadrijiy harakati hamda rivojlanishi bilan bog’liq.
Dunyoda keng tarqalgan hududiy geoekologik muammolarga «ishqorli» yomg’irlarni, O’rta dengiz, Qora, Qizil, Azov, Boltiq bo’yi, Shimoliy dengizlar, Qarib dengizi havzasi, Fors qo’l «Mir vosmidesyatnx godov» (M., 1989) kitobidan olindi.
tig’i muammolari va boshqalarni kiritish mumkin. Quruqlikdagi suv havzalari muammolariga Kaspiy va Orol dengizi, Balxash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar, Issiqko’l, Chuv va Sarisuv havzasidagi ko’llar muammolari misol bo’ladi. Daryolar muammolariga Dunay, Volga, Missisipi, Reyn va b. daryolar muammolarini kiritsa bo’ladi. Yer kurasida hududiy muammolar juda ham ko’p, qaysi joyda tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabatlarda nomutanasiblik kuchaysa, o’sha hududda geoekologik muammo tarkib topa boshlaydi va rivojlanadi.
Azot va oltingugurt oksidlari qazib olinadigan arganik yoqilg’i va o’tindan foydalanish natijasida vujudga keladi. Ular havoda suv bug’lari bilan reaksiyaga kirishib ishqorga aylanadi. Ishqorlar yog’in sochin bilan birga yer yuziga tushib daraxtlar, madaniy o’simliklarni vegetasiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ularning barglari tushib ketadi yoki teshiladi, suvdagi organizmlar qiriladi. Ishqorli yog’inlar vujudga kelgan joyidan uzoq masofalarga tarqalib, tirik mavjudotni zaharlaydi. Fransiya, Germaniya va Angliya hududlaridan ko’tarilgan azot va oltingugurt oksidlarining Norvegiya, Shvesiya va Finlyandiya ustida troshsferada suv bug’lari bilan aralashib, shu joylarda ishqorli yog’in sifatida tushadi. Xuddi shunday hodisa Rossiyaning Yevropa qismida ham sadir bo’ladi. AQShning shimolisharqiy hududlaridan ko’tarilgan ishqor hosil qiluvchi gazlar Kanada hududiga o’tib, ishqorli yog’in bo’lib tushadi. Chunonchi, Kanadadagi 14 ming ko’lda hayot yo’q, Shvesiyadagi 85 ming ko’l va 100 ming km masofadagi daryo va daryo irmoqlaridagi suv ifloslangan. AQShning Nyuyork shtatida sayyohlarning suv havzalarida baliq tutishi butunlay to’xtagani munosabati bilan mazkur shtat har yili 1 mlrd. «sayyohlar» dollaridan mahrum bo’lmoqda, chunki daryo va ko’llardagi mazali forel balig’i qirilib bitgan. — BMTning ma’lumotiga ko’ra, Yer kurasida barcha o’rmonlarning 35% i ishqorli yog’insochin bilan zararlangan. Polshadagi o’rmonlarning 75% i ishqor kislotasi ta’sirida kasallangan, chunki bu mamlakat hududidan har yili 3,9 mln. t oltingugurt aksidi havoga chiqarilmoqda. G’arbiy Yevropa davlatlarida ishqorli yog’inlarning xavfidan qutulish yo’li qidiril.«, moqda. 1994 yilga kelib atmosferaga chiqarib yuborilayotgan azot ikki oksidi miqdorini kamaytirishga jazm qilindi. Buning uchun dizel yoqilg’i va issiqlik elektrostansiyalarida foydalanilayotgan yoqilg’i turlaridan havoga ko’tarilayotgan oltingugurt ikki oksidining miqdarini 1/3 qismini kamaytirishga harakat qilinmoqda.
1986 yildayoq Niderlandiya, Germaniya, Shveysariya, Buyuk britaniya davlatlari o’rmonlarining 50% dan ko’chi shu zahar ta’sirida zarar ko’rgan. Butun (Rosoiyani qo’shmaganda) Yevropaning o’rmonlari shu muddatda 22% (30,7 mln. ga) maydonda o’zgarishga uchragan. Binobarin, azot ikki oksidi va boshka ishqor hosil qiluvchi moddalarni chiqaruvchi yoqilg’i turlaridan foydalanishni borgan sari kamaytirib borish to’g’risida astoydil harakat qilinmog’i lozim bo’ladi.
Dunyo okeani insonga nafaqat baliq, kit, plankton (suv o’simligi) va boshqa ko’plab mahsulotlarni yetkazib beradi balki uning tubidan neft, gaz va bashqa xom ashyolar ham qazib olinadi. Suv tubidan qazilmalar olish bilan bog’liq ravishda keyingi vaqtlarda Shimoliy, O’rta, Qizil, Qarib dengizlari, Meksika, Fors qo’ltiqlarida turli geoekologik muammolar tarkib topmoqda. Bu dengiz va qo’ltiqlar quruqlik ichkarisiga uzoq kirgan :bo’lib, suv bir tomondan, neft qazib olish va uni tashish jarayonlarida ifloslana, ikkinchi tomondan, materik ichkarisidan oqib keluvchi ko’plab daryolar qirg’oqlarida joylashgan yirik sanoat hamda port shaharlarning oqova suvlari hisobiga borgan sari ifloslanib bormoqda. Ifloslanish shu darajaga yetib bormoqdaki suv hayvonlarining hayoti falokat yoqasiga yetib keldi.
Dunyo okeanidagi hududiy geoekologik muammolar to’g’risida so’z yuritganda uning kislorod ishlab chiqarishidagi ahamiyati to’g’risida gapirmasdan iloji yo’q. Dunyo okeanidagi dengiz.planktoni va suv o’tlari har yili barcha is gazining 2/3 qismini yutib, 3/4 qism kislorodni ishlab chiqaradi, qolgan qismlari quruqlikdagi o’rmonlarga to’g’ri keladi.
Lekin keyingi vaqtlarda dunyo okeani ulkan «kir o’raga» aylanib bormoqda. YuNESKOning ma’lumotlariga qaraganda unga har yili 320 mln. t temir, 6,5 mln. t fosfor, 2,3 mln. t qo’rg’oshin va boshqa metallar tashlanadi. Inson hozirgacha dunyo okeaniga jami bo’lib 20 mlrd. t turli chiqindilar — konserva bankasidan tortib to radioaktiv moddalargacha tashladi yoki boshqacha aytganda, har bir kv km maydonga 17 t turli xil chiqindilar tashlangan. Endilikda har yili dunyo okeaniga 1,2 mlrd. t miqdorda turli chiqindilar tashlanyapt. Dunyo okeanining neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi borgan sari keng miqyosda sodir bo’lmoqda. Bu neft va neft mahsulotlarining 70—80% i suz transporti yordamida uzoq masofaga tashilishi bilan bog’liqdir. Umuman olganda, okeanlarning 20% maydoni neft mahsulatlari bilan ifloslangan. Bu hol shuncha maydonda kislorod ishlab chiqarishning kamayib ketishi va turli tirik organizmlar rivojlanishining nochor holga tushib qolishiga olib keldi.
Neftning zararli oqibatlarini quyidagi ma’lumotlardan bilib olish mumkin: 1 l neft 40 ming l dengiz suvining kislorod bilan ta’minlanishini ishdan chiqaradi, 1 t neft 12 km2 suvda parda hosil qiladi, 1 ga maydonda neft pardasi mavjud bo’lsa, 100 mln. baliq ikrasi halok bo’ladi. Angliyalik qushshunoslarning ma’lumotiga ko’ra har yili Shimoliy Atlantikada va Shimoliy dengizda 150—450 ming suvda suzib yuruvchi qushlar halok bo’ladi.
Hozirgi vaqtda dunyo okeaniga har yili 5 mln. t turli pestisidlar kelib tushmoqda. Xlororganik birikmalar Arktikaning oq ayig’i, Grenlandiya yaqinidagi kitlarning yog’larida, Antraktidaning tyuleni, pingvini va baliqlarining ichki organizmlarida topilgan. Antraktidaning qor qoplamida ham DDT mavjud. Dengiz qirg’oqlariga o’lgan va kasal holda chiqarib tashlangan ko’plab kitlar va tyulenlarni tekshirib ko’rilganda ularning organizmida, ayniqsa, o’lkasida zaharli kimyovyy ashyolarning mavjudligi aniqlangan.
Suvning ifloslanib borayotganligi darajasiga ko’ra qit’alar oralig’ida joylashgan dengizlarning ahvoli nihoyatda og’ir, chunki bir necha mamlakatlar hududlaridan oqib keladigan sersuv yirik daryolar ko’plab sanoat, port va kurort shaharlarning barcha chiqindilari hamda maishiy axlatlarini ushbu dengizlarga elitadi.
O’rta Dengiz Yevropa, Afrika va Osiyo qit’alari oralig’ida joylashganligi tufayli uning havzasidagi mavjud mamllkatlarning chiqindilari unda to’planib kelmoqda. O’rta dengiz avvalo arab mamlakatlaridan sotib olingan neftni Yevropa mamlakatlariga kemalar bilan tashishda aoosiy suv yo’lidir. Shuning uchun ham uning suvlarida suzib yurgan tankerlarning soni borgan sari ko’paymoqda. Olimlarning hisobkitoblariga ko’ra har yili kamida 400 ming t neft va uning mahsulotlari turli sabablarga ko’ra suvga tushadi. Italiyaning janubidagi dengiz suvlarida har bir kvadrat km maydonda har yili kamida 500 l mazut yig’ib olish mumkin. Shuningdek, dengizga har yili 3,8 ming t qo’rg’oshin, 2,4 ming t rux, 100 t simob, pestisidlar, mineral o’gitlar va kir yuvishda foydalaniladigan ashyolar, shuningdek sanoat va maishiy axlatlar kelib tushadi.
Dengiz suvining ifloslanganligi tufayli unda cho’milish borgan sari xavfli bo’lib bormoqda. Neapol ko’rfazi, Adriatika dengizi va Atika (Gresiya) sohillarida cho’milish taqiqlangan.
O’rta dengizning «kasalligi» inson ko’z oldida tobora og’irlashmoqda. Olib borilgan tadqiqotlarning natijalarita ko’ra, agarda tegishli chora tadbirlar ko’rilmasa, bu joyda shu asrning oxiriga borib tiklab bo’lmaydigan darajada ekologik va iqlimiy o’zgarishlar sodir bo’lishi muqarrar.
Xuddi shunday og’ir ahvol Qora va Azov dengizlarida ham sodir bo’lmoqda. Shuni alohida qayd qilib o’tish kerakki, keyingi vaqtlarda dengizning 200 m chuqurlikda mavjud bo’lgan oltin gugurtli vodorod qatlami 75 m ga qadar ko’tarilgan. Buning natijasida suvning mahsuldorligi yanada kamaygan, ko’tarilish esa davom etmoqda. Oltingugurtli vodorod qatlami zaharli bo’lganligi sababli unda hayot yo’q. Qora dengizning o’ziga xos, lekin juda ham jiddiy muammosi mavjudki, uni tezda hal qilmaslik kelajakda og’ir oqibatlarga olib kelishi turgan gap. Biroq shu vaqtga qadar (1990 yil) dengizning halokatdan qutqarish bo’yicha birorta xalqaro hujjat qabul qilinmagan. Axir, Qora dengiz dunyoga mashhur noyob kurort va sanatoriylar maskaniku, uni toza va har doim gidek moviy holda saqlab qolish zarur.