Dunyoning global isishi. Cho`llashish jarayoni. Hududiy geoekologik muammolar



Yüklə 38,37 Kb.
səhifə2/3
tarix27.04.2023
ölçüsü38,37 Kb.
#103217
1   2   3
1 (4)

Cho`llashish jarayoni. Dunyo miqyosidagi geoekologik muammolarning yana biri cho’llar maydonining kengayib borishidir. Quruq iqlim mintaqasida cho’llar maydonining 60 yillardan boshlab keskin kengayishi avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi sonini to’xtovsiz oshib borishi (Afrika.1950 yilda 220 mln. kishidan 1990 yilgacha 648 mln. kishigacha, Yevrosiyoda shu vaqtda 1964 mln. dan 3894 mln. gacha, Avstraliyada va Okeaniyada 13 mln. dan 26 mln, gacha ko’paygan)^mamlakatlarning mustaqillikka erishib qishloq xo’jaligini rivojlantirishga kirishganligi va ma’lum ma’noda qurg’oqchilikning teztez sodir bo’lganligi bilan bog’liqdir. YuNEP ma’lumotlariga qaraganda hozirda qurg’oqchil va yog’in kam iqlim mintaqalarining 95% maydoni cho’lga aylanish arafasida turibdi, ya’ni qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tezkorlik bilan amalga oshirilishi o’simlik va tuproq qoplamlarining tabiiy imkoniyatlaridan bir necha baravar oshiqroq foydalanishiga olib keldi, buning oqibatida ularning mahsuldorligi keskin kamayib bormoqda Dehqonchilik qilinayotgan unumdor yerlarning sho’rlanib barayotganligi tufayli ularning mahsuldorligi kamayib, oddiy toshloq va qumloq tuproqlardan farqi qolmayapti. Yaylovlarda to’xtovsiz mol boqilishi, buta va daraxtlar yoqilg’i tayyorlash uchun ayovsiz kesilayotganligi qumli cho’llar maydonining kengayishiga sabab bo’lmaqda.
Qurg’oqchil iqlimli yerlarning jami maydoni taxminan 40 mln. km2, ya’ni quruqlikning taxminan 25% ini tashkil etadi. Shu hududda sug’oriladigan yerlarning maydoni 260 mln. gektar, qolganlari lalmi va yaylovlardan iborat. Qurg’oqchil iqlim mintaqasida Yer yuzasi aholisining 20% i (800 mln. kishi) istiqomat qiladi. Suvning kamligi obikor dehqonchilikning keng miqyosda taraqqiy ettirishga imkon bermaydi, buning ustiga quriq yerlar tabiiy sho’rlangan, ba’zan toshloq va ko’proq qumloq hamda qum bilan qoplangan.
XX asr tarixida Afrikadagi Sahroi Kabirning janubidagi Sohil mintaqasida 1968—1973 yillarda bo’lib o’tgan falokatli cho’llashish hodisasi o’chmas iz qoldirdi. Shu yillarda qurg’oqchilik nihoyatda kuchli ro’y berdi. Masalan, shu hududdagi eng katta Chad ko’li sathining 2/3 qismi quridi, Niger va Senegal daryolarining o’zanlarida suv bo’lmadi, quduqlarning qurib qolishi va suv havzalarida vaqtincha suvning bo’lmasligi barcha joylarda kuzatildi.*Tabiiy yaylovlar nam yetishmayelik tufayli qurib, mahsuldorligi keskin kamayib ketdi, buta, yarim buta va daraxtlar quridi. Oqibatda obikor dehqonchilik, yaylov chorvachshshgi bir necha yillar mobaynida katta zarar ko’rdi, aholi o’rtasida ochlik va o’lim avj oldi.
Sohil mintaqasidagi cho’llanish bu jarayonni atroflicha o’rganishni va unga qarshi kurashishni xalqaro miqyosda amalga oshirishni taqozo qildi, chunki bu noxush hodisaning dunyoning boshqa hududlarida ham yuz berish zhtimoli mavjud edi. 1968—1974 yillarda Sohil mintaqasining janubiy chegarasi 100—150 km ga surildi, ya’ni cho’l mintaqasi savannani egalladi. Sohil mintaqasida har yili 20 ming km2 hudud cho’l domiga kirib, biogogik mahsuldorlik va tuproq unumdorligi pasayib bormoqda. Bu hol mehnatkash xalqning xo’jalik yuritishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Sohil mintaqasidagi falokatli hodisa — cho’llashish jarayonlarini keng miqyosda o’rganish va uning oldini olish bo’yicha ilmiytadqiqot ishlarni olib borishga katta turtki bo’ldi. Cho’llashish hodisasining butun quruq iqlim mintaqasida atroflicha o’rganilishi natijasida uning ko’pgina jihatlari aniqlandi. Hisob-kitoblarga qaraganda inson ta’sirida tarkib topgan cho’llarning jami maydoni 9,1 mln. km2 ni tashkil qiladi. Shuningdek, 3,5 mlrd ga maydondagi hudud turli darajada cho’llashishga berilgan, bu hol yuzdan ortiq mamlakat aholisiga tahdid solmoqda. Har yili taxminan 21 mln. ga maydondagi yer to’liq buzilishga mahkumdir. Sug’oriladigan yerlarning 6 mln. ga maydondagi qismi har yili cho’llashishga yuz tutmoqda. Inson ta’sirida cho’llashish Osiyo, Afrika va Avstraliyada kuchli darajada sodir bo’lmoqda, bu qit’alarda tabiiy ravishda paydo bo’lgan cho’llar ham keng maydonlarni tashkil qiladi, Olib borilgan hisobkitoblarga qaraganda keyingi 20 yil mobaynida butun dunyoda cho’llashish natijasida yetkazilgan umumiy zarar 520 mlrd AQSh dollarini tashkil qiladi.
Arid o’lkalarida cho’llashishning oldini olish va unga qarshi kurash maqsadida BMT ning atrof-muhit masalalari bilan shug’ullanuvchi YuNEP tashkiloti rahbarligida birinchi marta Keniyaning Nayrobi shahrida 1977 yilda Xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Ushbu anjuman «Cho’llashishga qarshi harakat rejasini ishlab chiqdi. Reja bir necha (qismlardan iborat bo’lib ko’p yillarga mo’ljallangan. 1981 yilda Toshkentda shu rejaga muvofiq Xalqaro ilmiy simpozium bo’lib o’tdi. Toshkent simpoziumi shu choqqacha erishilgan ilmiytadqiqot ishlariga xulosa yasab, bundan buyon amalga oshiriladigan ilmiy va amaliy ishlar, tashkiliy vazifalarni aniq belgilab berdi. Nayrobida cho’llashishga qarshi kurashishning muvofiqlashtirib turuvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi.
Inson faoliyati ta’sirida cho’llashish Turkistonda, shu jumladan O’zbekistonda ham sodir bo’lmoqda. Reyepublikaning 70% dan ortiq hududi cho’l va chala cho’l mintaqalarida joylashganligi sababli sug’oriladigan yerlarda sho’rlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylovlarda grunt suvlari sathining ko’tarilishi kabi hodisalar keyingi vaqtlarda, katta maydonlarda ro’y bermoqda. Buning oqibatida qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning mahsuldorligi borgan sari pasayib, oziq ovqat, yemxashak va sanoat xom ashyolarini yetarli miqdorda yetishtirib berish murakkablashmoqda, ayiiqsa sifat buzilishi yuz bermoqda. Aholi soni tobara ko’payib borayotgan bir vaqtda suv miqdorining chegaralanganligi, lalmi yerlar maydonini relyefning o’ydim-chuqurligi tufayli kengaytirib bo’lmasligini e’tiborga olganda, cho’llashish hodisalari bilan yagona ilmiy dastur asosida barcha joylarda muntazam kurash olib barish shu kunning dolzarb masalasiga aylangan. Bu borada O’zbekistonda hozirgacha ma’lum darajada amaliy ishlar bajarilmoqda. O’zbekiston Respublikasi 1995 yil 31 oktyabrda qurg’oqchilik va cho’llashishga qarshi kurash Xalqaro Konvensiyasiga imzo chekdi. Dunyo bo’yicha sodir bo’layotgan geoekologik muammolarning tahlili shuni ko’rsatadiki, endilikda ularning ko’lami borgan sari kengayib, oqibatlari esa tobora yaqqollashib bormoqda (1jadval).

Yüklə 38,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin