Okean suvi
Dengizlar va ariqlar o’zi bilan chiqindilarni olib oxiri okeanlarga quyiladi. Har
yili taxminan 4 mln kg moylar okean suvlariga quyiladi. Ko’plab moylar esa okean
suvidan oz yoqilg’i sisternasini yuvish uchun foydalanadigan kemalardan kelib chiqmoqda
(1-chizma)
3
.
1-chizma. Suvning aylanishi. Bug’lanish, kondentsatsiyalanish, yomg’ir hosil bo’lish.
2-
chizma.
Suvning
ifloslanishi.
1
Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (37, 78- bet).
Suv resursi
Suv eng qimmatli tabiiy resurs. U hayotni tashkil qiluvchi moddalar almashinuvi
jarayonida muhim rol o’ynaydi. Suv sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda, maishiy
turmushda katta ahamiyatga ega.
Suv yer yuzasini shakllanishida ishtirok etadi, tabiatda aylanib turadi, shuningdek iqlimni,
ob-havoni shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Suv dunyoning eng katta boyligi, ammo chuchuk suv zahiralari cheksiz emas. Yer
sharining ko’pgina rayonlarida, chuchuk suv tanqisligi dolzarb muammo hisoblanadi.
Suv resurslari; okeanlar, dengizlar, daryo va ko’llar, qutb va tog’likdagi muzliklar, yer osti
suvlari, tuproq va havodagi namlikdan iborat. Umumiy suvning miqdori 1,5 mlrd. km
3
. ni tashkil
etadi. Bu miqdordagi suvning 94,2%i sho’r suvlar hisoblanadi. Chuchuk suv zahiralari 2-2,5%
dan iborat. Chuchuk suvlar asosan Antarktida muzliklarida, Grenlandiya, qutbdagi orollar va
tog’larda joylashgan (1-2-3-4-ilovalar).
Dunyoning ko’pgina rayonlarida chuchuk suv tanqisligi kuzatiladi. Hisob-kitoblarga
qaraganda har xil maqsadlarda foydalaniladigan suv sarfi 150 km
3
ni tashkil qiladi.
Taxminan insoniyatning 1/3 qismi “suv ocharchiligi”ga duchor bo’lgan. Yer sharining
qurg’oqchil rayonlarida aholining suvga bo’lgan talabi qondirilmaydi. Meksika, Eron, Pokiston,
Jazoir, AQShning 10dan ortiq shtatlari, Rossiyaning ayrim viloyatlari va O’rta Osiyo davlatlari
shular jumlasidandir.
O’zbekistonda sug’orish uchun asosiy suv manbalari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va Oxangaron daryolaridir. Respublika bo’yicha yer osti
suvlarining tabiiy zahiralari 66342 ming m
3
.
Suv resurslarini ifloslanish manbalari asosan qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda,
mineral o’g’itlar va turli pestitsidlardan suv bilan birga yuvilib oqova suv hosil qilishi
chorvachilik komplekslari orqali ochiq suv havzalari va er osti suvlarini ifloslanishi, sanoat
ishlab chiqarish korxonalari suvni og’ir metall ionlari va turli xil zaharli moddalar bilan ifloslab
oqova suvlarni hosil qilishidir. Bunday suvlar tarkibida, sanoat korxonalaridan og’ir metallar,
fenol, xlor, kaprolaktom, neft mahsulotlari, biologik va kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar
uchraydi.
Suv resurslarini ifloslantirishda temir yo’l, aviatsiya transport vositalari, shuningdek
avtokorxonalarning ham hissalari bor.
Sanoat chiqindilari orasida neft va uning mahsulotlari, daryo va ko’llarning ifloslanishida
eng havflilari hisoblanadi.
Atom elektrostantsiyalaridan chiqadigan radioaktiv chiqindilar daryo suvlarini
ifloslantiradi. Ular suvdagi plankton va baliqlar organizmida to’planib, ulardan boshqa
organizmlarga o’tadi.
Maishiy chiqindilar aholining o’sishi, yangi shaharlarning barpo qilinishi tufayli oqova
suvlarni ko’payishiga olib keladi. Maishiy turmushdagi oqova suvlar daryo va ko’l suvlarini
kasallik tug’diruvchi bakteriyalar va gelmintlar bilan ifloslanish manbai bo’lib qolgan, shu bilan
birga suv havzalarini maishiy turmushda keng foydalanayotgan sintetik yuvuvchi vositalar
ifloslantirmoqda.
Tozalash-zararsizlantirish. Daryo va boshqa suv havzalarida suvni o’z-o’zidan tabiiy
tozalanishi kuzatiladi. Ammo rivojlangan davrda chiqindilar ko’pligi, uni suv havzalarini
ifloslantirishi natijasida oqova suvlarni tozalash zaruriyati kelib chiqdi. Oqova suvlarni
tozalashni quyidagi metodlarini ajratish mumkin.
Mexanik, fiziko-kimyoviy va biologik metodlardan foydalanish, ya’ni aralash metodlar
ma’lum.
Mexanik tozalash metodining mohiyati, oqova suvni tindirish va filьtrlashdan iborat.
Fiziko-kimyoviy tozalash metodida oqova suvlardagi organik chiqindilardan va
oksidlanadigan yoki yomon oksidlanadigan organik moddalarni parchalab yuboriladi. Bunda
elektroliz usuli keng qo’llaniladi. Ifloslangan oqova suvlar yuqoridagilardan tashqari
ulьtratovush, ozon, ion almashtiruvchi smolalar va yuqori bosim ostida tozalanadi. Xlorlash ham
yaxshi samara beradi.
Biologik metod ham oqova suvlarni tozalashda katta rol o’ynaydi. Buning uchun bir necha
turdagi biologik qurilmalar, ya’ni biofiltrlar, biologik hovuzlar va aerotenkalardan foydalaniladi.
Biofilьtrlar orqali oqova suvlar yirik donador material qatlami ustiga yupqa bakteriyalardan
iborat qatlam orqali o’tkaziladi.
Biologik hovuzlarda esa suv havzalaridagi barcha organizmlar oqova suvlarni tozalashda
ishtirok etadi.
Aerotenkalar temir betondan qurilgan katta rezervarlardir. U erda oqova suv bakteriyalar va
mayda jonivorlardan tashkil topgan faol loyqalarda tozalanadi.
O’zbekistonda halqaro meyyorga mos keladigan tabiiy muhit va suvni muhofaza qiladigan
qonun va meyyoriy hujjatlar qabul qilingan. SHulardan 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan
«Tabiatni muhofaza qilish» haqidagi qonunni aytib o’tish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish
qo’mitasi 100 dan ortiq qonunlar loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan. SHulardan bittasi
O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv haqidagi qonunni aytish mumkin.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida ana shu qonun asosida ish olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |