Dunyosi va ularni muhofaza qilish



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix02.06.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#60426
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
3-maruza

 
 
1-sxema 
 
Tog’ o’rmonlari
 
Cho’l o’rmonlari


Hozirgi vaqtda tog’ o’rmonlari 311 ming ga maydonni egallaydi, asosiy o’simligi archa 
hisoblanib, qolganlari turli-xil daraxt va butalardan iborat. 
Cho’l o’rmonlari 2,4 mln. ga dan iborat. Bu o’rmonlarning asosiy o’simligi 
saksovulzorlardir. 
To’qay o’rmonlari ilgarilari juda zich bo’lib, hozirda atigi 25 ming ga maydonda saqlanib 
qolgan. 
Vodiy o’rmonlarini madaniy iqlimlashtirilgan daraxtlar tashkil etib, ular 12 ming ga dan 
iborat. 
XX asr boshlarida O’zbekiston o’rmonlarining maydoni 4-5 martaga qisqardi. Ayniqsa 
to’qay o’rmonlari antropogen tayziqqa duch keldi. 
Dunyo bo’yi o’rmonlar xolati qoniqarli emas. Haddan tashqari o’rmonlarni kesilishi avj 
olib, ularning tiklanishi etarli emas. O’rmonlar kesilishini yillik hajmi 3 mlrd.m
3
ni tashkil etadi. 
Bu FAO (BMTning oziq-ovqat va q/x tashkiloti)ning ma’lumotlariga qaraganda 2000 yilga kelib 
1,5 barobarga ortdi. Ayniqsa tropik o’rmonlar (Yer yuzining 7%idan iborat) holati g’oyat 
tashvishlidir. 
Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab turgan yer kurasida bundan 1,5 ming yil 
muqaddam o’rmonlar 47% maydonni tashkil qilgan bo’lsa, hozir ular 27% ni tashkil qiladi. Ko’p 
mamlakatlardagi sanoat manbalarida foyda ketidan quvish oqibatida juda ko’p o’rmonlar kesilib, 
ularning o’rniga katta-katta zavod, fabrikalar qurilmoqda. Bu zavod va fabrikalarda chiqayotgan 
chiqindilar atrof-muhitni ifloslanishi natijasida ko’plab nodir va noyob o’simlik turlari qirilib 
ketishiga sabab bo’lmoqda. BMTning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda sanoat rivojlana 
boshlagan davrdan 250 ming xil o’simlik turi yo’q bo’lib ketishi xavotir ostida ekanligi 
ta’kidlangan. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgach atrof-muhitni, hayvonot va 
o’simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni 
muhofaza qilish» to’g’risida, 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar» 
to’g’risida va nihoyat 1997 yil 26 dekabrda «O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan 
oqilona foydalanish» to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Ushub qonunlarda tabiiy sharoitda 
o’sadigan o’simliklar dunyosini shuningdek, takror etishtirish va genetik fondini saqlash uchun 
ekib o’stiriladigan yovvoyi o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi 
munosabatlar to’g’risida boradi. 
2-modda – O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi 
munosabatlar to’g’risida qonun hujjatlarini asosiy vazifalari quyidagilardir: 
- Floraning tur bo’yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish. 
Tabiiy o’simlik jamoalarining va yovvoyi o’simliklar o’sadigan muhitning bir butunligini saqlab 
qolish. 
- O’simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror etishtirishni ta’minlash yuridik va 
jismoniy shaxslarni o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi 
faoliyatini huquqiy tartibga solish. 
O’rmonlar
 
Vodiy o’rmonlari
 
To’qay o’rmonlari


4-modda - O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat 
boshqaruvi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, 
mahsus vakolat berilgan davlat organlari va davlat organlari boshqaruv organlaridir. YUridik va 
jismoniy shaxslar o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi 
qonun hujjatlarda belgilangan tartibda va sharoitlarda qoplashlari shart. 
Bu qonunlar barcha o’simliklar turlarini saqlab qolish, uni asrab avaylash va muhofaza 
qilishda muhim hujjatlar bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi hududida 4,5 mingga 
yaqin o’simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko’pgina kamyob, endem 
va relekt turlari ham. Unday turlarning soni 301 ta bo’lib O’zbekiston Respublikasining «Qizil 
kitobi»ga kiritilgan. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday muhofazaga muhtoj o’simliklar 
borasida ko’pgina ishlar qilindi (1-2-jadval). 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin