Dunyosi va ularni muhofaza qilish



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix02.06.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#60426
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
3-maruza

Okean suvi 
 
Dengizlar va ariqlar o’zi bilan chiqindilarni olib oxiri okeanlarga quyiladi. Har
yili taxminan 4 mln kg moylar okean suvlariga quyiladi. Ko’plab moylar esa okean
suvidan oz yoqilg’i sisternasini yuvish uchun foydalanadigan kemalardan kelib chiqmoqda
(1-chizma)
3

1-chizma. Suvning aylanishi. Bug’lanish, kondentsatsiyalanish, yomg’ir hosil bo’lish.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-
chizma. 
Suvning 
ifloslanishi. 
 
 
1
Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (37, 78- bet). 


Suv resursi 
Suv eng qimmatli tabiiy resurs. U hayotni tashkil qiluvchi moddalar almashinuvi 
jarayonida muhim rol o’ynaydi. Suv sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda, maishiy 
turmushda katta ahamiyatga ega. 
Suv yer yuzasini shakllanishida ishtirok etadi, tabiatda aylanib turadi, shuningdek iqlimni, 
ob-havoni shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Suv dunyoning eng katta boyligi, ammo chuchuk suv zahiralari cheksiz emas. Yer 
sharining ko’pgina rayonlarida, chuchuk suv tanqisligi dolzarb muammo hisoblanadi. 
Suv resurslari; okeanlar, dengizlar, daryo va ko’llar, qutb va tog’likdagi muzliklar, yer osti 
suvlari, tuproq va havodagi namlikdan iborat. Umumiy suvning miqdori 1,5 mlrd. km
3
. ni tashkil 
etadi. Bu miqdordagi suvning 94,2%i sho’r suvlar hisoblanadi. Chuchuk suv zahiralari 2-2,5% 
dan iborat. Chuchuk suvlar asosan Antarktida muzliklarida, Grenlandiya, qutbdagi orollar va 
tog’larda joylashgan (1-2-3-4-ilovalar). 
Dunyoning ko’pgina rayonlarida chuchuk suv tanqisligi kuzatiladi. Hisob-kitoblarga 
qaraganda har xil maqsadlarda foydalaniladigan suv sarfi 150 km
3
ni tashkil qiladi. 
Taxminan insoniyatning 1/3 qismi “suv ocharchiligi”ga duchor bo’lgan. Yer sharining 
qurg’oqchil rayonlarida aholining suvga bo’lgan talabi qondirilmaydi. Meksika, Eron, Pokiston, 
Jazoir, AQShning 10dan ortiq shtatlari, Rossiyaning ayrim viloyatlari va O’rta Osiyo davlatlari 
shular jumlasidandir. 
O’zbekistonda sug’orish uchun asosiy suv manbalari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va Oxangaron daryolaridir. Respublika bo’yicha yer osti 
suvlarining tabiiy zahiralari 66342 ming m
3

Suv resurslarini ifloslanish manbalari asosan qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda, 
mineral o’g’itlar va turli pestitsidlardan suv bilan birga yuvilib oqova suv hosil qilishi 
chorvachilik komplekslari orqali ochiq suv havzalari va er osti suvlarini ifloslanishi, sanoat 
ishlab chiqarish korxonalari suvni og’ir metall ionlari va turli xil zaharli moddalar bilan ifloslab 
oqova suvlarni hosil qilishidir. Bunday suvlar tarkibida, sanoat korxonalaridan og’ir metallar
fenol, xlor, kaprolaktom, neft mahsulotlari, biologik va kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar 
uchraydi. 
Suv resurslarini ifloslantirishda temir yo’l, aviatsiya transport vositalari, shuningdek 
avtokorxonalarning ham hissalari bor. 
Sanoat chiqindilari orasida neft va uning mahsulotlari, daryo va ko’llarning ifloslanishida 
eng havflilari hisoblanadi. 
Atom elektrostantsiyalaridan chiqadigan radioaktiv chiqindilar daryo suvlarini 
ifloslantiradi. Ular suvdagi plankton va baliqlar organizmida to’planib, ulardan boshqa 
organizmlarga o’tadi. 
Maishiy chiqindilar aholining o’sishi, yangi shaharlarning barpo qilinishi tufayli oqova 
suvlarni ko’payishiga olib keladi. Maishiy turmushdagi oqova suvlar daryo va ko’l suvlarini 
kasallik tug’diruvchi bakteriyalar va gelmintlar bilan ifloslanish manbai bo’lib qolgan, shu bilan 
birga suv havzalarini maishiy turmushda keng foydalanayotgan sintetik yuvuvchi vositalar 
ifloslantirmoqda. 
Tozalash-zararsizlantirish. Daryo va boshqa suv havzalarida suvni o’z-o’zidan tabiiy 
tozalanishi kuzatiladi. Ammo rivojlangan davrda chiqindilar ko’pligi, uni suv havzalarini 
ifloslantirishi natijasida oqova suvlarni tozalash zaruriyati kelib chiqdi. Oqova suvlarni 
tozalashni quyidagi metodlarini ajratish mumkin. 
Mexanik, fiziko-kimyoviy va biologik metodlardan foydalanish, ya’ni aralash metodlar 
ma’lum. 
Mexanik tozalash metodining mohiyati, oqova suvni tindirish va filьtrlashdan iborat. 
Fiziko-kimyoviy tozalash metodida oqova suvlardagi organik chiqindilardan va 
oksidlanadigan yoki yomon oksidlanadigan organik moddalarni parchalab yuboriladi. Bunda 
elektroliz usuli keng qo’llaniladi. Ifloslangan oqova suvlar yuqoridagilardan tashqari 


ulьtratovush, ozon, ion almashtiruvchi smolalar va yuqori bosim ostida tozalanadi. Xlorlash ham 
yaxshi samara beradi. 
Biologik metod ham oqova suvlarni tozalashda katta rol o’ynaydi. Buning uchun bir necha 
turdagi biologik qurilmalar, ya’ni biofiltrlar, biologik hovuzlar va aerotenkalardan foydalaniladi. 
Biofilьtrlar orqali oqova suvlar yirik donador material qatlami ustiga yupqa bakteriyalardan 
iborat qatlam orqali o’tkaziladi. 
Biologik hovuzlarda esa suv havzalaridagi barcha organizmlar oqova suvlarni tozalashda 
ishtirok etadi. 
Aerotenkalar temir betondan qurilgan katta rezervarlardir. U erda oqova suv bakteriyalar va 
mayda jonivorlardan tashkil topgan faol loyqalarda tozalanadi. 
O’zbekistonda halqaro meyyorga mos keladigan tabiiy muhit va suvni muhofaza qiladigan 
qonun va meyyoriy hujjatlar qabul qilingan. SHulardan 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan 
«Tabiatni muhofaza qilish» haqidagi qonunni aytib o’tish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish 
qo’mitasi 100 dan ortiq qonunlar loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan. SHulardan bittasi 
O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv haqidagi qonunni aytish mumkin. 
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida ana shu qonun asosida ish olib boriladi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin