Dunyosi va ularni muhofaza qilish


Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (126-127; 129- bet)



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix02.06.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#60426
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
3-maruza

1
Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (126-127; 129- bet) 


Turlar qonun tomonidan saqlansada, toki ularning tabiiy muhiti saqlanmaguncha ular 
hayot kechira olishmaydi. Atrof muhitni muhofaza qilish ko’pincha, tabiiy muhitni yoki butun 
ekotizimni saqlashga asoslangan bo’ladi. Buni bajarishning usullaridan biri bu tabiat 
muhofazasini yaratish bo’lib, u xuddi, xalqaro bog’lar va yovvoyi hayot hududlarini saqlash 
kabi bo’ladi .
1872-yilda birinchi Xalqaro bog’ Yellow Stone National Park hisoblanib, AQSH da
tashkil qilingan. O’sha davrda Kulrang ayiq, loss va bug’ular Shimoliy Amerika hududi 
tomonga ko`chirilib, joyi o’zgartirilgan edi. Bu hayvonlar ozuqa to’plash uchun yerning 
ko’plab hududlarini darbadar kezardilar. Agar ularning tabiiy muhiti kichik bo’lsa ular yashay 
olmaydilar. Misol uchun, kulrang ayiq kuniga katta miqdorda ozuqaga muhtoj bo’ladi. Kulrang 
ayiqga o’z qornini to`ydirishi uchun bir nechayuz km hududlar kerak bo’ladi. Milliy bog’lar va 
yovvoyi hayot hududlarisiz ba’zi hayvonlar hozir mavjud bo’lgandan ancha kam bo’lishlari
mumkin edi. 
 
O’simliklar dunyosi. 
O’simliklar dunyosi erdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. tonna 
organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t. dengiz va okean o’simliklariga, 38 mlrd. t. 
o’rmonlarga, 6 mlrd. tonnasi o’tloqlarga to’g’ri keladi. Bundan tashqari o’simliklar, ya’ni yashil 
o’simliklar tufayli fotosintez jarayoni bo’lmasa, havodagi uglerod (CO
2
)ning miqdori ko’payib 
kishilar va hayvonlar nobud bo’lur edi. Biroq atmosferadagi suv yuzasidan va tuproqdan 
kelayotgan o’sha CO
2
gazi o’simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o’simliklar 
atrofga kislorodni chiqarib turadi. 
Shunday qilib, fotosintez orqali er sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 
5800 yilda, karbonat angidrid 7 yilda bir marta yangilanib turadi. 
O’simliklar inson uchun oziq-ovqat, yem-xashak, dori-darmon, kiyim-kechak va boshqa 
ko’pchilik moddalarning tabiiy manbalari hisoblanadi. 
Halqimiz tomonidan ko’p ishlatiladigan va keng tarqalgan dorivor o’simliklardan 
foydalaniladi. Bularga isiriq, ermon, chakanda, aloye, na’matak, gazanda va boshqalar misol 
bo’la oladi. 
O’simliklar inson organizmidagi turli yuqumli kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga 
ega. 
Insonlar o’simliklardan chorva mollari uchun ham yem-xashak sifatida keng ko’lamda 
foydalanadilar. 
O’zbekistonda g’o’za o’simligi asosiy homashyo hisoblanib, undan turli maqsadlarda 
foydalaniladi. 
Insonlar o’simliklardan qurilish materiali sifatida ham foydalaniladi. 
O’simliklarni 
inson 
hayotidagi 
muhim 
tomonlaridan 
biri, 
atrof-muhitni 
ko’kalamzorlashtirishdir, chinor, terak, eman, igna bargli doim yashil o’simliklar shular 
jumlasidandir. Bundan tashqari ular havodagi changni tozalab, uni kislorod bilan boyitadi. 
O’simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda o’rmon o’simliklari 
alohida o’rin egallaydi. Respublikadagi o’rmonlar yagona davlat o’rmon fondini tashkil etadi. 
O’zbekiston o’rmonlari o’zining xususiyatlari bilan tog’, cho’l, to’qayzor va vodiy o’rmonlariga 
ajratiladi (1-sxema). 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin