Dunyosi va ularni muhofaza qilish


-rasm. Kaliforniya kondori



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix02.06.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#60426
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
3-maruza

 
1-rasm. Kaliforniya kondori
 
Bu noyob tur - Kondorning yoqolib ketish xavfi 20-asr oxirlariga kelib kuchayib ketdi. 
Ba’zi kondorlar yovvoyi tabiat qo’ynida asrab qolindi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Cho’l toshbaqasi 
 
Yo’qolib borayotgan cho’l toshbaqasi kelajagi beqaror bo’lib bormoqda. Insoniyat
taraqqiyoti AQSHning janubi-g’arbida yashaydigan cho’l toshbaqasi hududlarining qisqarib
borishiga sabab bo’lmoqda.
Janubiy dengiz suvsari 
 
Dengiz suvsari Tinch okeanining AQSHga tegishli qismidagi sayoz suv havzalarida 
yashaydi. Asrlardan buyon dengiz suvsarlari noyob juni uchun ovlanib kelingan. 
Pelikanlarni saqlab qolish muammosi 
 


Pelikanlar baliq va akvatik o’simliklarni yeyishga moslashgan qushlardir. 20 asr o’rtalarida 
DDT preparatidan foydalanish kengayibketdi. 1972 yilda AQSH da DDT preparati qishloq 
xo’jalik ekinlariga qiron keltiruvchi hashoratlarni yo’q qilish uchun nazorat sifatida keng 
ko’lamda ishlatila boshlandi. Bu holat pelikanlarning kamayib ketishiga sabab bo’ldi. CHunki 
pelikanlarning tuxumlari ingichka shaklga o’tdi. SHuningdek, palaponlarni erta tuxumdan 
chiqish holati ruy berdi. Jigarrang pelikanlar Luizana shtati va Texasdan butunlay yo’qoldi. 
2000 yillardan buyon Luizana va Texasda yashaydigan 7000 dan ortiq jigarrang pelikanlar 
yashamoqda. 
Hayvonot dunyosi 
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismidir va ular tabiatda moddalar va 
energiya almashinuvida muhim rol o’ynaydi. 
Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda muhimdir. 
Ma’lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo’y, echki, to’ng’iz, ot, eshak, tuya, 
qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir maqsad uchun boqiladi. Ayrim 
hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai, boshqasi xo’jalik uchun asqotadigan ishlarni 
bajaradi, transport sifatida, uylarni qo’riqlashda, zararkunandalar bilan kurashishda beminnat 
dastyor hisoblanadi. 
Tabiat qo’ynida yovoyyi holda yashaydigan hayvonlarning ham o’ziga xos foydali 
xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan mo’yna, dorivor vositalar, oziq-ovqat mahsulotlari, jun 
olinadi. 
O’zbekistondagi asosiy xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan hayvonlar: suvda suzuvchilar, 
sayg’oqlar, ondatralar, toshbaqalar, zaharli ilonlar, kakliklar, tog’ echkilari va umurtqasizlar 
hisoblanadi. 
Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat qiladi. 
Umuman hayvonlarning turi ko’p bo’lib, ularning bir yarim milliondan ziyod turi bor. 
O’simliklarning quyoshdan olayotgan energiyasini 100% deb olsak, shuning 50%ini 
o’simliklar nafas olish jarayonida qolgan energiyani o’zlashtirib, organik modda o’txo’r va 
etxo’r hayvonlarga o’tadi. 
Tuproq tarkibini yaxshilashda va uning hosildorligini oshirishda hayvonlarning, xususan, 
yomg’ir chuvalchangini, chumolini, termitlarni, umurtqali er qazuvchilarni va boshqalarning 
ahamiyati juda katta. Bu hayvonlar tuproqni yumshatadi, aralashtiradi, najas va o’simlik 
qoldiqlari bilan o’g’itlaydi. 
O’simliklarni changlanishida, urug’ va mevalarini tarqatishda ham hayvonlarning ishtiroki 
bor. Ayrim yirtqich qushlar esa zarakunandalarni (kemiruvchilarni) qirib, o’simliklar 
hosildorligini oshiradi yoki ba’zi hasharotlar o’simliklarni zarakunanda hasharotlardan va 
kasalliklardan saqlaydi. Masalan, bitta boyqush bir yilda 1000ta sichqonni yo’q qilib, 0,5t donni 
saqlab qolsa, chumolilar o’rmonlarni kasalliklardan saqlaydi. 
Bir hujayrali dengiz hayvonlarning qoldiqlaridan cho’kindi jinslar (bo’r, ohaktosh) vujudga 
kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari 
vujudga keladi. 
Qadimda ham, texnika taraqqiyoti rivojlangan hozirgi vaqtda ham odamlar hayvonlarni 
chiroyli terisi, mazali go’shti, qimmatbaho suyagi uchun qiziqishgan bo’lsa o’ta johil kishilar ov 
qilishni ermak bilib, hayvonot olamini yo’q qilishgan. Manbalardan ma’lumki 1872 va 1874 
yillar mobaynida AQShdagi Kanzas temir yo’li qurilishi vaqtida “ishtiyoqmand” ovchilar har yili 
2,5 mln. bizonni otib tashlaganlar, ularni bu beozor jonivorning na mazali go’shti va na terisi 
qiziqtirmagandir. Oqibatda bizonlar shu qadar kamayib ketganki, hozir ularning ozginasi maxsus 
qo’riqxonalarda saqlanib qolgan. 
Shuni aytish kerakki O’zbekiston hududida hayvonot olami qanchalik muhofaza qilinmasin 
va ularningko’payishiga sharoit yaratib berilgan bo’lmasin goho ularni pinhoniy ov qiluvchi 
shaxslar uchrab turadi. 


O’zbekiston hayvonat olamining turi ko’p va ular rang-barang. Hududimizda 650 dan ortiq 
umurtqali hayvon namunalari mavjud bo’lib, shulardan 83 baliq turi, 3 ta amfibiy, 58 tur sudralib 
yuruvchilar, 424 turdan ziyod qushlar va 97 tur sut emizuvchilar yashaydi. Hayvonot dunyosini 
muhofza qilish borasida so’z borar ekan, suv jonivorlarining kamayib ketayotganligiga alohida 
e’tibor berish lozim bo’ladi. Chunki, ulardan ayniqsa baliq turlarining kamayib ketishi 
tashvishlanarli xoldir. Bunga sabab esa suv havzalarining ifloslanishi ifloslanishi, suvdagi suv 
salmog’ining ayrim joylarda ortib borishi ma’lum turdagi baliqlar uchun katta zarar bo’lishi 
mumkin. Bundan tashqari brakonьer ovchilar ham baliqlarning kamayib ketishiga sabab 
bo’lmoqda. O’lkamizda baliq ovlash xo’jaliklari maydoni 38 mln.ga dan iborat. 
O’lka hududidan turon yo’lbarsi, shuningdek, qizil bo’ri butunlay yo’qolib ketgan bo’lib, 
qoplon, Old Osiyo qoploni, yo’l-yo’l sirtlon, tuvaloq kabi jonzotlarning yo’qolib ketish xavfi 
bor. 
Ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekiston hududida Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Surxon – 
Sherobod cho’li, Farg’ona vodiysining markaziy qismlari o’zlashtirilgan. Bu esa sahro-cho’l 
muhitida yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, jayron, go’zal tuvaloq kabi noyob 
zotlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. 
Bir qator go’zal jonivorlar, jumladan tog’ qo’yi, eron vidrasi, O’rta Osiyo kapchailoni 
kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi. 
Hayvonlarning noyob va yo’qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda ularning yashash 
sharoitini yaxshilash va ko’payishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Buning uchun 
birinchidan, yo’qolib ketayotgan va noyob hayvon turlarini qat’iy nazorat ostiga olib, ov qilishga 
mutlaqo yo’l qo’ymaslik va ikkinchidan, o’sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha 
saqlab, qo’riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur. 
O’zbekistonda chop etilgan yangi «Qizil kitob»da 24 tur sut emizuvchilar, 51 tur qushlar, 
16 tur sudralib yuruvchilar, 18 tur baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz hayvonlardan turli sistematik 
guruhlarga kiruvchi 80 turi kiritilgan (1-2-jadval). 
O’zbekiston mustakillikga erishgan kunidan boshlab jamiyatni demokratlashtirish va 
tabiatnimuxofaza kilish soxasidadagi konunchilik ishlari tobora takomillashtirilib bormokda. 
«Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»(1992), Aloxida muxofaza kilinadigan tabiiy xududlar 
tugrisida»(1993), 
Xayvonot 
olamini 
muxofaza 
kili 
shva 
undan 
foydalanish 
tugrisida»(1997),shuningdek Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiklangan bir kator xujjatlar 
asosida xayvonot olami muxofaza kilinmokda. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin