mumkin. Misol uchun ferma yerlaridagi kimyoviy pestitsid parchalari ariqlar va ko’llarga
oqiziladi. Bu kimyoviy moddalar baliqlar, toshbaqa va qurbaqalar uchun ozuqa vazifasini
bajaradigan hashoratlarga zarar yetkazmoqda. Ozuqani yetishmasligi esa suv ostida
yashovchi hayvonlarning o’limiga olib kelmoqda. Ba’zi ifloslanishlar xususan simob va
boshqa metallarni ozuqa orqali baliqlar tanasiga o’tkazmoqda. Zararlangan baliqlar va
qisqichbaqalar bu metallarni insonlar, qushlar va boshqa hayvonlarga o’tkazishlari mumkin
bo’ladi. Bu zararlangan hududlarda insonlar ifloslangan suv yo’llaridan keltirilgan baliqlar
va qisqichbaqalarni yemasliklari haqida ogohlantiriladi. Dengiz suv o’tlarining gullashi
boshqa bir suv ifloslanish muammosi sanaladi. Ortiqcha o’g’itlangan va ishlov berilmagan
oqar suvlarda katta miqdorda azot mavjud. Agar ular ko’l yoki hovuzlarga oqizilsa,
dengiz o’tlarining jadal o’sishiga sabab bo’ladi. Qachonki, suv o’tlari halok bo’lsa,
ulardan suvda ko’p kisloroddan foydalanadigan bakteriyalar parchalanadi. Baliqlar va
boshqa organizmlar esa suvda kislorodning kamligi sababli nobud bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: