Dunyosi va ularni muhofaza qilish


Peter Rillero, Dinah ZikeEcology, 2005( 103-104;113-114-betlar )



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix02.06.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#60426
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
3-maruza

Peter Rillero, Dinah ZikeEcology, 2005( 103-104;113-114-betlar ).


1 t. rux olish uchun 80-100 t. 1 tn. mis olish uchun 100-140 t, 1 t. mis olish uchun esa 60 000-
80000 t. ruda ishlatiladi. Hozir yer yuzasida millionlab tonna metallurgiya shakllari, issiklik 
elektr stansiyalaridan chiqqan ko’plab tog’ uyumlarini tashkil qilgan. Hisoblarga ko’ra so’nggi 
100 yil ichida dunyoda 20 mlrd.t.dan ortiq shpak, 3mlrd.t. kul, 17 mln. t. mishyak, 1 mln. t.
nikel, 1 mln. t. kobot va boshqa foydali elementlar chikarib tashlangan. Zarafshon shaxridagi 
Muruntov oltin konidan qazib olinayotgan chigitdan qazib olinayotgan chigitlar tashlanadigan 
maydoncha 5 200 ga maydonni tashkil qilib, hozirgi kunda bu maydon to’lib bitgan.
Ikkinchisini maydoni 6 200 ga ni tashkil qiladi. Chiqindining tarkibida natriy seonidi 150 mg/l, 
temir birikmasi 9 mg/l, mis 5.5 nikel-17:: kobolt-0. 25 sink-0.5: molebdan-17: mishyak-2.5: 
alyuminiy-25: qo’rgoshin 3mg/l tashkil qiladi. 
Atmosfera havosining tabiiy va sun’iy ifloslanishlari ajratiladi. 
Tabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma’lum miqdorda changlar uchraydi. Ular 
tabiatdagi hodisalar natijasida hosil bo’ladi. CHanglarning uch turi ajratiladi: mineral, organik, 
kosmik. Mineral changlar tog’ jinslarining emirilishi, vulqonlar otilishi, o’rmon yong’inlari, 
dengizlar yuzasidan suvlarning bug’lanishi kabilar natijasida kelib chiqadi. Organik changlar 
havo qatlamidagi aeroplanktonlar shuningdek, o’simlik va hayvonlarning qoldiqlar va 
parchalanish mahsulotlaridir (1-ilova). 
Kosmik changlar metioritlarning atmosfera qatlamidan o’tayotganda yongan qoldiqlari 
hisoblanadi. 
Sun’iy ifloslanish. Atmosfera havosini asosan ifloslantiruvchi manbalar bugungi kunda 
tobora rivojlanib borayotgan insonning sanoat ishlab chiqarishidagi va avtotransportlarning 
rivojlanishidir. Havoga ko’p miqdorda karbon kislota, uglevodorodlarning oksidlari, sulfid 
angidrid va boshqa moddalar chiqarilib, ular tabiiy muhitga va odamlarga juda katta zarar 
yetkazmoqda. Bu holat ayniqsa yirik shaharlarda ko’zga tashlanadi. Atmosfera havosini 
ifloslanishi muammosi barcha insoniyatni tashvishlantirmoqda. 
Insonning hayot faoliyati uchun eng muhim mahsulot havo hisoblanadi. Odam ovqatsiz 5 
hafta, suvsiz 5 kun, havosiz 5 daqiqa yashashi mumkin. Insonlar normal yashashlari uchun 
nafaqat havo, balki uning tozaligi ham muhim hisoblanadi. Havoning ifloslanishi odam 
salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan nisbiy ifloslantiruvchi moddalarning miqdori 
keyingi yillarda ikki martaga qisqardi, ya’ni jon boshiga 90kg ni tashkil etdi. Ifloslantiruvchi 
moddalarning umumiy miqdoriga nisbatan 51,9%-SO
2
, 16%-NO
2
, 17,9%-SN lar, 8,9%-SO
2

6,1%-qattiq moddalar va 0,2% boshqa maxsus zararli moddalarga to’g’ri keladi. SHu bilan birga 
ba’zi bir shaharlarda ifloslanishning sanitar-gigienik normadan ortiqligi kuzatilmoqda,. Masalan 
Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Toshkent kabi shaharlarda changlar, Olmaliqda-SO, Olmaliq, 
Navoiy, Farg’ona, Marg’ilon, Termezlarda, Angren, Navoiy, Farg’onada fenol; Andijon, Navoiy, 
Chirchiq, Toshkentda ammiak bilan ifloslanadi. Respublikada eng ifloslangan shahar Navoiy 
shahri hisoblanadi. 
Energetik komplekslar tomonidan 2000 yilda atmosfera havosiga 255,5 ming tonna 
ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan. Uning 59% sulьfid angidrid gaziga to’g’ri keladi. 
Shuningdek, 40-60% gacha atmosferani dimiqishini keltirib chiqaruvchi karbonat angidrid gazi 
atmosferaga chiqadi. Atmosfera dimiqishi hisobiga Yerning o’rtacha harorati XXI asr boshlarida 
1-1,5
o
S ortadi. Atmosferaning quyi qatlamlari ortiqcha isishi yirik shaharlarda yaxshi seziladi. 
Yillik o’rtacha haroratning qutb muzliklarini erishi, Dunyo okeanlarining satxini ko’tarilishi, 
ba’zi qit’alarda ayrim joylarning suv bosishi, tektonik jarayonlarning kuchayishi va iqlimning 
o’zgarishi kabi oqibatlar kelib chiqadi. 
1 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarishda havoga 6,0 tonna chiqindi chiqadi. 
Qora va rangli metallurgiya sohasida atmosferaga 123,6 ming tonna chiqindi chiqarilib 
uning 95 ming tonnasi sulьfid angidrid gaziga to’g’ri keladi. Rangli metallurgiya korxonalari 
og’ir metallarning aerozollari, sulьfat kislota, tsianidlar va ftoridlar kabi maxsus ifloslantiruvchi 
moddalar chiqaradi. 


Qurilish sohasidagi korxonalar tomonidan 27,6 t chiqindi chiqarilib uning ma’lum miqdori 
chang va is gazidan iborat. Oxongaron, Bekobod, Qarshi, Navoiy, Nukus kabi shaharlarda 
atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manba qurilish sanoati va tsement ishlab chiqarish 
hisoblanadi. 
Kimyoviy kompleks. Kimyo sanoati xissasiga taxminan atmosferaning ifloslanishining 
umumiy ko’rsatkichiga nisbatan 3% to’g’ri keladi. Havoda sulьfid angidrid gazi changlar, tutun 
kabilar bilan ifloslanishi natijasida sanoat rayonlarida nam va sokin havoda quyun hosil bo’ladi. 
U zaharli tumandan iborat odamlar hayotiga havf solishi mumkin. London shahrida aka shunday 
sharoitda yurak xastaligi va o’pka kasalliklarining kuchayishi tufayli 1952 yilda 4000 kishi 
nobud bo’lgan. 
Avtotransport havoni ifloslanishida katta o’rin egallaydi. AQSHning atmosfera havosi 60% 
avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan ifloslanadi. Nьyu-York, Los Anjeles, Tokio, Toshkent, 
Samarqand kabi yirik shaharlarda havoning ifloslanishi darajasi 80-90%ni tashkil etadi. 
Avtomobildan chiqadigan gazlar tarkibida zararli moddalar mavjud. Atrof muhitga is gazi 
oltingugurt va azot birikmalari bilan birga 3,4 benzapiren va qo’rg’oshin kabi kantserogen 
moddalar ham ajralib chiqadi. Atmosferaga chiqadigan gazlar bilan 25-27% qo’rg’oshin chiqadi. 
Dunyo bo’yicha bugungi kunda 500 mln.dan ortiq avtomobillar harakatlanadi. 
Los Anjeles shahrida havoni 2,5 mln. avtomobil Parijda esa 900 ming avtomobil havoni 
zaharlaydi. Havoga ajralib chiqadigan gazlar o’simlik hayvonlar va odam salomatligiga salbiy 
ta’sir etadi. Atmosferaning eng havfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Bu esa odam 
salomatligiga salbiy ta’sir etib, ularning avlodlarida turli xildagi mutatsiyalarni keltirib chiqarishi 
bilan havfli bo’ladi. 
Radioaktiv ifloslanishning manbalari atom va vodorod bombalarini sinovdan o’tkazish 
bo’lsa 
bundan 
tashqari 
ridioaktiv 
ifloslanish 
yadro 
qurollarini 
tayyorlashda 
elektrostantsiyalarining atom reaktorlari va radiaktiv chiqindilardan atmosferaga tarqaladi. 
Inson va boshqa tirik organizmlar uchun atmosfera havosining freonlar bilan ifloslanishi 
jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Ulardan sovutgich qurilmalarida, yarim o’tkazgichlar va 
aerozol balonchalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Freonlar ozon qatlamiga ta’sir yetadi. Ular 
qisqa to’lqinli ulьtrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi natijada xlor, ftorlarga ajraladi. 
Natijada xlor va ftorlar ozon bilan o’zaro ta’sir etadi. Ozon qatlamining siyraklashishi havfli 
yerlarga ultrabinafsha nurlarning kirib kelishi natijasida teri raki kasalligi ortishiga sababchi 
bo’lmoqda. 
Havoning ifloslanishi natijasida odamlarda darmonsizlanish, ish qobiliyatini pasayishi, 
yo’tal, bosh aylanishi, ovoz boylamlarining siqilishi, o’pka, ko’z bilan bog’liq har xil kasalliklar 
organizmning umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi kurashishning susayishi kabilar kelib 
chiqadi. 
Atmosferani ifloslanishiga qarshi kurashish juda murakkab va ko’p qirralidir. Shuningdek, 
katta kuch va mablag’ talab etadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun quyidagi chora-
tadbirlarni qo’llash lozim: 
1. Havfli moddalarni hosil bo’lishini bartaraf etuvchi mavjud texnologiyalarni 
takomillashtirish. Yangi texnologik jarayonlarni joriy etish; 
2. Yoqilg’i tarkibi apparatlar va karbyuratorlarni yaxshilash, tozalovchi qurilmalar 
yordamida atmosferaga chiqindilar chiqishini kamaytirish va bartaraf etish; 
3. Zararli chiqindilar chiqaruvchi manbalarni to’g’ri joylashtirish orqali atmosferani 
ifloslanishini oldini olish va yashil maydonlarni kengaytirish (2-ilova). 
O’zbekiston Respublikasida Bosh gidromet va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi 
tomonidan atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalari nazorat qilinadi. Bosh gidromet 
har sutkada atmosfera havosini zararlanish darajasini 39 aholi punktlarida kuzatib turadi. 16 
turdagi gazlar (chiqindilar) va 6 turdagi og’ir metallar hamda benzapiren nazorat ostidadir. 
Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan respublikamizning 136 aholi punktlarida 
sanoat korxonalarini va harakatdagi avtotransportlarni nazorat qiladi. O’zbekiston 
Respublikasining «Atmosfera havosi haqidagi» Qonuniga binoan atmosfera havosining holati va 


unga tegishli ma’lumotlar yagona davlat nazorati ya’ni tabiiy muhitni nazorati tizimida olib 
boriladi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin