parchalab, atmosferaga erkin kislorod ajratib chiqaradi. Boshqa barcha tirik mavjudotlar
kislorodni o’zlashtiradi xolos.
Karbonat angidrid tirik organizmlarning nafas olishi, yoqilg’i yoqilishi, organik
moddalarning chirishi va parchalanishi oqibatida atmosferaga tarqaladi.
Atmosferadagi azot muhim biologik ahamiyatga ega. U azot to’plovchi bakteriyalar va
ko’k-yashil suv o’tlari uchun ozuqa manbaidir. U boshqa o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi.
Fiziologik nuqtai nazardan esa atmosfera bosimini ushlab turib hayot jarayonlarini amalga
oshishiga imkon beradi.
Radioaktiv ifloslanishning manbalari atom va vodorod bombalarini sinovdan o’tkazish
bo’lsa
bundan
tashqari
ridioaktiv
ifloslanish
yadro
qurollarini
tayyorlashda
elektrostantsiyalarining atom reaktorlari va radiaktiv chiqindilardan atmosferaga tarqaladi.
Inson va boshqa tirik organizmlar uchun atmosfera havosining freonlar bilan ifloslanishi
jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Ulardan sovutgich qurilmalarida, yarim o’tkazgichlar va
aerozol balonchalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Freonlar ozon qatlamiga ta’sir yetadi. Ular
qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi natijada xlor, ftorlarga ajraladi. Natijada
xlor va ftorlar ozon bilan o’zaro ta’sir etadi. Ozon qatlamining siyraklashishi havfli yerlarga
ultrabinafsha nurlarning kirib kelishi natijasida teri raki kasalligi ortishiga sababchi bo’lmoqda.
Havoning ifloslanishi natijasida odamlarda darmonsizlanish, ish qobiliyatini pasayishi,
yo’tal, bosh aylanishi, ovoz boylamlarining siqilishi, o’pka, ko’z bilan bog’liq har xil kasalliklar
organizmning umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi kurashishning susayishi kabilar kelib
chiqadi.
Atmosferani ifloslanishiga qarshi kurashish juda murakkab va ko’p qirralidir. Shuningdek,
katta kuch va mablag’ talab etadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun quyidagi chora-
tadbirlarni qo’llash lozim:
1. Havfli moddalarni hosil bo’lishini bartaraf etuvchi mavjud texnologiyalarni
takomillashtirish. Yangi texnologik jarayonlarni joriy etish;
2. Yoqilg’i tarkibi apparatlar va karbyuratorlarni yaxshilash, tozalovchi qurilmalar
yordamida atmosferaga chiqindilar chiqishini kamaytirish va bartaraf etish;
3. Zararli chiqindilar chiqaruvchi manbalarni to’g’ri joylashtirish orqali atmosferani
ifloslanishini oldini olish va yashil maydonlarni kengaytirish.
Dostları ilə paylaş: