Dunyosi va ularni muhofaza qilish



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/19
tarix02.06.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#60426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
3-maruza

Shamol energiyasi 
Shamol energiyasidan mexanik yoki elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun 
foydalanish mumkin. Bu energiya esa, bevosita shamol tezligiga bog‘liq. Shamol generatorining 
standart turbinasi quvursimon po‘lat tirgakda joylashgan uch parrakli rotordan iboratdir. Burilish 
mexanizmi rotorni shamol esayotgan tomonga yo‘naltirib turadi. Rotor reduktor va asinxron 
generatorni ishga tushiradi. Shamol generatori sekundiga 3-4 metrdan yuqori tezlikda ishlaydi. 
Uning maksimal ishlash tezligi sekundiga 25-30 metrni tashkil etadi. 
 
Biomassa energiyasi 
Biogaz moslamalarida foydalaniladigan biomassaning 80-90 foizi go‘ngdan - sutchilik 
fermasi va qushxonlarning organik chiqindilari qo‘shilgan holda tayyorlanadi. Biogaz ishlab 
chiqarishda go‘ng yig‘ish uchun, odatda, qoramollarni fermalarda boqish talab etiladi. 
2050- yilgacha yer yuzi aholisi 9-mlrd ga yetishi mumkin. Aholi o’sishi bilan bog’liq jarayonda 
transportlarning yo’lda tig’izligi, yer osti yo’llarini odamlar bilan to’lishi, avtobuslarning tig’iz 
ketishi, ozuqa resurslarining kamayishi kabi parametrlar yuzaga keladi. Aholi zichligi ortadi, 
oziqa topish mushkullashadi, infektsion kasalliklar tarqalishi kuchayadi. Tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish talab etiladi.
Foydali kazilmalarga rudali va rudasiz metallar, neft, gaz, ko’mir, torf, yer osti suvlari 
kiradi. Foydali qazilmalar insoniyat va uning xo’jaligi, taraqiyoti uchun energiya va ekilgi
manbai bulib, yildan- yilga undan foydalanish ortib bormoqda.
Fan texnikaning rivojlanishi, olimlarni yana hom yangi mineral konlarni kashf qilishga 
majbur qilmoqda. Masalan, Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, okean tagidagi metall 
konsentrasiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis bilan 2000 yil, nikel 
bilan 70 000 yil marganes bilan 14 000 yil ta’minlash mumkin. Bu boyliklardan dunyo sanoati 
extiyoj uchun 1% dan 20 % gacha foydalanilmoqda. Bundan tashkari yer osti minerallari 
ko’pchilik hollarda 1 yoki 2 metall hisobga qazib olinib qolgan qismi atrof muxitga tashlab 
yuboriladi. 
Isrofgarchilik ayniksa neft, ko’mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari kora va rangli metallar,
tog’ kimiyoviy hom ashyolarni qazib olishda ko’plab roybermoqda. Dunyoda juda ko’p neft 
konlaridan neftning 50-60%i qazib olinib qolgan qisimi olib ketmokda. 
Shunday qilib hozirgi kunda yersharining litosferasidan har yili 150 mlrd.t. ruda qazib 
olinadi va undan kerakli elementlar ajratib olinib qolgan 95-98% atrof muxitga tashlanadi. 
Shamol generatorlari. Shamol energiyasidan mexanik yoki elektr energiyasini ishlab 
chiqarish uchun foydalanish mumkin. Bu energiya esa, bevosita shamol tezligiga bog‘liq. 
Shamol generatorining standart turbinasi quvursimon po‘lat tirgakda joylashgan uch parrakli 


rotordan iboratdir. Burilish mexanizmi rotorni shamol esayotgan tomonga yo‘naltirib turadi. 
Rotor reduktor va asinxron generatorni ishga tushiradi. Shamol generatori sekundiga 3-4 
metrdan yuqori tezlikda ishlaydi. Uning maksimal ishlash tezligi sekundiga 25-30 metrni tashkil 
etadi.Shamol generatorlaridan foydalanishning afzalliklari: 
1. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi yoqilg‘i narxlarining o‘zgarishiga bog‘liq 
emas. 
2. Foydalanish xarajatlari past. 
3. Zararli chiqindilar chiqarmaydi. 
Shamol generatorlaridan foydalanishning kamchiliklari: 
1. Mustaqil ishlashi uchun zahira ta’minot manbai kerak bo‘ladi, ya’ni energiya ishlab 
chiqarish shamolning kuchiga bog‘liq. 
2. Boshlang‘ich kapital sarflanishi darajasi yuqori. 
3. Shovqin chiqarishi va vizual ta’siri katta. 
Biomassadan foydalanish. Chorvachilik va oziq-ovqat sanoatining organik chiqindilari 
biogaz ishlab chiqarish xom ashyosi hisoblanadi. Biomassani anaerob qayta ishlash paytida 
biogaz qurilmasida maishiy iste’molchilar tomonidan tabiiy yoki suyultirilgan neft gazi (LPG) 
o‘rniga foydalaniladi yoxud uni issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ishlab 
chiqarilgan biogaz tarkibida 60-70 foiz metan (CH4), 30-40 foiz uglerod oksidi (CO2) va 500 
ppm (promill) vodorod sulfid (H2S) bor. Biogaz moslamalarida foydalaniladigan biomassaning 
80-90 foizi go‘ngdan - sutchilik fermasi va qushxonlarning organik chiqindilari qo‘shilgan holda 
tayyorlanadi. Qoramollarning bir tonna go‘ngidan 25 m3 , parrandachilik go‘ngidan 190 m3 , 
sanoat chiqindilaridan 130 m3 biogaz ishlab chiqarilishi mumkin. Biogaz ishlab chiqarishda 
go‘ng yig‘ish uchun, odatda, qoramollarni fermalarda boqish talab etiladi. Biogaz 
moslamalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega: 
1. Biogaz CO2 ga qaraganda neytral yoqilg‘i hisoblanadi, undan foydalanish esa, 
atmosferada organik chiqindilarni achitishda yuzaga keladigan metan gazi miqdorining 
ko‘payishini oldini oladi. 
2. Achitilgan biomassadan olinadigan o‘g‘itlarning qiymati miqdori boshlang‘ich 
xomashyonikidan anchayuqori. 
3. Fermerlarga qarashli yerlarda oziqa moddalarini ekologik xavfsiz va iqtisodiy foydali 
uslubda, ikkilamchi qayta ishlash - qattiq biomassani biogaz olish uchun achitishning afzalligi 
hisoblanadi. 
Tabiiy resurslar 
Tugaydigan
Tugamaydigan 
Tiklanmay-
digan 
Tiklanadigan 
Iqlim
Yer, 
o’simliklar, 
hayvonot, bir 
necha mineral 
hom ashyo 
Kosmik
Atmosfera 
havosi, shamol 
energiyasi
Yer osti 
boyliklari
Quyosh 
radiatsiyasi, 
dengiz oqimi


Foydali kazilmalarga rudali va rudasiz metallar, neft, gaz, ko’mir, torf, yer osti suvlari 
kiradi. Foydali qazilmalar insoniyat va uning xo’jaligi, taraqiyoti uchun energiya va ekilgi
manbai bulib, yildan- yilga undan foydalanish ortib bormoqda. Agar so’nggi 25 yil ichida 
dunyoda ko’mirga bo’lgan talab 2 marta, temir rudasiga 3 marotaba, neft va gazga bo’lgan talab 
6 marotaba, marganes, kaliy, fosfor,tuzlariga talab 2-3 marotaba oshgan bo’lsa shu davrga
aholining ulushi 40% tashkil kildi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd. t. mineral hom ashyo qazib 
olinmoqda. Tabiiy kurash oqibatida daryolar orqali dengiz, okeanlariga har yili 15 mlrd. t. tog’ 
jinslarini oqizib ketmoqda, 3-4 mlrd. t. atmosfera havosiga ko’tarilmoqda. Inson kerakli 
qazilmalarni o’zlashtirish oqibatida 1500-2000 mlrd. t. tog’ jinslari bir joydan ikkinchi joyga 
joylashtiriladi. 
BMT ning ma’lumotiga qaraganda, dunyoda yiliga 32 mlrd. t. ko’mir 2.6 mlrd. t. neft, 6 
mlrd. t. temir rudasi, 3.6 mln. t. xrom rudasi, 7.3mln.t. mis rudasi, 3-4mln.t. qo’rg’oshin rudasi,
159 mln. t. tuz, 120 mln. t. fosfotlar, 1.2mln. t. uran, simob, molebdan, nikel, kumush, oltin, 
platina rudalari kazib olinmokda. 
Mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, agar qazilma boyligidan hozirgi 
sur’atdan foydalanilsa, oltin 30-35yilda, rux 36: surma -70: kaliy-40: uran-47: mis -66: simob-
70: ko’mir, neft, gaz, 150 yilda tugab qolishi mumkin. Shu sababli ko’pgina rivojlangan 
mamlakatlar: Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va boshka 
mamlakatlarda hom ashyo, yer osti boyliklari yetishmasligi oqibatida ikkilamchi chikindilarni 
kayta ishlash va boshka mamlakatlarning boyliklaridan foydalanilmoqdalar. Fan texnikaning 
rivojlanishi, olimlarni yana hom yangi mineral konlarni kashf qilishga majbur qilmoqda.
Masalan, Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, okean tagidagi metall konsentrasiyalari 
hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis bilan 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil 
marganes bilan 14 000 yil ta’minlash mumkin. Bu boyliklardan dunyo sanoati extiyoj uchun
1% dan 20 % gacha foydalanilmoqda. Bundan tashkari yer osti minerallari ko’pchilik hollarda 
1 yoki 2 metall hisobga qazib olinib qolgan qismi atrof muxitga tashlab yuboriladi. 
Masalan, 100t. granitdan 8.alyuminiy, 5t. rux, 0.5 t.titan, 80 kg. marganes, 30 kg. xrom, 17 
kg, nikel, 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin. 
Isrofgarchilik ayniksa neft, ko’mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari kora va rangli metallar,
tog’ kimiyoviy hom ashyolarni qazib olishda ko’plab ro’y bermoqda. Dunyoda juda ko’p neft 
konlaridan neftning 50-60%i qazib olinib qolgan qisimi olib ketmokda. 
Shunday qilib hozirgi kunda yer sharining litosferasidan har yili 150 mlrd.t. ruda qazib 
olinadi va undan kerakli elementlar ajratib olinib qolgan 95-98% atrof muxitga tashlanadi. 
Qazilma boyliklarni qidirib topish, qayta ishlash va tashish jarayonida yer yuzasi
strukturasi buziladi xosildor maydonlar qiskaradi, o’simliklar nobud bo’ladi, tuproq eroziyasi 
tezlashadi, oqibatda yaroqsiz yerlar maydoni oshadi. Shunday qilib yerlar hozir dunyoda 10 
mln. gektarni tashkil qilsa, 2 000 yilga borib 5-6 barobar oshadi. Masalan, 1 t. temir olish
uchun 5-6 t. ruda, 1 t. qo’rgoshin olish uchun 60-90 t, 1 t. rux olish uchun 80-100 t. 1 tn. mis 
olish uchun 100-140 t, 1 t. mis olish uchun esa 60 000-80000 t. ruda ishlatiladi. hozir yer 
yuzasida millionlab tonna metallurgiya shakllari, issiklik elektr stansiyalaridan chiqqan ko’plab 
tog’ uyumlarini tashkil qilgan. Hisoblarga ko’ra so’nggi 100 yil ichida dunyoda 20 mlrd.t. dan 
ortiq shpak, 3mlrd.t. kul, 17 mln. t. mish’yak, 1 mln. t. nikel, 1 mln. t. kobot va boshqa 
foydali elementlar chikarib tashlangan. Zarafshon shaxridagi Muruntov oltin konidan qazib
olinayotgan chigitdan qazib olinayotgan chigitlar tashlanadigan maydoncha 5 200 ga maydonni
tashkil qilib, hozirgi kunda bu maydon to’lib bitgan. Ikkinchisini maydoni 6 200 ga ni tashkil 
qiladi. Chiqindining tarkibida natriy seonidi 150 mg/l, temir birikmasi 9 mg/l, mis 5.5 nikel-
17 :: kobot-0. 25 sink-0.5: molebdan-17: mish’yak-2.5: alyuminiy-25: qo’rgoshin 3mg/l tashkil 
qiladi. 


O’zbekiston zaminida mavjud bo’lgan boyliklarda ega davlatlar jahon haritasida ko’p 
emas. Bu boyliklarning kuchiligi ham ishga solinmagan. Bu esa butun dunyoga mashhur chet el 
komponentlari va banklarining e’tiborini jalb etishi aniq. 
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan faxrlanadi. Bu yerda mashhur Mendeleev davriy 
sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali 
qazilma zaxiralari va madan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100ga yaqin 
mineral-hom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb 
etilgan. 900dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlr. AQSH 
dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral hom-ashyo potensial 3,3 trilion AQSH 
dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak. G’oyat muhim strategik manbalar-
neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155ta istiqbolli kon, qimmat baho metallar bo’yicha- 
40dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar bo’yicha – 40, kon chilik-kimyo hom ashyosi 
bo’yicha 15ta kon qidirib topilgan. Qidirib topilgan foydali qazilmalarning hozirgi darajasi va u 
bilan bog’liq holda qimmat baho, rangli va nodir metallar, barcha turdagi yonilg’i zaxiralari – 
neft va gaz kondensati, tabiiy gaz, ko’pgina mineral-hom ashyo va qurilish materiallari 
xillarining g’oyat boy konlarini o’zlashtirish respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash 
imkonini bermoqda. 
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlr. Dollarlik miqdorda foydali qazilmalar 
olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 mlr. Dollarlik yangi zaxiralar qo’shilmokda. Bir qator foydali 
qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kalshe tuzlari, fosforitlar, kaolinlar 
bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDXdagina emas
balki butun dunyoda ham yetakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari bo’yicha 
respublika dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish buyicha 4-o’rinda, mis zaxiralari bo’yicha 10-11 
o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha 7-8-o’rinda turadi. 
O’zbekiston noyob yonilg’i – energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 
trilion m
3
ga yaqin, ko’mir – 2 mlr. tonnadan ortiq. 160dan ortiq neft koni mavjud. Neft, gaz va 
kondensat zaxiralari o’z extiyojlarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, shu bilan birga energiya 
manbaalarini eksport qilish imkonini ham beradi. Hozir kapital mablag sarflashning eng foydali 
soxalaridan biri bo’lib qoldi. Mutaxasislar baxolashiga, O’zbekistonning yer ostiga juda katta 
neft va gaz qatlamlari bor. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Surxandaryo, Fargona mintaqalaridir. 
Neft va gaz resurslarining zaxiralari bir trilion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda. 
O’zbekistonda ko’mir Angren, Shargun va Baysun konlarida qazib chiqariladi. Ularning 
umumiy zaxirasi – 2 mlr. tonna. Ko’mir bilan birga juda qimmat baho mineral-hom ashyo 
zaxiralari: kaolinlar, ohaktoshlar, kvars quzimlar, tosh qotishmalar va kam uchraydigan boshqa 
elementlar ham qazib olinmoqda. Ular hozirgi ishlab chiqarishlarning ko’pgina turlarini 
rivojlantirish uchun kuchli xam ashyo bazasi bo’lib hizmat qiladi. O’zbekiston dunyodagi juda 
katta oltin, kumush va boshqa qimmat baho hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar 
zaxiralariga ega bo’lgan davlatlar jumlasiga kiradi. 
Navoi azot kombinati o’zining zaxarli chigitlarini (570000m.) 50 ga maydonga ega 
bo’lgan xavzalariga oqizmokda. 
Uning asosini polimerlar 25% rodonitlar-10%, qattiq aralashmalar tashkil qiladi. Tarikbida 
seonit -50 mg/l, ammiak-150, sul’fat tuzlari 15000, mis-2500mg/l tashkil qiladi. 
Navoiy elektrokimyo zavodining chiqindisi 7 mln. 800 000 m. kubni tashkil qilib 125 
ga maydonni egallab turibdi. Tarkibi o’ta murakkab organik birikmalardan iborat. Atrof muxitni 
toza saqlash maqsadida va tabiiy yoqilgi resurslarini tejash borasida so’nggi yillarda vodoroddan 
foydalanish muammosi yuzaga keldi. Uning afzalligi shundaki, birinchidan zapasi 
cheklanmagan sanoat miqyosida ishlab chiqarish tobora oshib bormoqda. Ikkinchidan u 
universal yoqilg’i hisoblanib elektr ishlab chiqarishda, avtotranstport, aviatsiya, dengiz 
transportida suyuk, gaz holida ishlatish mumkin. Keyingi paytlarda bioenergetikaga ham katta 
e’tibor berilmoqda. Bioenergetikada chorvachilik, parrandachilik, cho’chqachilik 
korxonalaridan chiqayotgan go’ng, axlatxona mikroorganizmlar, bakteriyalar, chuvalchanglar 
yordamida chiritilib tabiiy gaz va biogumus olinadi. 


1 tonna quruq bo’lgan go’ngdan 400-6 m.kub biogaz ajratib olish mumkin. 
O’zbekistonda har yili 19mln. t. go’ng vujudga keladi. 1 tonna quruq barg, o’simlik 
qoldiqlari 300-500 m. kub. biogaz beradi. 
50-100 kg biogumus hosil bo’ladi. 
O’zbekiston zaminida 94 dan ortiq mineral hom ashyolarining 850 konlari qidirib topilib 
ishga tushirilgan. Qidirib aniqlangan yoqilgi energetika, tog’ rudalari va kimyo hom ashyolari,
qurilish ashyolari, yer osti ichimlik suv konlarida 370 ta neft-gaz va 290 ta yer osti suv 
konlaridan foydalanilmoqda. Birgina kuy dumaloq gaz konlarining sanoat ahamiyatiga ega 
bo’lgan zaxirasiz 143.7 mlrd/m kub. Neft 54.2 mln/tn. kondenit-67.4 mln.tn.
Respublikaning umumiy uglevodorod hom ashyo zaxirasi quyidagicha:-gaz-1828mlrd/m. 
kub. (taxminiy xisoblar-2970 mlrd/m.kub)- kondensat-136mln/t. (taxminiy xisob-175 mln.tn.) - 
neft 103mln. t. (taxminiy xisob-435 mln.t) Respublikamizning 20 dan ortik maskanlarida 
toshko’mir zaxiralari yuzasidan biologik qidiruv ishlari o’tqazilgan va uning zaxirasi 3500 
mln. t. deb taxmin qilinmoqda. Bu konlarning katta zaxirasi Angren, Shartun, Boysunda 
joylashgan. 
Angren toshko’mir konining zaxirasi 1885 mln. t. bo’lib, har yili 5 mln. t. qazib 
olinmoqda. Ochiq holda qazib olish 10 mln. t. ga teng yetkazish tadbir choralari ko’rilmoqda. 
Shortun, Boysun konlarining zaxirasi 60 mln. t. deb baholanadi. Fargona vodiysida topilgan qora 
ko’mir zaxirasi esa 30-35mln. t. deb taxmin qilinmoqda. Mamlakatimizda 32 tur rangli 
metallarning 33 ta koni ishga tushirilib 16ta tog’ mutallurgiya korxonalari faoliyat kursatmoqda.
27 ta oltin zaxiralari mavjud konlardan 16 tasida qidiruv ishlari olib borilib 7 tasi ishlatilmoqda. 
Respublikamizda fosforidlarning zaxirasi 100 mln. t. deb baholanmoqda. Fosfor o’g’itlari 
ishlab chiqaruvchi zavodlar Qozog’istondan keltirilayotgan hom ashyo hisobiga ishlamoqda. 5 
dan ortiq volfram konlarida qidiruv ishlari o’tqazilib, shundan 2tasi foydalanilmoqda. 
Respublika xududida 32 ta mineral shifobaxsh suv konlari aniqlangan bo’lib shundan12 
tasida shifoxonalar, kurortlar tashkil qilingan va 9 ta zavodda qadoklanmoqda. 
Yer osti boyliklarini qazib olishda juda katta nobudgarchilikka yo’l quyilmoqda. Shortun 
ko’mir konidan olinayotgan hom ashyoning 25% muhitga tog’ jinslari bilan chiqib ketadi. Qattiq 
chiqitlar 100 mln. t. bo’lib, shundan 60 mln. t. si fosforgips, suyuk chiqindilar, 10 mln. m. kub. 
Bu chiqindilar bir necha o’n ming ga maydonni tashkil qiladi. Har yili birgina Angren ko’mir 
konidan 6 mln. t. kaolin ham qazib olinadi, shuning 10-15% ishlab chiqarishga yuborilib, 
qolgan qismi tog’ jinslari bilan qo’shilib chiqarib tashlanmoqda. 
Shifobaxsh yer osti mineral suvlarining isrofgarchiligi xanuzgacha yuqoriligicha 
qolmoqda. 27 ta shifo maskanlarida shifobaxsh mineral suvlaridan foydalaniladi. Shifobaxsh 
suvlarni isrofgarchiligi (shifoxonalarda) 50%ni tashkil qiladi, o’zi oqar quduqlarda esa 30% dan 
yuqoridir. 
Shunday qilib, Respublikamizda tabiiy boyliklarni qo’riqlash tejab tergash, unumli 
foydalanish isrofgarchilikka chek qo’yish, hamda chiqimsiz texnologiyaga o’tish konsepsiyasi 
to’liqligicha ishlab chiqilganicha yo’q. 
 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin