Dunyosi va ularni muhofaza qilish



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix02.06.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#60426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
3-maruza

Chiqindilar muammosi 
 
Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan muhofaza qilish, 
tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni 
amaliyotga tatbiq etish muammolari, ayni chog‘da, dolzarb hisoblanadi. Energetika, rangli 
va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obyektlari chiqindilarni hosil 
qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi.
Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta о‘lchamli axlatlar yig‘ilmoqda-ki, 
ular о‘z vaqtida va tо‘g‘ri olib chiqilmasa hamda zararsizlantirilmasa, atrof tabiiy muhitni 
jiddiy ifloslantirishi mumkin.
Qattiq maishiy chiqindilarning chiqindixonalarda tо‘planib qolishi, changlarning 
hosil bо‘lishiga va yoqimsiz hidlarning tarqalishiga olib keladi. Bir qator mamlakatlarda 


chiqindilarni utilizatsiya qilish - kuydirish, poligonlarga kо‘mish yoki yig‘ish, shuningdek 
kompostlash texnologiyalari bilan amalga oshiriladi (1-jadval). 
О‘zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bо‘ladi, 
ularning 14 % i toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Bundan tashqari
Respublikamiz hududida va unga yaqin hududlarda radioaktiv rudalarni qazib olish о‘tgan 
asrning 40-yillarida kuchaygan. Shu davr mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslanish 
maydonlari paydo bо‘ldi. О‘zbekistonning Andijon viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada 
joylashgan Qirg‘iziston Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg‘oqlari bо‘ylab joylashgan 
umumiy hajmi 2,5 million m
3
bо‘lgan radioaktiv chiqindilar kо‘milgan 23 ta ombor va 13 
ta balanslangan rudalar tо‘plamlari mintaqaviy ekologik falokat yuzaga kelishida katta 
xavfga ega. Sel kelishi va yer kо‘chishi hollari yuz berganda radioaktiv chiqindilar Maylu-
Su, Qoradaryo va Sirdaryo suvlariga tushishi mumkin, bu esa 1,5 million kishi yashaydigan 
300 km
2
maydondagi О‘zbekiston hududini radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga olib 
keladi. Radioaktiv chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov maydonlaridagi yadro 
portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar о‘zidan radioaktiv nur chiqaradigan elementlarning 
izotoplari hisoblanadi.
Hozirgi paytda, Mayluu-Suu daryosi vodiysida reabilitatsiya ishlari davom etmoqda. 
Chiqindilar hosil bо‘ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini “Chiqindilar 
tо‘g‘risida” gi (2002 yil) Qonunga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qо‘mitasi amalga oshiradi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin