Durdibayeva munisaning zoologiya fanidan yozgan


-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə8/9
tarix25.05.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#59500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Munisa

5-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi:
1 – tuxumlar; 2 – qoramol ichagidagi lichinka; 3 – go‘shtdagi finna;
4 – ichakdagi parazit boshchasi; 5 – parazit tanasi.
Lichinkalarning rivojlanishi ham bir xilda kechmaydi. Qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium) lichinkalari tuxum ichida, serbar tasmasimon chuvalchangi (Diphyllobothrium latum) lichinkasi tashqi muhitda (suvda) rivojlanadi. Odatdatuxumdan olti ilmoqli lichinka -onkosfera chiqadi). Ba’zi chuvalchanglarning lichinkasi 10 ilmo­qli bo‘lib, likofor deyiladi. Lichinkaning bundan keyingi rivojlanishi o‘jayin almashtirish orqali boradi. Qoramol tasmasimon chuvalchangining tuxumi asosiy xo‘jayin (odam) ichagidan axlat bilan tashqariga tushganida tuxum ichida onkos­fera lichinkasi yetiladi. Lichinkali tuxumlar yem-xashak bilan oral­iq xo‘jayin ichagiga tushadi. Tuxumdan chiqqan onkosfera ilmoqlari yordamida ichakni yoki oshqozon devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga, undan esa har xil ichki organlar: ko‘proq jigar, ba’zan o‘pka, miya yoki boshqa organlarga o‘tib oladi. Bu organlarda onko­sfera mosh kattaligidagi pufaksimon davr -finnaga aylanadi. Finna tas­masimon chuvalchanglarning invaziyali (yuqumli) davri hisoblanadi. Tas­masimon chuvalchanglar finnasi besh xilda bo‘lib, sistitserk, protser koid, plerotserkoid, senur, yoki exinokokk deb ataladi. Sistatserk ichi suyuqlik bilan to‘lgan pufakdan iborat. Pufak devorining bir cheti pufak bo‘shlig‘iga botib kirgan bo‘ladi. Bu joyda lichinkan­ing to‘rt so‘rg‘ichli boshchasi joylashadi. Finnalar ana shu holatda bir necha yil yashashi mumkin. Finna faqat asosiy xujayini, odam ichagiga tushgandan so‘ng rivojlanib voyaga yetadi. Yaxshi pishirilmagan finnali go‘sht yoki jigar odam ichagiga tushganida pufak ichidagi boshcha tashqariga chiqadi. Pufak yemirilib, lichinka boshchasi va bo‘yinchasi tez o‘sa boshlaydi. Bo‘yinchaning keyingi qismi ko‘ndalangiga bo‘linib ko‘plab, yangi yosh bo‘g‘imlar chiqaradi va uzun proglottidlar zanjirini hosil qiladi. Shunday qilib, qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi xo‘jayin almashinishi va murakkab o‘zgarishlar, ya’ni onkosferani finnaga va finnani voyaga yetgan parazitga aylanishi orqali sodir bo‘ladi. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taena solium) ning rivojlanishi ham xuddi shu tarzda sodir bo‘ladi. Serbar tasmasimon chuvalchangning rivojlanishi ikkita oraliq xo‘jayin orqali boradi. Odam ichagidan chiqadigan tuxumdan suvda sirti kipriklar bilan qoplangan olti ilmoqli lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiyni siklop yutganida u ichakda kipriklarini tashlaydi; ichak devori orqali siklop tana bo‘shlig‘iga o‘tib, chuvalchangsimon mayda lichinka -protserkoidga aylanadi. Lichinkaning keyingi qismida sharsimon o‘simtasi bo‘ladi. O‘simtaning shakli monogeneyalarning yopishuv serkomerasiga o‘xshab ketadi, unda oltita ilmoqcha joylashgan. Zararlangan sikloplarni cho‘rtan, nalim va ba’zi losossimon baliqlar yeydigan bo‘lsa, protserkoid baliqning tana bo‘shlig‘i, tuxumdoni, muskullari va boshqa organlaiiga o‘tib olib, serkomerasini tashlaydi va o‘sib plerotserkoid lichinkasiga aylanadi. Plerotserkoid 1-1,5 sm uzunlikdagi chuvalchang bo‘lib, tanasining oldingi qismi yon tomonida ikkita tirqishsimon so‘rg‘ichlari bo‘ladi. Plerotserkoid invaziyali (zararlovchi) davr - finnaga mos keladi. Zararlangan baliq go‘shtini odam, it yoki mushuklar yeganida plerotserkoid ularning ichagiga yopishib olib, 10-12 m gacha uzunlikdagi voyaga yetgan parazitga aylanadi.

Qo‘y miya qurti (Milticeps multiceps) asosiy xo‘jayini, asosan cho‘pon itlari, oraliq xo‘jayini qo‘y va boshqa ba’zi uy va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It ichidagi chuvalchangning uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha bolib, itlarga katta ziyon yetkazmaydi. Miya qurtining pufaksimon finnasi yong‘oqdek yoki undan kattaroq bo‘ladi; uni senur deyiladi. Senur devorida parazitning yuzlab boshchasi hosil bo‘ladi. Bunday pufak qo‘y va boshqa hayvonlar miyasi yarimsharlaridan birida hosil bo‘lganidan hayvon faqat bir tomoni bilan aylana boshlaydi. Ana shuning uchun bu kasallik "gir aylanma" yoki "tentak kasali" deyiladi. Miya qurti bolalar orasida ham uchrab turadi.
Exinokokk (Echinococcus granulosus) finnasi ancha yirik bo‘ladi. Voyaga yetgan exinokokk uzunligi 2-6 mm; uning asosiy xo‘jayini it, bo‘ri, chiyabo‘ri va tulki hisoblanadi. Parazitning tanasi 3-4 bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, asosiy xo‘jayiniga katta ziyon keltirmaydi. Asosiy xo‘jayini ichagidan chiqadigan onkosferali tuxumlari odam va ko‘pchilik o‘txur hayvonlar ichagiga tushganida lichinkasi ichak devoridan o‘tib, qon orqali jigar, o‘pka va ba’zan boshqa organlarga boradi va finnaga aylanadi. Exinokokk finnasi juda katta, bolaning boshidek yoki undan ham kattaroq bo‘lishi mumkin. Sigir jigarida 64 kg og‘irlikdagi finna topilgan. Exinokokk finnasi juda sekin, bir yil davomida taxminan 1 sm gacha o‘sadi. Pufak o‘sgan sayin uning ichida yangi birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo tartibdagi pufaklar paydo bo‘ladi. Pufaklar devorida, va uning ichidagi suyuqlikda parazitning juda ko‘p boshchalari suzib yuradi. Odam (ko‘pincha yosh bo­lalar) it juniga tegib, exinokokkni yuqtirishadi. Itlar va boshqa yirtqich sut emizuvchilar exinokokk bilan zararlangan organlarni yoki kasal hayvonlarni yeb, parazitni yuqtiradi. Tasmasimon chuvalchanglarning zarari. Tasmasimon chuvalchanglar odam va hay vonlarga katta ziyon keltiradi. Kasallik tug‘diruvchi ko‘pchilik chuvalchanglar Cyclophyllidea va Pseudophyllidea turkumlariga kiradi. Birinchi turkumdan ichak ligulasi (Ligula intestinalis) baliqlarga ayniqsa katta zararetkazadi. Uning uzunligi 50-80 sm bo‘lib, karpsimon baliqlar (qora baliq, zog‘ora, oqcha, qizil ko‘z) tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Kasal baliqlar o‘sishdan qolib, ko‘pincha halok bo‘ladi. Voyaga yetgan ligulaning uzunligi 1 m 4 ga yetadi. U suvda suzuvchi va suv bo‘yida yashovchi baliqho‘r qushlarning ichagida parazitlik qiladi. Ligula tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmaydi, lekin germafrodit jinsiy organi tanasi bo‘ylab ko‘p marta takrorlanadi. Qush ichagidan suvga tushgan tuxumdan koratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka birinchi oraliq xo‘jayin diaptomus qisqichbaqasi tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. Uning ikkinchi oraliq xo‘jayini baliqlar diaptomus qisqichbaqasini yeb zararlanadi. Parazitning asosiy xo‘jayini boigan qushlar esa kasallangan baliqlarni yeb zararlanadi.

Odam va sut emizuvchi hayvonlarga exinokokk, miya qurti, qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchanglari ham katta ziyon keltiradi. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi qoramol tasmasimoniga o‘xshaydi, lekin undan bir muncha kichikligi (uzunligi 2-3 m), boshida so‘rg‘ichlari bilan birga ilmoqlari bo‘lishi, tanasining keyingi qismidagi yetilgan bo‘g‘imlari 5-6 tadan uzilib chiqishi bilan farq qiladi. Qoramol tasmasimonining boshida ilmoqlari bo‘lmaydi; yetishgan bo‘g‘imlari bittadan uz­ilib chiqadi va harakatchan bo‘ladi. Boshida ilmoqlarining bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga binoan bu ikki tur qurollangan (cho‘chqa tasmasimoni) va qurollanmagan (qoramol tasmasimoni) deyiladi.Cho‘chqa tasmasimoni bachadonining har bir tomonida 7-12 tadan, qoramol tasmasimonida esa 17-35 tadan yon shoxlari bo‘ladi. Cho‘chqa tasmasimoni uchun odam faqat asosiy xo‘jayin emas, balki oraliq xo‘jayin ham bo‘lishi mumkin. Iflos qo‘l orqali tuxumlar oshqozonga tushib qolganida, tuxumdan chiqadigan lichinkalar odamning jigari, miyasi, ko‘zi va boshqa joylariga borib, finnaga aylanadi. Finnalar og‘ir oqibatga, ba’zan oiimga sabab, bo‘ladi. Zararlangan odam ko‘ngli aynab qayt qilganida ham uning barcha organlari cho‘chqa tasmasimoni tuxumlari bilan yoppasiga zararlanishi mumkin. Chunki odam ko‘ngli aynab qusganda bo‘g‘imlari uzilib oshqozonga chiqadi; oshqozon shirasi ta’sirida tuxumlardan chiqqan lichinkalar ichki organlarga borib finnaga aylanadi.
Yosh bolalarga ayniqsa kalta zanjirsimon chuvalchang Hymenolepis nana katta xavf tug‘diradi. Parazitning uzunligi 1-4,5 sm ga yetadi; tanasi 100-200 ta mayda bo‘g‘imlardan iborat. Kalta zanjirsimon odam ichagida yashaydi. Uning onkosferasi dastlab ichak vorsinkasiga kirib olib, sistitserkoid tipidagi finnaga aylanadi. Sistitserkoid ichak bo‘shlig‘iga chiqib voyaga yetadi va tuxum qo‘ya boshlaydi. Tuxumdan chiqqan li­chinkalar 19 kunda voyaga yetadi. Parazit tuxumlarini odam iflos qo‘li orqali o‘zidan yoki ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali chetdan yuqtirishi mumkin. Bu parazit bolalarga ko‘p azob beradi. Kasal bolaning qorni og‘rib, ichi ketadi yoki ichi qotadi. Chuvalchang zahari bolaning nerv sistemasiga ta’sir etadi.
Parazit chuvalchanglardan moneziya (Moniezia expansa qarang: 21-rasm) muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Moneziya otlar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og‘ir ichak kasalligini paydo qiladi. Mon­eziya bilan kasallangan hayvonlar ko‘plab qirilib ketadi. Moneziya mayda finnalari sovutli kanalar (Oribatidae oilasi) tanasida rivojlanadi. Hayvonlar kanalarni o‘t bilan birga yutib zararlanadi.

XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, biz yassi chuvalchanglarni o‘rganish orqali ularning tabiatda tarqalishini, o‘simlik, hayvon va odam organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishimiz mumkin. Ularni tuzilishini, hayot kechirishini o‘rganganimizda esa, ularni kelib chiqishini, o‘ziga xos tomonlarini, moslanishlarini, ko‘payishini, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni va ularni oldini olish choralarini bilishimiz mumkin.
Yassi chuvalchanlarni ko‘pchilik vakillarining tuzilishi o‘xshash bo‘lib, bular hammasi ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar, tanasi uch qavatli bo‘lib, bo‘shliqsiz parenximatozlardir. Ularni barchasida qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q. Yassi chuvalchanglarni sistemasi germafrodit, ayrish sistemasi protonefridiy tipida. Ular ekzo va endoparazit hayvonlardir. Ularning so‘rg‘ichlari oziqlanish va yopishish vazifasini bajaradi. So‘rg‘ichlar bir necha xil tipda tuzilgan bo‘ladi.
Yassi chuvalchanlar insonlar va hayvonlar o‘rtasida bir necha xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasalliklar o‘z vaqtida davolanmasa, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Masalan, hayvonlardan qo‘ylarda qo‘y miya qurti “gir aylanma” kasalligini, baliqlarga katta ziyon yetkazuvchi ichan ligulasini, jigar qurtini keltirib chiqaradigan kasalliklarini misol qilish mumkin.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin