Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Ma`ruza №5  Qoraqalpog`istonning ichki suvlari va suv resurslari



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ma`ruza №5 
Qoraqalpog`istonning ichki suvlari va suv resurslari 
Reja: 
1. O`lkaning asosiy gidrografik ob`ektlariga ta`rif. Amudaryoga geografik ta`rif. 
2. Qoraqalpog`istonning ko`llari. 
3. O`lkaning er osti suvlari 
4. Orol dengizi uning regiondagi o`rni. 
5. Suv resurslari va ularni foydalanishning istiqbollari. 
1. O`lkaning asosiy gidrografik ob`ektlariga ta`rif. Amudaryoga geografik ta`rif

Qoraqalpog`iston gidrografik jihatdan butun O`rta Osiyo bilan birgalikda tuyiq 
basseynda joylashgan. Uning keskin kontinental, quruq cho`l iqlimi er usti va er osti 
suvlarining paydo bo`lishi, territoriya bo`yicha joylashishiga ta`sir etuvchi ahamiyatli 
faktorlardan xisoblanadi. Respublikamizning hududidagi eng katta va birdan bir oqin 
suv - Amudaryo. Amudaryo shu xududdagi er usti va er osti suvlarining rejimiga 
bevosita ta`sir etadi. Hattoki u respublikamizning umumiy xalq xo`jaligining 
rivojlanish 
darajasining 
asosiy 
faktorlardan 
biri. 
Shuning 
uchun 
ham, 
Qoraqalpog`iston suvlariga ta`rif berishda Amudaryodan boshlagan ma`qul. 
Amudaryo butun O`rta Osiyodagi eng katta daryo. Uning boshlanish joyi 
Hindikush tog`ining shimoliy yonbag`ridan 4900 metr balandlikda joylashgan 
Vrev`skiy muzligidir. Boshlanish joyida u Vaxjir deb ataladi. Amudaryo bir necha 
o`nlagan katta irmoqlarni tutashtiruvchi daryo sistemasi. Uning asosiy irmoqlari 
Pomir-Oloy tog`laridan boshlanadi. Pomir-Oloy butun MDH hududidagi eng baland 
va O`rta Osiyodagi juda yog`in-sochinli tog`li hudud. Shuning uchun xam Amudaryo 


basseyni cho`l zonasida joylashishiga qaramasdan, uning juda suvli daryo ekanligi 
to`satdan emas. 
Amudaryoning boshlanar joyida Vaxjir, keyin Vohangdaryo deb atalib, 
Vohangdaryo Pomir daryosi bilan qo`shilgandan keyin, Panj deb ataladi. Panj Vaxsh 
daryosi bilan qo`shilgan joyidan Amudaryo deb ataladi. Daryoning Vaxjir-
Vohangdaryo-Panj bo`limi 1137 kilometr uzunlikga ega bo`lib, shu oraliqda u bir 
necha irmoqlarni (Gunt, Bartang, Yazgulem, Vanch, Qizilsuv - o`ng tomonidan, 
Ko`kcha daryosi chap tomondan) qo`shib oladi. 
Panj Vaxsh daryosi bilan qo`shilgandan keyingi Amudaryoning eng katta 
irmoqlari o`ng tomonida Kofirnigon, Surxondaryo va Sheroboddaryo, chap tomonida 
- Qunduzdaryo. Shu oraliqda u 180 kilometr uzunlikga ega. Amudaryoning qolgan 
bo`limida (1257 kilometr davomida) unga irmoq qo`shilmaydi. Uning umumiy 
uzunligi 2574 kilometr. 
Amudaryo o`zining quyi bo`limida del`ta paydo etib oqadi. Amudaryoning eng 
dastlabki del`tasi Tuyamo`yindan boshlanadi. Paydo bo`lishi bo`yicha izma-iz 
geografik joylashgan o`rnini hisobga olganimizda Tuyamo`yindan Orol dengizigacha 
bir necha kichik del`talarning paydo bo`lganligi ko`zga tushadi. Ular Amudaryoning 
Sariqamish del`tasi, Aqchadaryo del`tasi va Orol oldi del`tasi deb ataladi. 
Qoraqalpog`iston hududida uning keyingi ikki del`tasi joylashgan. 
Amudaryo o`zining del`ta bo`limida bir necha tarmoqlarga ajralib ketgan. 
Ularning eng kattalari: Aqchadaryo, Qo`hnadaryo, Daryoliq, Erkindaryo, 
Qazaxdaryo, Ko`ksuv, Eldaryo, Oqdaryo, Qipchoqdaryo, Injenero`zak va b. 
Amudaryoning faqat tog`li bo`limidagi basseynining maydoni 199350 kvadrat 
kilometr. Uning ko`pchilik territoriyasi Pomir-Oloy tog` sistemalarining joylashgan 
erlariga to`g`ri keladi. Bu tog`larning o`rtacha nisbiy balandligi 5000-5500 metr 
bo`lib, ularning ayrim baland cho`qqilari dengiz sathidan 6000 metr, hattoki 7000 
metrdan yuqorida joylashgan. Shuning uchun xam bu tog`lar O`rta Osiyoning eng 
janubida cho`l zonasida joylashishiga qaramasdan, uning yuqori bo`limlari yil 
davomida juda qalin, ko`p yillik qorlar bilan band. Hozirgi zamon muzliklarining 
soni mingdan ortiq. U daryo suv rejimining asosiy faktorlaridan xisoblanadi. Shuning 
uchun xam Amudaryoning ko`pchilik katta irmoqlari (Panj, Vaxsh, Ko`kcha va b.) 
muz-qor suvlarigan to`yinuvchi daryolar. Tog`larning pastrog`idan boshlanuvchi 
irmoqlari (Qunduzdaryo, Kofirnigon, Qizilsuv, Surxondaryo va b.) qor-muz 
suvlaridan to`yinadi. Umumiy olganda, Amudaryo basseynining tog`li bo`limida har 
yili o`rtacha 79 kubokilometr suv to`planadi. Shuning uchun ham 1960 yillargacha 
Amudaryodan har yili o`rtacha Kerki shahrining yonida 63 kubokilometr, Nukus 
yonida 46,6 kubokilometr suv oqqan. 
Amudaryodagi suvning miqdori bir necha yillar davomida birdek bo`lmasligi 
bilan xarakterlanadi. Masalan, bahorda tog`larning etagidagi qorlarning tez erishi 
bilan mart oyining birinchi kunlaridanoq daryoning yuqori va o`rta oqimlarida suv 
ko`paya boshlaydi. Bahordagi tez-tez bo`lib turuvchi yog`in-sochinlar daryoning 
suvinii yanada ko`paytiradi. Tog`larning o`rta va yuqori mintaqalaridagi qor bilan 
muzliklarning ayniqsa iyun`, iyul` va avgust oylarida juda yaxshi erishi natijasida 
Amudaryoda suvning ko`p bo`lishi kuzatiladi. Suvning pasayishi avgustning oxirida, 
ko`pchilik yillarda sentyabr` oyidan boshlanib, yanvar`, fevral oylarigacha davom 
etadi. Noyabr` oyidan boshlab Amudaryo asosan er osti suvlari hisobidan oqadi. 
Amudaryoning bahor va yoz oylarida suvli bo`lishi uning basseynidagi xalq 


xo`jaligining rivojlanishi uchun juda qulay. Sababi bu xududdagi dexqonchilik faqat 
suvg`orish yo`li orqaligina amalga oshirilishidan, uning suvga bo`lgan talabning 
yuqori bo`lgan oylarida daryoda suvning ko`p bo`lishi juda qulay bo`ladi. Amudaryo 
va uning irmoqlari ayniqsa tog`li bo`limida gidroenergetika resurslariga boy. 
Amudaryo dunyodagi suvi eng loyli daryolar qatoriga kiradi. Uning har bir 
kubometr suvida o`rtacha 2600-3900 gramm loy bor. Sababi Amudaryo suvining 
oqimi, ayniqsa tog`li bo`limida juda tez ekanligidan daryo o`zanining yuvilishi juda 
kuchli bo`ladi. Shuning uchun ham Amudaryoning asosiy irmog`i hisoblanuvchi 
Vaxsh suvi bilan har yili 84 mln. tonnadan ortiq maydalangan har xil tog` jinslari 
oqadi va Amudaryo suvinii loylatib yuboradi. Tekislikka chiqqandan keyin 
Amudaryo Qoraqum va Qizilqumning bir-biri bilan tutashgan chegarasi bo`yicha 
oquvchiligi sababli daryo yoqasidagi oson yuviluvchi yumshoq jinslar suvning 
loyliligini yanada ko`paytirib yuboradi. Masalan, o`rtacha hisobda Kerki shahri 
yonida Amudaryoning har bir kubometr suvining tarkibida 4 kilogrammdan ortiq loy 
oqadi. Albatta daryo suvining loyliligi yil davomida birdek emas. Daryoda loyli 
suvlar bahor va yoz oylaridagi suv toshqin kunlari kuzatiladi. Qishda Amudaryoning 
suvi bir qancha tiniq bo`ladi. 
Amudaryo suvi loyli bo`lish bilan bir qatorda har xil eritmalarga boy ekanligi 
bilan ajralib turadi. Ularning ayrimlari o`simliklar uchun foydali. Aniqlanishicha 
Amudaryo suvi bilan suvg`orilsa, o`rtacha hisobda har bir gektar maydonga 2 tonna 
uglekisliy kal`tsiy, kaliy, fosfor va boshqa har xil ximiyaviy eritmalardan tarkib 
topgan tabiiy o`g`it qolishini ko`rsatdi. Amudaryo suvining tarkibida juda kam 
miqdorda bo`lsa ham o`simliklar uchun ziyonli ximiyaviy eritmalar ham (osh tuzi, 
glauber tuzi, soda va boshqa shularga o`xshash) bor. 
Amudaryo qirg`oqlarini degish olib turishi tez-tez bo`lib turuvchi hodisa. 
Kuzatishlar ayniqsa Tuyamo`yin bilan Taxiatosh oralig`ida degishning tez-tez bo`lib 
turishini ko`rsatadi. Respublikamizning dastlabki poytaxti bo`lgan To`rtko`l 
shahrining o`rnini bir necha yillar ichidyoq to`la suv yuvib, oqizib ketganligi unga 
dalil. 
Amudaryoning del`ta bo`limida uning suvi har yili muzlaydi. Albatta qancha 
shimol tomonga Orol dengiziga borgan sari muzning qalinligi ortib boradi. Masalan, 
Nukus gidrometeorologik stantsiyasining ma`lumoti bo`yicha, 1967-yili yanvar` va 
fevral` oylarida Amudaryodagi muzning qalinligi Nukus shahri yonida 32 sm, 
Qiziljarda 41 sm, daryoning Orol dengiziga quyish joyida 48 sm bo`lganligi 
aniqlangan. Albatta bu ma`lumotlar bir necha yillar davomida analizlansa, har yili 
bo`luvchi qish mavsumining sovuqligidan daryoda suvning muzlash qalinligi ham 
birdek bo`lmaydi. 
Amudaryoning ayrim mavsumlarda juda suvli bo`lishi, ayniqsa tekislik 
bo`limida daryo qirg`oqlarining asosan yumshoq jinslardan tarkib topganligi, daryo 
cho`kindilarining uning uzaniga tez to`planib qolishi daryo o`zanining gohida o`nga, 
gohida chapga o`zgarib turishiga sababchi bo`ladi. Daryo suvining to`lib o`zining 
o`zaniga sig`may ketishi ayniqsa erta bahorda daryoda sang yurishi kuzatiladi. U 
ayrim qish qahraton bo`lib, bahor tez chiqib ketgan yillarda aniq seziladi. Bu sharoit 
odatda janubdan shimolga qarab oquvchi daryolarga xos. Sababi daryo yuzasidagi 
qalin muz bahor chiqishi bilanoq erib ulgurmaydi, daryoning yuqori bo`limidagi 
(janubiy bo`limi) yupqa muzlar erib, sang bo`lib oqib, mayda muz bo`laklari daryo 
yuzasini qoplab yotgan qalin muz qatlamining tagiga tiqilib qoladi. Bu joyda daryo 


suvi o`zining o`zaniga sig`may atrofiga chiqib ketadi. Bunday sharoit 1969-yilning 
erta bahorida kuzatilib, dastlab Charjoo` shahriga, keyin Beruniy tumanining 
ko`pchilik territoriyasiga katta zarar etkazdi. 
Amudaryodan boshqa Qoraqalpog`istonda oqar suv yo`q. Faqatgina Sulton 
Uvays tog`ida, Qorabovur qirlarida, Qoraqalpog`iston Ustyurtining chinklarida, 
Beltov, Qusxanatov, Qiziljar va Qirontov tepaliklarida oquvchi sel ko`rinishidagi 
kichik vaqtincha soylar uchraydi. 
2.Ko`llari. Umuman olganda Qoraqalpog`istonda ko`llar ko`p. Lekin ular 
territoriya bo`yicha bir tekis joylashmagan. Ayniqsa Amudaryo del`tasi ko`llarga 
boy. Ularning ko`pchiligi (Dovutko`l, Sudoch`e, Xo`jako`l, Jamansay, Qorako`l va 
b.) paydo bo`lishi bo`yicha Amudaryo va ularning tarmoqlari bilan bog`liq. 
Ayrimlarining paydo bo`lishi (Uchquloch, Turg`onboy, Shanishqili va boshqa 
ko`llar) suvg`orish kanallari bilan bevosita bog`liq. 
Keyingi yillari respublikamizda keng tarqalgan zaxkash-kollektor suvlari bir 
qancha 
tashqarida 
yoki 
xo`jaliklarning 
ichidayoq 
joylashgan 
botiqlarg`a 
quydiriladigan bo`lib qoldi. Natijada keyingi 20-25 yil ichida paydo bo`lgan suv 
xavzalarini-ko`llarni tez-tez uchratamiz. Ular Xo`jako`l, Ilmeko`l, Mashanko`l 
(Qo`ng`irot tumani), Munchoqli va Qorako`l (Sho`manay tumani), Qoraterang, 
Mo`ydinko`l va Otako`l (Taxtako`pir tumani), Ko`ksheyil (Kegayli tumani), Qiriqqiz 
qala (To`rtko`l tumani) va Aqchadaryo (ellikqala tumani) ko`llari. 
Amudaryo del`tasidagi joylashgan bu ko`llar paydo bo`lishi bo`yicha qanday 
bo`lishiga qaramastan, ularning uncha chuqur emasligi va egallagan maydonining 
o`zgaruvchangligi xarakterli. Masalan, Taxtako`pir tumanidagi Qoraterang ko`lining 
egallagan maydoni 800-1000 gektar, Kegayli tumanidagi Dovutko`lning maydoni 
1000-1700 gektar, Qo`ng`irot tumanidagi Mashanko`lning joylashgan o`rni 800-1000 
gektar va shu kabi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin