Siqilgan havo bilan ishga tushirish yoki pnevmatik startyomi ishlatish bilan yoki dvigatel silindriga siqilgan havoni bevosita uzatish bilan amalga oshirish mumkin. Amaliyotda ikkinchi variant ko'proq qo'llaniladi. Uning prinsipial sxemasi 14.3-rasmda ko'rsatilgan. Siqilgan havo ballon 7 dan jo'mrak 6 orqali jo'mrak — reduktor 5, havo taqsimlagich 2 va ishga tushirish klapani 1 orqali o'tib silindrlaming ishlash tartibiga muvofiq ularga kiradi. Kengayish taktida siqilgan havo por shenga bosim bilan ta’sir qilib uni siljitadi va tirsakli valni aylanma harakatga keltiradi. Ballondagi va dvigatelga tushadigan havoning bosimini nazorat qilish uchun manometr 4 va 3 lar mavjud. Bu tizimning kamchiligi past haroratlarda silindrga havo o'tadigan kamera elementlarini sovishi tufayli dvigatelning ishga tushirishini qiyinligi hisoblanadi. Ishga tushiradigan avtonom mustaqil ichki yonuv dvigateli bilan ishga tushirish, odatda, traktor dvigatellarini ishga tushirishda qo'llaniladi. Bu ishga tushirish, usulining, kamchiligi ishga tushirish tuzilmasining juda kattaligi va zarur ekspluatatsion ashyolar nomenklaturasini kengaytirish — dvigatel ni ishga tushirish uchun yonilg'ini lozimligi. Gidro ishga tushirish sxemasi bosimning gidro dinamik akkumulatori va gidromotoridan tashkil topgan. Bosim akkumula tori sifatida ishchi suyuq lik va havo bilan