magnit yonilg'i klapani, termoreleli qo'shimcha rezistor va almashlab ulagichni o'z ichiga olgan termostat ishlatiladi. Mash’al sham (14.5-rasm) metall kojux ko'rinishidagi isitish elemen- tiga ega, un;ng ichidagi maxsus to'ldirgichga spiral bosib o'matilgan. Yonilg'i isitish bo'shliq bo'yicha o'tadi, bug'lanadi va kiritish quvuri bo'ylab silji- yotgan havo bilan aralashib alangalanadi. Hosil bo'lgan alanga mash’ali silindrga kelib tushadigan havoni isitishni ta’minlaydi. Dizelning yonish kamerasida cho'g'lanuvchi sham bilan havoni isitish ajratilgan yonish kamerali dizellarda qo'llaniladi. Ishga tushirishdan oldin sham elektr toki bilan 900 °C gacha haroratda qizdiriladi, bu siqiladigan havoni isishini va yonilg'ini ishonchliroq alan galanishini ta’minlaydi. Dizelni benzinda ishga tu shirish ishchi hajmi ko'p bo'lmagan dvigatellar uchun qo'llaniladi. Bu maqsad uchun silindr kallagida o't oldiruvchi shamli 4 qo'shimcha kamera 5 qurilgan, u asosiy kameradan klapan 3 bilan ajratilgan. Ishga tushirishda klapan ochiladi, si qish darajasi kamayadi, bu valning aylantirishda qarshilik- ni kamayishiga olib keladi. Ish ga tushirishda dvigatel silindriga aralashmani uzatish uchun karbyurator 2 dan foydalaniladi (14.6-rasm). Dvigatel benzinda ishga tushirilganidan va qizdirilganidan so'ng klapan 3 berkitiladi, shtatli ta’minlash tizim orqali dizel yonilg'isini uzatish amalga oshiriladi, havo esa ochiq bo'lgan to'sma qopqoq 7 orqali yonish kame rasiga yo'naltiriladi va dvigatel odatdagidek dizel sifatida ishlay boshlaydi.