Dvigatelning nosozliklari va ularning kelib chiqish sabalari. Dvigatelning texnik holatini avtomobilda tekshirish


Dvigatel ishlagandagi taqqillash va shovqinlar



Yüklə 224,5 Kb.
səhifə2/11
tarix20.11.2023
ölçüsü224,5 Kb.
#164718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
30.Dvigatel va uning tizimlariga texnik xizmat korsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi

Dvigatel ishlagandagi taqqillash va shovqinlar. Dvigatel ishlaganda tirsakli valdan (o`zak va shatun podshipniklardagi taqqillash), porshenlardan, porshen halqalaridan, klapanlardan, taqsimlash validan hamda taqsimlash vali uzatmalaridan taqqillash va shovqin eshitiladi. Bundan tashqari ilgarilanish burchagini odatdan tashqari ertaligi, yonish kamerasi devorlaridagi va porshen tubidagi qurum, oktan soni talab qilinganidan past bo`lgan benzinni ishlatish hamda dvigatelni qizishi natijasida dvigatelda detonatsiya paydo bo`lishi mumkin.
Tirsakli valni taqqillashi. O`zak va shatun bo`yinlarini yeyilishi, tayanch halqalarni ko’p yeyilishida, tirsakli valni o`q bo`ylab siljishi sababli tirsakli valda taqqillash paydo bo`ladi. O`zak podshipniklar taqqillashi past ovozda to`ng, shatun podshipniklarniki esa yuqori va tez bo`ladi. Bu taqqillashlar dvigatelni salt yurishida drossel zaslonkalarini birdaniga ochganda yaxshi eshitiladi. Taqqillash chastotasi tirsakli val aylanishlar soni o`sishi bilan ko’payadi. Tirsakli valni o`q bo`ylab tirqishini ko’payishi teng bo`lmagan oraliqda tez taqqillagan ovoz chiqadi, bu tirsakli valni aylanishlar soni bir tekisda ko’paytirish yoki kamaytirishda seziladi.
porshen etagini taqqillashi. porshen va tsilindrlar hamda porshen va porshendagi ariqchalar orasidagi tirqishni ko’payishi natijasida porshen etagida taqqillash paydo bo`ladi. porshen va tsilindr orasidagi tirqishni ko’payishi bo`g`iq ovozda bo`ladi. Boshqa taqqillashlardan farqi tirsakli valni kichik aylanishlar sonida qizimagan dvigatelda va dvigatel yuklama bilan ishlaganda yaxshi eshitiladi. Dvigatel qizib borishi bilan porshenni taqqillashi kamayib boradi.
porshen barmoqlarini taqqillashi. porshen barmog`i va porshen bobishkasi hamda porshen barmog`i va shatun yuqori kallagi vtulkasi orasidagi tirqishni ko’payishi natijasida porshen barmog`ida taqqillash paydo bo`ladi. porshen barmoqlarini taqqillashi metall ovozi singari jiringlaydi, u dvigatelni salt yurishida yaxshi eshitiladi.

Yüklə 224,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin