Dvigatelning nosozliklari va ularning kelib chiqish sabalari. Dvigatelning texnik holatini avtomobilda tekshirish



Yüklə 224,5 Kb.
səhifə8/11
tarix20.11.2023
ölçüsü224,5 Kb.
#164718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
30.Dvigatel va uning tizimlariga texnik xizmat korsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi

KSHM va GTM ni joriy ta`mirlash. KSHM va GTM ni joriy ta`mirlashda gilzalarni, porshenlarni, porshen halqalarini, porshen barmoqlarini, shatun va o`zak podshipniklar vkladishlarini, klapanlar va ularni o`tirish uyalarini va prujinalarni, turtkilarni almashtirish hamda klapanlar va ularni o`tirish uyalarini birga jilvirlash (pritirka) ishlari bajariladi.
TSilindrlar bloki gilzasini yeyilishi ruxsat etilgan chegaradan ko’payib ketsa, singanda, yorilganda va ichki sirti uyilganda hamda yuqori va pastki o`tirish belbog`lari yeyilganda almashtiriladi. Gilzani blokdan ajratib olish juda mushkul. SHuning uchun ularni maxsus ajratib olgich (s`yomnik) yordamida olish maqsadga muvofiq. Bunda ajratib olgichni ushlagichlari gilzani pastki toretsiga ilintiriladi. Gilzani olishda boshqa usullardan foydalanish ruxsat etilmaydi, chunki bu gilzani blokdagi o`tirish uyalarini va gilzani o`zini shikastlashi mumkin.
YAngi gilzani presslashdan oldin blok tsilindrlari bo`yicha ularni shunday tanlash kerakki, uni yuqoridagi toretsi blok kallagi bilan ulangan tekislikdan chiqib turishi ta`minlansin. Buning uchun gilzani zichlashtiruvchi halqasiz blok tsilindrlariga o`rnatiladi, blok tsilindrlari usti tekshirish plitasi bilan yo’iladi va shchup yordamida tekshirish plitasi va tsilindrlar bloki o`rtasidagi tirqish o`lchanadi. TSilindrlar blokiga o`rnatilgan zichlagichsiz o`rnatilgan gilza erkin aylanishi lozim. Gilzalarni tsilindrga to`la o`rnatishdan oldin tsilindrlar blokidagi o`tirish uyalari holati obdon tekshiriladi. Agar ular qattiq zanglagan va chuqurchalari bo`lsa, ularni cho`yan qirindi aralashtirilgan e’oksidli smola yordamida ta`mirlash lozim. Blokni yuqori qismi qirralarini jilvir qog`oz yordamida tozalash lozim, chunki gilzalarni tsilindrlar blokiga presslab kirgizishda zichlatgich rezinalar shikastlanishi mumkin.
Rezinali zichlagichlar o`rnatilgan gilzalar tsilidrlar blokiga press yordamida presslanadi. Bu operatsiyani maxsus moslama yordamida ham amalga oshirish mumkin. Zichlagich rezinalarini kiydirishda ularni qattiq cho`zish hamda gilzalarni tsilindrlr bloki ichida aylanishi ruxsat etilmaydi.

Yüklə 224,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin