i) aholi va tadbirkorlarni ommaviy
axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda
savdolarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib borish.
“Operator” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
3.3. Auksionga qo‘yilgan mol-mulk buyurtmachining buyurtmasiga asosan
sotilayotganligi hamda
buyurtmachi tomonidan belgilangan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘xtatilganligi yoki bekor
qilinganligi yoxud mol-mulk (lot) yoki uning bir qismi elektron onlayn-auksiondan olinganligi uchun
“Ishtirokchi”ga zarar yetkazilgan bo‘lsa, “Operator” javobgar hisoblanmaydi.
3.4. Savdo platformasida texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda auksion vaqtincha to‘xtatiladi hamda
bu haqda ishtirokchining shaxsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqamiga xabar
yuboriladi hamda ushbu auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da
oxirgi tasdiqlangan taklifdan bir qadam oshirilgan narxni taklif etishdan davom ettiriladi.
3.5. To‘xtatilgan lot bo‘yicha auksion ishtirokchisi davom ettiriladigan auksion ishtirokchisi sifatida
uning
shaxsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqami orqali xabardor qilinadi.
Ishtirokchi xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: